QISQA NAZARIY MA‟LUMOTLAR




Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana02.11.2022
Hajmi0.64 Mb.
#28757
1   2
Bog'liq
2-Tajriba ishi
Rajabova Munavvar, bonu, O\'qituvchinig yuzni o\'qish san\'ati o\'zgalar holatini tushuna olishi (1), Qurilish mashinalari va uskunalarini ta\'mirlash (N.Mahmudova), 2 5472340689373104180, 15 (2), Diniy tashkilotlar faoliyati, 6-ariza-voyenniy, ish reja, Course paper, 4-курс СФ Амалиёт кундалиги 2021 й., Ражабов Дилшод, DILSHOD 2 SHUKUROVA, DILSHOD 3
 
2.3. QISQA NAZARIY MA‟LUMOTLAR 
 
Qisqa tutashgan rotorli asinxron dvigatelning tezligini rostlash usullaridan biri
stator chulg‟amini ulanish sxemasini o‟zgartirib motorning juft qutblar sonini 
o‟zgartirishdir. 
Dvigateldagi aylanuvchi magnit maydonning tezligi quyidagicha aniqlanadi: 
n 1= 
P
1
60
(2-1) 
Bu yerda; f1-stator zanjiridan oqayotgan tok chastotasi, GS; 
P – dvigatelning juft qutblar soni. 
Rotorning aylanish tezligi quyidagi formuladan aniqlanadi. 
n 2=n 1(1-S)
(2-2) 
Bu erda: S – sirpanish; S=
1
2
1
n
n
n

(2-3) 
Bular ketma- ket (qutblar soni katta ) yoki parallel (qutblar soni kichik) holda 
ulanadi. 
Yarim fazalar ulanishini o‟zgartirish bilan dvigatel chulg‟amlarini yulduzdan 
ikkilangan yulduzga yoki uchburchakdan ikkilangan yulduzga ulash mumkin. Agar 
faza chulg‟amlari past tezlikda ketma-ket yulduz yuqori tezlikda esa ikkilangan 
sxemasida ulansa dvigatelning momenti o‟zgarmas holda saqlanib qoladi, quvvati 
esa tezlikka to‟g‟ri proporsional ravishda o‟zgaradi (2-1a rasm) .Uchburchak 
usulidan ikkilangan yulduz sxemasiga o‟tganda dvigatelning quvvati saqlanib 
qoladi.,moment esa taskari proporsional holda o‟zgaradi (2-1b rasm). 
Shunday qilib, birinchi usul tezlik rostlanishida o‟zgarmas aylantiruvchi 
moment talab qiladigan mexanizmlarda, ikkinchi usul esa tezlik rostlanishida 
o‟zgarmas quvvat talab qiladigan mexanizmlarda qo‟llanishi tavsiya etiladi. 
Asinxron dvigatelning juft qutblari sonini o‟zgarturish bilan tezligini rostlashda 
tezlik pog‟ona-pog‟na bo‟lib rostlansa ham, lekin turli tezliklarda mexanik 
tavsiflarning qattiqligi va quvvat isrofi kichik bo‟lgani uchun , u metall qirqish


14 


15 
stanoklaridan tashqari, nasos elevator, ventilyator va liftlarning elektr yuritmarida 
uchraydi. 
Bu elektr yuritmada o‟tkinchi jarayon paytidagi energiya sarfi yuritma 
ishlashining asosiy ko‟rsatkichlaridan biridir. 
Dvigatelning tezligi qanchalik yuqori bo‟lsa, u shunchalik kichik, shunga ko‟ra 
rotorning inersiya momenti ham kichik bo‟ladi. Bundan ko‟rinib turibdiki, ko‟p 
tezlikli dvigatelning inersiya momenti shu dvigatelning inersiya momentidan ancha 
katta bo‟ladi. Ishga tushirib yuborishdagi va to‟xtatishdagi energiya sarfi inersiya 
momentiga to‟g‟ri proporsiyonal bo‟lgani uchun, ko‟p tezlikli dvigatelning eng 
yuqori tezlikda ishga tushirib yuborishdagi quvvat sarfi shu tezlikka ega bo‟lgan bir 


16 
tezlikli 
dvigatelni 
ishga 
tushirib 
yuborishdagi 
quvvaqt 
sarfidan 
ancha 
yuqoridir.O‟tkinchi jarayonlarda quvvat sarfini kamaytirish uchun ko‟p tezlikli 
dvigatelni pag‟onalab ishga tushirib yuborish va tormozlash maqsadga muvofiqdir 
(masalan dvigatel tezligini 0 dan 3000 ayl/minga pag‟onalab yetkazishdagi va
3000 ayl/mindan 0 ga pag‟onalab tushirishdagi quvvat sarfi to‟g‟ridan-to‟g‟ri ishga 
tushirib yuborishdagi va tormozlanishdagi quvvat sarfiga qaraganda 2 marta kam 
bo‟ladi). 
Laboratoriya stendida 2 ta stator chulg‟amidan iborat 3 xil tezlikli asinxron
dvigatel qo‟llanilgan. Bu chulg‟amlardan birinchisini uchburchak usulidan 
ikkilangan yulduz usuliga o‟tkazib ulash mumkin, ikkinchisi esa yulduz usulida 
ulanadi. 2-2 rasmda dvigatel chulg‟amlarining klemmalari va har-hil tezliklardagi 
nominal qiymatlar keltirilgan. 
Laboratoriya uskunasi P-3689 panelida yig‟ilgan, bosh zanjir va boshqarish 
zanjirining sxemasi 2-3 va 2-4 rasmlarda berilgan. 
Laboratoriy panelining sxemasi uch tezlikli dvigatelni boshqarish sxemalarining 
har hil variyantlarini yig‟ish imkonini beradi. 
Boshqarish sxemalarini tuzatayotganda quyidagilarni hisobga olish kerak. 
1.Quvvat o‟zgarmas saqlanib qolganda va moment o‟zgarmas saqlanib qolgandagi 
tezliklarga o‟tish. Bu yerda quyidagi ulanish ketma-ketligi bo‟lishi kerak: 
a) P= const bo‟lgan holda birinchi tezlikdan uchinchi tezlikka o‟tiladi;
b) M= const bo‟lgan holda ikkinchi tezlikdan uchinchi tezlikka o‟tiladi; 
2.Kontaktorlarning o‟zaro blokirovka aloqalari uchun boshqarish knopkalaridan 
foydalanish, yani masalan, SB3 (old tamonga aylanish) knopkasini bosganda KM2 
(orqa tamonga aylanish) kontaktorining g‟altagi ulangan elektr zanjiri ulanishi kerak 
va buning teskarisi. 
Shunga o‟xshash blokirovkalari SB5, SB6, SB7 knopka kontaktorlari orqali KM3, 
KM4, KM5 kontaktorlarning g‟altaklari ulangan zanjirlarda bajarilgan. Bu SB2 
knopkasini bosmasdan turib tezlikdan ikkinchi tezlikka o‟tish imkonini beradi. 
Zanjirni baravar uzish uchun SB1 to‟xtatish knopkasidan foydalanish mumkin. 


17 


18 

Download 0.64 Mb.
1   2




Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish