• Buxoro muhandislik-texnologiya instituti texnika fanlari nomzodi dotsent
  • Лайло Полвоновна Узоқованинг «Касб-ҳунар коллежларида махсус фанларни муаммоли ўқитиш технологияси («Тикувчилик ишлаб чиқариш» йўналишининг «Тикувчилик корхоналари» фани мисолида)» мавзусидаги 13




    Download 35,5 Kb.
    Sana01.12.2023
    Hajmi35,5 Kb.
    #109336
    Bog'liq
    Dilnavoz taqriz1




    Buxoro davlat pedagogika instituti “Texnologik ta’lim” kafedrasi dotsenti Dilafro‘z Axmadovna Sayfullayevaning “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatsiyalashtirish fanini kompyuter dasturlari asosida o‘qitish metodikasi” nomli monografiyasiga


    T A Q R I Z

    Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasini rivojlantirish masalasiga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida e’tibor qaratilmoqda.


    Jahonda ta’lim jarayonini innovatsion talablar asosida takomillashtirish, iqtisodiyotni rivojlantirishda mahsulot sifati barcha yo‘nalishlar tahlilga asoslangan, metrologiya, standartlashtirish va sertifikatsiyalashtirishga oid bilimlarni fanlarga integratsiyalash bilan bog‘liq o‘quv materiallaridan keng foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Rivojlangan davlatlar ta’lim tizimida ilg‘or tajribalar va kompyuter dasturlaridan samarali foydalanish, ta’lim oluvchilarda metrologik qo‘llab-quvvatlash usullar va vositalari, o‘lchov birliklar tizimi, metrologiya va standartlashtirish texnologiyalarining GOST qo‘ygan talablari imkoniyatlari, mahsulot sifat samaradorligining murakkab jarayonlari bilan bog‘liq kompetensiyalarni rivojlantirish ishlari amalga oshirilmoqda.Ayniqsa, metrologiya, standartlashtirish va sertifikatsiyalashtirish fannini kompyuter dasturlarining qonuniyatlari asosida o‘qitishda elektron-metodik integrativ bilimlar (media ma’lumotlar banki, amaliy ishlanmalari va ijodiy topshiriqlar tizimi), innovatsion o‘quv muloqotini ta’minlovchi yaxlit tizim sifatida metrologiya, standartlashtirish va sertifikatsiyalashtirishda kompyuter dasturlari asosida o‘qitish tuzilmasi katta ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtayi nazardan, talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida kompyuter dasturlarini samarali qo‘llash orqali ularning kasbiy (kreativ hisoblash, optimallashtirish, mahsulot sifati) kompetensiyalarini shakllantirish amaliyotini keng joriy etish muhim o‘rin egallaydi.Jaxonda pedagoglarning kasbiy faoliyatini rivojlantirishda kompyuter dasturlarini samarali qo‘llash, ularda estetik tarbiyani rivojlantirish, kompyuter dasturlaridan foydalanish kompetentligini shakllantirish, dars jarayonida o‘quv materiallarini kompyuter dasturlari yordamida etkazish, ta’limni axborotlashtirish sharoitida talabalarining metrologik komptentligini kompyuter dasturlaridan foydalanib takomillashtirishga doir qator izlanishlar olib borilgan.
    Talabalar metrologik faoliyatini rivojlantirishda ijodiy muhitni yaratish, metrologiya, standartlashtirish va sertifikatsiyalashtirish bo‘yicha malakalariga ega bo‘lishlari uchun o‘qitish mazmunining uzviyligini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilgan.
    D.A.Sayfullayeva tomonidan yozilgan “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatsiyalashtirish fanini kompyuter dasturlari asosida o‘qitish metodikasi” nomlangan monografiyada tanlangan mavzuning dolzarbligi, ishlanganlik darajasi, vazifalari, amaliy ahamiyati bayon qilingan.
    Monografiyaning “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatsiyalashtirish fanini kompyuter dasturlari asosida o‘qitish metodikasi” deb nomlangan birinchi bobida “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fanini o‘qitish holati va zamonaviy qarashlar tahlili hamda fanining o‘ziga xos xususiyatlari, asboblarni konstruksiyalash tamoyillari, tayyor mahsulotga qo‘yiladigan talablar, majburiy fanlarni o‘qitishda kompyuter dasturlaridan foydalanishning didaktik imkoniyatlari, talabalarning metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirishga oid motivasiyalarini inobatga olib, ularning pedagogik-psixologik va fiziologik xususiyatlariga mos ravishda ijtimoiylik, kommunikativlik, intellektuallik, axborotlilik kompetensiyalari, kompyuter dasturlaridan foydalanish, o‘rgatuvchi, mashq qildiruvchi, rivojlantiruvchi, nazorat qiluvchi va baholovchi ta’lim vositalari sifatida samarali ekanligi haqida fikrlar bayon etilgan.
    Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatsiyalashtirish fanini kompyuter dasturlari asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish deb nomlangan ikkinchi bobida majburiy fanlarini o‘qitishda kompyuter dasturlaridan foydalanish metodikasi, talabalarning metrologiya, standartlashtirish va sertifikatsiyalashtirishga oid kompetensiyalarini rivojlantirishda kompyuter dasturlaridan foydalanib o‘qitish hamda metodikasini takomillashtirish bo‘yicha metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish fanining elektron o‘quv-qo‘llanma dasturining bosh oynasi, maxsulot sifatini aniqlash o‘lchov asbobi shtangensirkulning ishlash jarayonining animatsion namoyishi, metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish fani bo‘yicha yaratilgan MOODLE masofaviy ta’lim kontentlari, talabaning umumiy faolligi uning bilim va ko‘nikmalarni egallash, jarayon va hodisalarning mohiyatini anglab olishga qaratilgan “Decision tree”, “Insert”, test metodlaridan amaliy mashg‘ulotlarni olib borishda foydalanib, faollashtirilgan o‘qitish jarayoni metodikasi ishlab chiqilgan.
    Mazkur monografiyaning “Pedagogik tajriba-sinov ishlari va olingan natijalar tahlili” deb nomlangan uchinchi bobida metrologiya, standartlashtirish va sertifikatsiyalashtirish fanini kompyuter dasturlari asosida o‘qitishga asoslangan tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va o‘tkazish natijalari tahlil qilingan. Texnologik ta’lim yo‘nalishida majburiy fanlari bo‘yicha ta’lim oluvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalar natijalarini tahlil qilgan holda, ularga matematik ishlov bergan. Muallif qo‘lga kiritgan natijalarni raqamli va diagramma ko‘rinishlarda ifodalagan.
    Xulosa sifatida aytish mumkinki, D.A.Sayfullayeva tomonidan yozilgan monografiya oliy ta’lim muassasalarida amaliy ahamiyatga ega ilmiy ish bo‘lib, uni nashrga tavsiya etish va ta’lim jarayonida qo‘llash mumkin.
    Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
    texnika fanlari nomzodi dotsent
    Download 35,5 Kb.




    Download 35,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Лайло Полвоновна Узоқованинг «Касб-ҳунар коллежларида махсус фанларни муаммоли ўқитиш технологияси («Тикувчилик ишлаб чиқариш» йўналишининг «Тикувчилик корхоналари» фани мисолида)» мавзусидаги 13

    Download 35,5 Kb.