• Laboratoriya asbob-qurilmalaridan foydalanish.
  • Biofizika laboratoriya mashg’ulotlarini bajarishga quyiladigan talablar




    Download 0,95 Mb.
    bet2/6
    Sana12.01.2024
    Hajmi0,95 Mb.
    #135329
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    1 laboratoriya mashg\'uloti

    Biofizika laboratoriya mashg’ulotlarini bajarishga quyiladigan talablar:





    • Tajriba o’tkazishdan oldin darslik va ma’ruzalarning tegishli bo’limlarini o’qib chiking hamda laboratoriya ishining mazmuni bilan to’liq tarnishing.

    • Tajriba uchun kerakli jihozlar(idishlar, asboblar, reaktivlar)ning mavjudligini aniqlashtirib oling.

    • Tajriba o’tkazish vaqtida ishning qo’llanmada ko’rsatilgan tartibi va ketma-ketligiga rioya qiling.

    • Tajribaning borishini diqqat bilan kuzating va uning hamma tavsilotlarini bilib oling.

    • Tajriba tugagach ish o’rnini tozalab qo’yishni unitmang.

    • Laboratoriya daftaringizga tajriba o’tkazilgan kuni, mavzu nomini, maqsadini, kerakli jihozlarni, nazariy qismidagi asosiy tenglama va formulalarni hamda ishni bajarilish tartibini (asbobning sxemasi yoki rasmini chizing), kuzatuv natijalarini yozib oling.

    • Olingan natijalar asosida grafik va jadvallarni to'ldirishi.

    • Olingan umumiy natijalarni hisobotini ish daftariga qayd qilishi.

    • Nazorat savollar va topshiriqlar asosida uyga vazifaga tayyorgarlik ko’ring.



    Laboratoriya asbob-qurilmalaridan foydalanish.




