Qo‘shuv amalini bajarish uchun «+» kirishga mantiqiy
bir signali berilishi
kerak. Qurilma chiqishidan qo‘shiluv natijasiga teng signallar va o‘tkazish signali
olinadi.
3.1-rasm. Ikki razryadli ikkilik sonlarni arifmetik qo‘shish va ayirish
amallarini bajaruvchi AMQ sxemasi fragmenti.
Ayiruv amalini bajarish uchun «-» kirishga mantiqiy bir signali berilishi
kerak. Bu vaqtda jamlagichning «b» kirishiga kamayuvchining to‘g‘ri kodi beriladi.
YUqoridagi elementning 4 va 6 birinchi kirishlariga aktiv,
quyidagi elementning
xuddi shunday 5 va 7 kirishlariga – passiv mantiqiy signallar keladi. Natijada,
ayiriluvchi kodi invertor orqali jamlagichning «a» kirishiga tushadi, yaxni
inverslanadi. Bir vaqtning o‘zida jamlagichning 8 S
kirishida bir signali hosil
bo‘ladi. Demak, jamlagichning «a» kirishiga ayiriluvchining qo‘shimcha kodi
beriladi. SHuning uchun jamlagichning chiqishida ikkita qo‘shiluvchining U-X
ayirmasi xosil bo‘ladi.
Shunday qilib, sxemaning chiqishida ikki sonning yig‘indisini yoki
ayirmasini olish mumkin. Amal turi boshqaruv signalining qiymatiga bog‘liq
bo‘ladi.
AMQlar sanoatda turli integral mikrosxemalar ko‘rinishida yoki 2-. 4-, 8-
, 16-razryadli operandlar ustida amallar bajaruvchi KISlar tarkibida ishlab
chiqariladi.
AMQ tarkibida har bir razryad uchun mantiqiy va qo‘shimcha amallar
shakllantiruvchi, arifmetik amallarni bajarishda AMQning barcha razryadlari uchun
tezkor TO‘S shakllanuvchi sxemalar mavjud. SHuni aytib o‘tish kerak-ki to‘rt
razryadli AMQ hosil qilish uchun 70
ta HAM-EMAS yoki YOKI-EMAS
elementlari talab etiladi.
3.2-rasm. AMQ kirishi va chiqishlari.
K155IP3 IS misolida to‘rt razryadli AMQning funksional imkoniyatlari bilan
tanishib chiqamiz. Mazkur sxema yoki mantiqiy, yoki arifmetik amallarni
bajaruvchi ikkita rejimda ishlashi mumkin. Qurilma ikkita 4-razryadli operandlardan
foydalanib 16 ta mantiqiy va 16 ta arifmetik amallarni bajarishi mumkin.
Bajariladigan amal turi M (mode control) kirishga beriladigan
boshqaruv signali
darajasi bilan belgilanadi. Agar M kirishga katta kuchlanish darajasi (M=1) berilgan
bo‘lsa, barcha ichki o‘tkazishlar berkiladi (blokirovka qilinadi) va qurilma ketma-
ket u yoki bu mantiqiy amalni bajaradi. Agar M kirishga kichik kuchlanish darajasi
M (M=0) berilgan bo‘lsa, barcha ichki o‘tishlarga ruxsat beriladi va ikkita to‘rt
razryadli operandlar ustidan arifmetik amallar bajariladi. Rejimni boshqaruvchi M
kirishdan tashqari mikrosxema S0-S3 parallelg‘ kirishlar bilan ham boshqariladi. Bu
kirishlardagi signallar kombinatsiyasi bajarilishi kerak bo‘lgan aniq amalni tanlaydi.
A0-A3 kirishlarga to‘rt razryadli A operandi, V0-V3 kirishlarga esa –V
operand beriladi. S
G
kirishda o‘tkazish signali qabul qilinadi. AMQ tomonidan 32
amallar ichidan tanlangan funksiya natijasi F0-F3 chiqishlarga uzatiladi. CHiqishda
(to‘rt razryaddan keyin) o‘tkazish signali ajralib chiqadi. Bu signal keyingi
AMQning S
G
kirishiga uzatiladi. F0-F3 chiqishlardan tashqari IP3
mikrosxemasi
uchta qo‘shimcha chiqishga ega bo‘lib, ular: A=V – operandlar tengligini aks
ettiruvchi, o‘rnatilgan komparator chiqishi; G – o‘tkazishni shakllantiruvchi chiqish;
R – o‘tkazishni taqsimlash chiqishi. G va R chiqishlar, ko‘p
razryadli sxemalarni
bog‘lovchi, AMQ qobiqlari o‘rtasida o‘tkazishni tashkil etish uchun qo‘llaniladi.
Agar ko‘p qobiqli AMQlarda maksimal tezkorlik talab etilmasa, oddiy
pulg‘satsiyali o‘tkazish rejimini qo‘llash mumkin. Buning uchun o‘tkazishning S
G+4
chiqishi keyingi AMQning S
P
o‘tkazish kirishi bilan birlashtiriladi. Tezkor amallarni
bajarish uchun K155IP3 vositalari o‘rtasiga maxsus tezkor o‘tkazish K155IP4
mikrosxemasi o‘rnatiladi. Bitta MP4 qobig‘i to‘rtta IP3 AMQsiga xixmat ko‘rsatishi
mumkin.