Ixtiyoriy ketma-ketlikdagi qurilma triggerli qurilma yokiraqamli avtomat deb
ataladi. Raqamli avtomat umumiy holda N ta triggerdan tuzilgan bo`ladi. Raqamli
avtomat holati N razryadli ikkilik so`zdan iborat bo`lib, uning har bir razryadi mos
triggerning chiqish signali holati bilan belgilanadi. Demak, raqamli avtomat holatini
2
N
kodli to`lam ifodalaydi.
Triggerlar – ikkita turg`un holatli chiqishga ega bo`lgan qurilma bo`lib, u
elementar xotira yacheykasi va boshqaruv sxemasiga ega.
Boshqaruv sxemasi
bevosita elementar hotira yacheykasi kirishiga kelib tushayotgan ma’lumotni
signallar kombinatsiyasiga o`zgartiradi.
Triggerning ikkita turg`un holatlari:
Q=1 va
Q=0 deb belgilanadi. Triggerning
qaysi holatda bo`lishi trigger kirishlaridagi signal holatiga
va oldingi holati bilan
aniqlanadi, ya’ni trigger xotiraga ega. Boshqacha aytganda, trigger elementar xotira
yacheykasi hissoblanadi.
Trigger turi uning ish algoritmi bilan aniqlanadi. Ish algoritmiga ko`ra
triggerlar
o`rnatuvchi, axborot va
boshqaruv kirishlariga ega bo`lishi mumkin.
O`rnatuvchi kirishlar boshqa kirishlar holatlari qanday bo`lishidan qat’iy
nazar
trigger holatini o`rnatadi.
Boshqaruv kirishlari, xususan
axborot kirishlariga
berilayotgan ma’lumotlarni yozishga ruxsat beradi. Eng keng qo`llaniladigan
triggerlar bo`lib
RS, JK, D va
T triggerlar hisoblanadi.
Bu triggerlarning shartli
belgilanishi 1-rasmda keltirilgan.