    Ishning maqsadi. Laboratoriy asbob-qurilmalaridan foydalanishni o’rganish.
    Nazariy tushuncha. Biofizikaviy tekshirish usullarida to’qimaning ba’zi xususiyatlarini o’rganish uchun uni kozgatish zarur bo’ladi. Bunday hollarda stimulyatorlardan foydalaniladi. Elektrostimulyatorlar vaqt birligi ichida turli sondagi impulslar va har xil kuchlanishdagi tok zarbini olishga imkon beradi. Bunday impulslarning berilish muddati va kuchi eksperimentator ixtiyoriga bog’liq. Stimulyatorning ish rejimi, ya’ni yakka impuls yoki impulslar davomiyligini yuzaga keltirish apparat panelidagi ish rejimini o’zgartiruvchi tutqichlar yordamida boshqariladi. Hozir ko’pchilik biofizikaviy laboratoriyalarda o’quv elektron stimulyatori ishlatiladi. Bu stimulyatorning asosi elektron lampalar yoki tranzistorlardan iborat tebranishlar generatoridir. Bu apparat o’zgaruvchan tok tarmog’iga ulanadi. Unda elektrodlarni ulash uchun maxsus nuqtalar va paneli yuzasida tutqichlari hamda shkalalari bor. “Chastota” tutqichlarini burash bilan 1soniyada kerakli chastotadagi ta’sirni berish va boshqarish tutqichi orqali har bir ta’sirning davom etish vaqtini (muddatini) millisekundlarda o’zgartirish mumkin. “Amplituda” tutqichi va amplituda (x1, x10) diapazoni tumbler yordamida ta’sir kuchlanishini (ta’sirlash kuchini) o’nlab millivoltdan bir necha o’n voltgacha ozgartirsa bo’ladi. “Pusk” tutqichini siljitish bilan preparatga ta’sir beriladi. Bundan tashqari, to’qimalarni ta’sirlash uchun quyidagi stimulyatorlardan ham foydalanish mumkin. Chunonchi, SIF-5 impulsli stimulyator ham Laboratoriya tekshirishlari va o’quv mashg’ulotlari uchun muljal-langan. SIF-5 chastotasi, davom etish vaqti va amplitudasi boshqarib turiladigan to’g’ri burchakli impulslar generatoridir. IS-01 impulsli stimulyator yarim o’tkazgichli bo’lib, ish rejimlarining birida doimiy kuchlanish beradi. Bu – nerv-muskul fiziologiyasiga oid qator ishlarni bajarishda kerak bo’ladi. Biofizikaviy laboratoriyasida yuqorida ko’rsatilgan elektrostimulyatorlar
    bo’lmagan hollarda induktsion apparatga o’xshash oddiy elektrostimulyatorlardan foydalanish mumkin.
    Elektrodlar to’qimalarga tok o’tkazish uchun xizmat qiladi. Induktsion tok o’zgaruvchan va shu bilan birga qisqa vaqt ichida o’tadi. Shu sababli to’qimalar induktsion tok bilan ta’sirlanganda tok zanjirida qutblanish bo’lmaydi. Bu – metal elektrodlardan foydalanish imkonini beradi.
    To’qimalarni ta’sirlash uchun qo’llanadigan elektrodlar bir-biriga yaqin joylashgan ikkita mis yoki kumush simdan iborat. Simlarning bir uchi plksiglas tayoqchaga kiritilgan, ikkinchi uchi ochiq – ilmoqcha bilan tugaydi. Simlarning tayoqchaga kiritilgan uchlari induktsion tok ulanadigan kleymmalarga tutashgan.
    O’qimalarni doimiy tok bilan ta’sirlanishda, shuningdek, ulardagi tinchlik yoki harakat tokini qayd etishda metall elektrodlardan foydalanish mumkin emasm chunki qutnlanish hodisasi yuzaga keladi, ya’ni katod tomonda musbat zaryadli kationlar, anod tomonda esa manfiy zaryadli anionlar to’planadi. Qutblarda ionlarning to’planishi qutblanish tokini yuzaga keltiradi, bu tok asosiy tokni kuchsizlantirib, ta’sirlanishni murakkab holga keltiradi. Shuning uchun ham doimiy tok bilan ta’sirlanishda qutblanmaydigan maxsus elektrodlar ishlatiladi (04-rasm). Qutblanmaydigan elektrodlar o’ziga xos tuzilishi printsipiga ega bo’lib, ular qanday metalldan yasalgan bo’lsa, shu metall tuzining eritmasiga tushirib qo’yiladi, masalan, rux tayoqsi rux sulfat eritmasiga tushirilgan bo’ladi.
    Tok manbalari. Fiziologiya mashg’ulotlarida qo’llanadigan apparartlarni ishlatishda bajariladigan ishning maqsadiga qarab o’zgaruvchan yoki doimiy tok manbalaridan foydalaniladi.
    O’zgaruvchan tok bilan ishlaydigan apparatlar qo’llaniladigan bo’lsa, ularni bevosita yoki transformatorlar orqali shahar elektr tarmog’iga ulanadi. Doimiy tok bilan bajariladigan ishlar uchun esa akkumulyatordan yoki o’zgaruvchan tokni doimiy tokka aylantirib beradigan apparatlardan foydalaniladi. Akkumulyatorlardan foydalanish laboratoriya xodimlari uchun ancha noqulay, chunki akkumulyator uchun elektrolit tayyorlash, zaryadlash va boshqa qushimcha ishlarni bajarish kerak bo’ladi. Buning ustiga akkumulyator uzoq vaqt ishlamay qolsa, uning kuchlanishi pasayib ketib qayta zaryadlashga to’g’ri keladi. Shu sababli o’zgaruvchan tokni doimimy tokka aylantirib beradigan vositalardan foydalanish ancha qulay.
    Har qanday fizik kattalikni qanchalik aniq o‘lchamaylik uning haqiqiy qiymatini topish mumkin emas. Tajribada o‘lchangan qiymat faqat taqriban haqiqiy qiymatga teng. Haqiqiy qiymat bilan o‘lchangan qiymat orasidagi farq (ayirma) o‘lchamning xatoligi deyladi. Tajriba vaqtida olingan o‘lchamlarga qanday faktorlar va nima uchun farq qilishini va ular o‘lchamini aniqlash darajasiga qanchalik ta’sir ko‘rsatishini xatoliklar nazariyasi o‘rganadi. Tajribalar o‘lchamiga bir qancha faktorlar ta’sir qiladi: foydalanadigan qurilmalarning sifati, temperatura, namlik, o‘lchash usuli, eksprementator-ning shaxsiy xususiyatlari va h.k. Har qanday fizik kattalikni qanchalik aniq o‘lchamaylik uning haqiqiy qiymatini topish mumkin emas. Tajribada o‘lchangan qiymat faqat taqriban haqiqiy qiymatga teng. Haqiqiy qiymat bilan o‘lchangan qiymat orasidagi farq (ayirma) o‘lchamning xatoligi deyladi. Tajriba vaqtida olingan o‘lchamlarga qanday faktorlar va nima uchun farq qilishini va ular o‘lchamini aniqlash darajasiga qanchalik ta’sir ko‘rsatishini xatoliklar nazariyasi o‘rganadi.
    Tajribalar o‘lchamiga bir qancha faktorlar ta’sir qiladi: foydalanadigan qurilmalarning sifati, temperatura, namlik, o‘lchash usuli, eksprementator-ning shaxsiy xususiyatlari va h.k.
    Laboratoriya xonalarida fizik asboblar bilan ishlashning asosiy shartlariga ularni doimiy texnik sozlangan holatda saqlash, ishlatish qoidalariga amal qilish, elektrdan foydalanish uchun elektr manbalar tayyorlash kiradi.
    Laboratoriya xonalarida elektr jihozlardan keng foydalanish elektr toki bilan zararlanishga olib keladi. Buning asosiy sababi kuchlanish ostida turgan tok o‘tkazuvchi qismiga va himoya qoplamasi buzilgan metall qismlariga himoya vositalarisiz tegish va qoplash texnikalarini buzish hisoblanadi. Buni bartaraf etish uchun konstruktiv, texnik va tashkiliy xarakterdagi choralar qo‘llaniladi.
    Konstruktiv choralar: apparat elektr tarmoqdan uzish uchun blok bo‘lishi, apparat tokka ulanganligidan dalolat beruvchi signalizatsiya, asosiy himoya qoplamasi mavjud bo‘lgan biofizik texnik buyumlarning qo’l tegish mumkin bo‘lgan metall qismlarini yerga ulash himoyasi, apparatlarning qo‘l bilan tegish mumkin bo‘lgan metall qismlarida inson uchun xavfli bo‘lgan tarmoq kuchlanish-lari yuzaga kelishini oldini olishda tarmoq zanjirini ikki marotaba yoki kuchaytirilgan himoya qoplamasi (izolyatsiya) bilan qoplash zarur.
    Biofizik uskunalar bilan ishlash xavfsizligi texnik chora-tadbirlariga quyidagilar kiradi: elektr xavfsizlikni ta’minlash uchun davriy nazorat olib boriladi va elektrotibbiyot apparaturalaming texnik holati haqida dalolatnoma tuzib chiqiladi, elektromontaj, elektr himoya qoplamalari va boshqa himoya vositalari tekshirib turiladi. Texnik vositalarni ishlatish jarayonida havo va suv oqimi yo‘llari ifloslanishi oldi olinishi uchun davriy ravishda tozalab turilishi lozim. Yuqori kuchlanishli elektrotibbiyot apparaturalarni boshqarishda maxsus kiyimda bo‘lish kerak (himoya qoplama dastakli anjomlar, dielektrik rezinali gilamcha, qo’lqop va boshqalar). Apparatura-lari joylashgan xonadagi suv, isitish tarmog‘i metall quvurlari va boshqa yerga ulanish o‘tkazuvchi sozlamalar tegish mumkin bo’lmaydigan holatga keltirilishi kerak, masalan, yog'och to‘siq bilan himoyalanishi lozim.
    Apparaturalar bilan bevosita bog‘lanishda bo’ladigan xonalarda metall
    konstruksiyalar potensialini tenglashtirib turuvchi tizim qo‘llanilishi zarur: apparaturalar qutilari, metall quvurlar, jarrohlik va anjomlar stollari 4 mm2 himoya qoplamali mis yordamida yerga ulanish bilan bog‘langan bo‘lishi kerak.
    Lazer qurilmalar bilan ishlashda yorug‘lik darajasidan kamaytirish choralari ko‘rilishi talab etiladi. Birlamchi va aks ettirilgan nur tutamlariga qarash taqiqlanadi.
    To‘g‘ridan to‘g‘ri aks ettirilgan va tarqalgan lazer nurlari bilan ko‘zning zararlanish ehtimoli bo'lganda himoya ko‘zoynaklari taqiladi. Sterilizatsiyalana-digan jihozlar, bosim ostida ishlovchi qurilmalar (avtoklav, kislorod ballonlari), barokamera va ayrim laborator jihozlar bilan ishlaganda maxsus xavfsizlik chora-tadbirlari buzilganda portlash va yong‘in xavfl yuzaga kelishi mumkin. Bug‘li sterilizatorlar davriy ravishda texnik hujjatda ko'rsatilganidek ko‘rikdan vayuqori bosimli gidravlik sinovdan o‘tkazib turilishi kerak. Kislorod va boshqa gazli ballonlami o‘rnatish va ishlatishda yuqori bosim bilan ishlaydigan idishlarni o'rnatish va xavfsizlik qoidalariga amal qilish lozim.
    Laboratoriya xonalarida havo va kislorod bilan tez alangalanuvchi aralash-malar hosil qiluvchi gazsimon narkoz vositalari bilan ishlaganda portlash va yonginning oldini olish maqsadida alanga hosil qilishi mumkin boigan barcha manbalar: elektr, elektrostatik va zarbdan kelib chiqadigan uchqunlar, ochiq olov, kimyoviy reaksiyalar issiqlik hosilalari (efir moyini quyosh nurlari ta’siriga qo‘yish), yog‘ va moylarni bosim ostida o‘tuvchi
    kislorod yoiidan o‘tishiga yo’l qo‘yilmaydi. Barokamerada alangalanish manbalaridan (statik elektr razryadi, elektr simlari noto‘g‘ri tutashuvi natijasida uchqunlashuvi va boshqalar) kislorod-ning yonishi natijasida yong‘in chiqishi mumkin. Yonginni oldini olish uchun alangalanish manbalari chetlashtiriladi. Labaratoriya xona jihozlari yonmaydigan materialdan bo’lishi zarur va xonada ochiq olovdan foydalanish va chekish man etiladi. Laboratoriya xonalarida texnika xavfsizligi bo‘yicha mas’ulni tayinlash, elektr apparaturalar va qurilmalarning davriy ko‘rik va texnik sinovlar dasturini tuzish, ogohlantiruv belgilari va yozuvlarini qo’llashdan iboratdir.



    Download 0,95 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 0,95 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Biofizika laboratoriya mashg’ulotlarini bajarishga quyiladigan talablar

    Download 0,95 Mb.