Obyekt tomonidan foydalanishga olinadigan suvning kunlik miqdorlari
1.1 .jadval
tartib raqami
|
Iste'molchi
|
O'lchov birligi
|
Miqdori
|
Suv me'yori, l/sut
|
Suv sarfi, m3/sut
|
1
|
O'quvchilar
|
Kishi
|
350
|
11.5
|
4.025
|
2
|
O'qituvchilar
|
Kishi
|
65
|
11.5
|
0.7475
|
3
|
Oshxona
|
shart.ovqat
|
200
|
16
|
3.2
|
4
|
Sport zali
|
Sportsmen
|
70
|
100
|
7
|
5
|
Stadion
|
m2
|
6000
|
3
|
18
|
6
|
Laboratoriya
|
Asbob
|
160
|
224
|
35.84
|
|
JAMI:
|
|
|
|
68.8125
|
7
|
Qo'shimcha sarf
|
%
|
10
|
|
6.88125
|
|
HAMMASI:
|
|
|
|
75.69375
|
Ichimlik suvi qurilish davrida shirkat xo'jaligi hududida suv ta'minoti tarmog'idan keltiriladi. Qurilish tugagach bu uylar ham shu tarmoqqa ulanadi.
Agar tarmoqni ishga tushirish sozlash jarayonda suvning bakteriologik ko'rsatgichlari davlat standartlari talablariga javob bermasa, konsentrasiyasi 100 mg/l bo'lgan xlorli suv bilan 2 soat mobaynida zararsizlantiriladi.
Obyekt qurilishiga sarflangan suv miqdorini aniqlash
jadval
-
Ishning nomi
|
o'lchov birligi
|
Ish hajmi
|
Solishtirma suv me'yori, l
|
Suv miqdori,m3
|
Beton qorishmasini tayyorlash
|
m³
|
120
|
400
|
48
|
Betonni 6 kun davomida suvlash
|
m³
|
120
|
200
|
24
|
Zaminni zichlash uchun tuproqni namlash
|
m²
|
144
|
150
|
21.6
|
G'isht terish va gruntovka uchun
|
m³
|
210
|
200
|
42
|
Suvoq qorishmasini tayyorlash
|
m²
|
1920
|
100
|
192
|
JAMI:
|
|
|
|
327.6
|
Ichimlik suv sarfi,8 kishi x 200 kun x 15 l
|
kishi x kun
|
1600
|
15
|
24
|
Yuvinish uchun suv sarfi
|
kishi x kun
|
1600
|
25
|
40
|
JAMI:
|
|
|
|
64
|
Suv sarfining umumiy sarfi:
|
|
|
|
391.6
|
Kanalizasiya mavjudligi va oqova suvni oqizishga qo'yiladigan talablar. Mahalla markazida paydo bo'ladigan oqovalar maishiy xarakterda bo'lib, ularning me'yoriy kunlik
miqdori 57,70 m3 , yillik miqdori esa 17310 m3 ni tashkil qiladi. Bu oqovalarning tarkibi asosan qum, muallak moddalar va organik birikmalaridan tashkil topadi. Ularning sifat ko'rsatgichlari doimiy emas. Bu oqovalarda qumlar – 2 g/kishi-sut; muallak moddalar
40 g/ kishi-sut, xlor birikmalari 65 g/ kishi-sut ni tashkil qiladi.
Qurilish olib boriladigan maydonda vaqtinchalik kanalizasiya tizimlari o'rnatiladi. Qurilish tugagach umumkanalizasiya tizimi quriladi va oqovalar to'liq biologik usulda tozalanadi. U paytgacha bu oqovalar beton o'ralarda to'planadilar va o'ralar to'lishi bilan ularni tuman SES tomonidan ajratilgan maydonga eltib oqiziladi.
Mazkur mahalla markazi qurilishi va undan foydalanishda atmosfera havosiga zararli moddalar deyarli chiqmaydi. Binolar poydevori zavurni qazish, injenerlik kommunikasiyalarini montaj qilish, ta'mirlash paytlarida kam miqdorda noorganik chang, payvandlash uskunasidan – payvandlash aerozoli, jumladan, MnO2 va kranli avtomobildan is gazi, azot oksidi, qurum va hakozalar havoga ajralib chiqishi mumkin. Bu moddalarning havoga chiqish miqdori shunchalik kamki, ularning atrof muhitga salbiy ta'siri sezilarli bo'lmaydi. Qurilish jarayonida ajralib chiqadigan changning miqdorini kamaytirish maqsadida tez – tez tuproq namlantirilib turiladi va bu texnik suv hisobidan amalga oshiriladi. Masalan, binolarga tabiiy gaz yoki suvni o'tkazish paytida eng ko'pi bilan 5 kg ANO – 4 markali elektrod ishlatiladi va buning natijasida 33,6 g payvandlash aerozoli, 3,9 g marganes oksidi ajralib chiqadi. Shu ish bajarilishiga, 67,2 g/yil, 7,8 g/yil marganes oksidi havoga chiqariladi. Bundan ko'rinib turibdiki, bu yerda havoni ifloslantiruvchi moddalarning miqdori sanitar – ekologik talablarni qanoatlantiradi.
Mahalla markazi faoliyati paytida paydo bo'ladigan qattiq maishiy chiqindilarning umumiy yillik me'yoriy miqdori 5,2 t yoki 27 m3 ni tashkil qiladi.. Bu chiqindilar inert chiqindilar bo'lib, maktabning shimoliy sharqida atrofiy 1,8 m balandlikdagi devor bilan uralgan maxsus hududi betonlashtirilgan maydonda joylashtirilgan hajmi 1,2 m3 bulgan maxsus metal qutilarda to'planadi va shartnoma asosida tuman obodonchilik korxonasiga topshiriladi;
Qurilish paytida paydo bo'ladigan qattiq chiqindilar miqdori 6.1.-jadvalda keltirilgan.
8. Qurilish davomida va ishlab chiqarishda ro'y berishi mumkin bo'lgan avariya (halokatli) holatlarni va ularning atrof-muhitga ta'sirini tahlil qilish
Obyektning qurilishi va faoliyati davrida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan halokatli holatlar. Masalan: qum, shag'al yoki sement tashiyotgan avtotransport vositasida nosozlik tufayli qurilish materialining to'kilishi yoki boshqa shunga o'xshash holatlar.
Obyekt qurilishining atrof - muhitga ta'sir etish xarakteri
Obyekt qurilishining atrof - muhitga chang, yuk tashish mashinalarining yoqilg'i gazining ta'sir etishi, vaqtincha yurish uchun noqulaylik keltiradi.
Qurilish davrida obyektda paydo bo'ladigan ishlab chiqarish
qattiq chiqindilari
jadval
|
Chiqindilar
|
o'lch.birl.
|
me'yor.%
|
maxs.mik,tn.
|
chiqindi
|
1
|
G'isht siniqlari
|
Tonna
|
0.5
|
210
|
1.05
|
2
|
Beton va qorishma
|
Tonna
|
13
|
120
|
15.6
|
3
|
Yog'och chiqindilar
|
m3
|
1.5
|
30
|
0.45
|
4
|
Xaltalar
|
Tonna
|
0.6
|
24
|
0.144
|
5
|
metall chiqindilari
|
Tonna
|
0.5
|
180
|
0.9
|
6
|
plastmassa idishlar
|
Tonna
|
1
|
10.96
|
0.1096
|
|
JAMI:
|
|
|
|
18.2536
|
|
Maishiy qattiq chiqindilar
|
7
|
Ishchilar
|
Kishi
|
0.083
|
25
|
2.075
|
8
|
Suprindi
|
Kg/m2-kun
|
0.021
|
1980
|
41.58
|
|
JAMI:
|
|
|
|
43.655
|
|
HAMMASI:
|
|
|
|
61.9086
| Obyekt qurilishining atrof-muhitga salbiy ta'sirini kamaytirish buyicha tadbirlar va takliflar
Obyekt qurilishining atrof-muhitga salbiy ta'sirini kamaytirish uchun qurilish obyektining atrofini to'sinlar bilan o'rash.
Mazkur mahalla markazini qurish, jixozlash, ishga tushirish va ekspluatasiya qilish paytida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
Yer ishlarini olib borishda eng zamonovay qazish usuli qo'llaniladi;
Qurilish jarayonida ajralib chiqadigan changning miqdorini kamaytirish maqsadida tez – tez tuproq namlantirilib turiladi;
Injenerlik kommunikasiya tarmoqlariga xizmat ko'rsatish uchun tibbiy ko'rikdan o'tgan, quduqga texnik xizmat ko'rsatish va texnika havfsizligi
qoidalarni mukammal biladigan va unga amal qiladigan yoshi 18 dan kam bo'lmagan ishchilargagina ruxsat beriladi.
Obyekt qurilishidan so'ng hududning ekologik holatini
oldindan tahlil qilish
Quriladigan obyekt hudidi yo’l bo'yida joylashganligi sababli, transport vositalaridan chiqadigan gaz chiqindilari zararli bo'lib, hamda shovqinli hudud deb hisoblanadi.
XULOSA
Samarqand shahri va viloyatining mustaqillik yillaridagi arxitekturasi va shaharsozligiga nazar tashlar ekanmiz, juda qisqa vaqt ichida e'tiborga molik ko‘p ijobiy ishlar bajarilganligining guvohi bo‘lamiz.
Bizningcha Samarqand shahrida bajariladigan har bir landshaft elementi tarixiy shahar shuuriga mos tushadigan badiiylikka ega bo‘lishi kerak. Shunday ekan Samarqand shahrining bosh me'moriy rejasini amalga oshirish ishlari olib borilayotgan ayni kunlarda, uning bo‘limlari tarkibiga shahar atrofidagi mavjud tabiiy landshaftni tadqiq qilib, uning tog‘lari, soylari, tepaliklari, kanallari, buloqlari, bog‘lari, tarixiy karvon yo‘llarini o‘ziga qamrab olgan yagona landshaft xaritasini tuzish, ya'ni landshaft rejalashtirish ishlari bilan ham shug‘ullanish lozim deb hisoblaymiz.
1. Mustaqillik yillarida Samarqand shahri arxitekturasi va shaharsozligini rivojlantirish ishlari quyidagi yo‘nalishlarda olib borildi:
- birinchi yo‘nalish bu shahar ko‘chalari, maydonlari, uning eng nufuzli tarkibiy qismlarini Mustaqilligimiz rivoji, istiqlol mafkurasi, aholining maishiy turmush tarzi va bozor iqtisodiyoti talablariga mos holda tartibga tushirish bo‘ladi;
- ikkinchi yo‘nalish bu shahar hududi bo‘lib Yangi ijtimoiy taraqqiyot tamoyillariga asoslangan maishiy-madaniy turmush, ta'lim-tarbiya, ilm-fan va iqtisodiy taraqqiyot, sanoat va ishlab chiqarish, bozor va savdo ob'ektlarini ko‘rish va joylashtirish bo‘ldi;
- uchinchi yo‘nalish, bu shaharning tarixiy qismini, undag me'morchilik yodgorliklarini ta'mirlash, qayta tiklash, zamonaviy ijtimoiy va turizm maqsadlariga moslashtirish va shu yo‘l bilan ularni kelajak avlodlar uchun asrab qolish sohasidagi ishlar bo‘ldi;
-to‘rtinchi yo‘nalishdagi ishlar esa aholining damolishi, shahar iqlimi, ekologiyasi va landshaft arxitekturasini yaxshilashga qaratildi, ya'ni tashqi ochiq muhitni obodonlashtirish,
ko‘kalamzorlashtirish, gulzorlashtirish, yangi bog‘ va parklar, xiyobonlar tashkil qilish va shakllantirish bo‘ldi.
2. Samarqand shahrining mustaqillik yillarida landshaft arxitekturasi o‘z o‘rnidan endi turishga o‘rgangan tetopoya bola kabi ulg‘ayib kelmoqda. Biroq, bu sohada qilinadigan ishlar hali oldindaki, ular o‘z navbatini kutib turibdi. Shulardan birinchisi, shahardagi umumiy foydalanishga mansub hududlarni ko‘kalamzorlashtirish, gulzorlashtirish va maysazorlashtirishdir. Buning uchun shaharda maxsus gulchilik maktabi, ko‘kalamzorlashtirish kolleji va yashil xo‘jalik kombinatlarini tashkil qilishni taklif qilaman. Shahardagi mavjud yashil xo‘jalik kombinatining servis xizmati cheklangan, uni rivojlantirish zarur.
Ko‘kalamzorlashtirishdagi asosiy tamoyil shunday bo‘lmog‘i kerakki, biz qanday o‘simlikni (daraxt, buta, gul yoki maysa turini) qaerga, qancha, qanday maqsadda va qanday usulda, ya'ni qanday manzaraviy landshaft kompozitsiyasida ekishimiz zarurligini bilmog‘imiz kerak. Buning uchun esa maxsus landshaft va dendroloyihalar ishlanishi va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini o‘sha loyixalar asosida bajarmoq zarur.
3. Samarqand shahrining markaziy ko‘chalari va maydonlari Mustaqillik yillarida olib borilgan bunyodkorlik ishlari tufayli shaklan insonga uyg‘un, fuqaroviy me'moriy muhitga aylantirilgan. Masalan, ko‘chalar kengaytirildi, tekislandi, sun'iy to‘shamalar yetkazildi, ko‘kalamzorlashtirildi, muxandisona obodonlashtirildi. Uning arxitekturasi esa o‘zining dastlabki muhitiga mos tarzda qayta tiklanib yanada fuqaroviylashdi. Bu ishlarni bajarishda Prezidentimiznng Samarqand shahriga tashrifi va shaxsiy tashabbusi katta rol o‘ynaydi.
4. Respublikamiz mustaqilligiga 20 yil to‘ldi. Bu yillar ichida yurtimizda juda katta ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Tarix oldidagi bu qisqa vaqt Samarqand shahri arxitekturasi va shaharsozligida oldingi davrlardan tubdan farq qiladigan alohida yangicha me'moriy yo‘nalish, badiiy uslub, ya'ni mustaqillik davri me'moriy-landshaft va shaharsozlik stilining shakllanib ulgurishiga yetarli darajada asos yaratdi.
5. Mustaqillik yillarida Samarqand shaharsozligi va arxitekturasi bobida juda katta o‘zgarishlar va ijobiy ishlar qilindi. Shahrimizni iqtisodiy rivojlantirish bosh rejasi asosida qisqa vaqt ichida shahar yo‘llarini ta'mirlash va qayta qurish bo‘yicha katta ishlar bajarildi. Shahar qiyofasi, ayniqsa uning eski shahar hududidagi me'moriy va shaharsozlik muhiti yangi me'moriy va landshaft ko‘rinishini oldi.
6. Mustaqillik yillarida Samarqand shahri landshaft arxitekturasi ob'ektlariga xos me'moriy-kompozitsiyaviy va landshaft-manzaraviy xususiyatlar asosan quyidagilardan iborat:
- bog‘lar va parklar arxitekturasida masshtablilik va yaxlitlikka erishish, rejaviy kompozitsiyada aksariyat hollarda muntazam simmetriyali tartibli rejaviy qonunlarga asoslanish;
- ochiq yashil maydonlarni ko‘kalamzorlashtirishda asosan yashil parterlar uslubidan foydalanish, favvoralar o‘rnatish, yangi to‘shamalar, bog‘-park mebellari va jihozlari, haykallar o‘rnatish, kirish-chiqish darvozalarini bo‘rttirish va yangi panjaralar o‘rnatish;
- yopiq yashil maydonlarni shakllantirishda asosan qarag‘ayzorlar, soxta kashtan, dub, mojjevelnik, kiparis va biota daraxtlarining qo‘llanilishi;
- bog‘-park dizayni elementlarining shakllanishi;
- bog‘-park arxitekturasida to‘q va to‘yintirilgan polixrom ranglarning ishlatilishi.
7. Landshaft arxitekturasida Yangi texnologiyalarni qo‘llash, xususan ochiq yashil muhitlarning dekorativ xususiyatlarini yanada oshirish maqsadida zamonaviy “Nur arxitekturasi”ning yangi qirralaridan foydalanish (masalan, o‘zidan tunda yorug‘ chiqaruvchi bardyurlar, girlyandlar, nurlanuvchi soyabonlar, landshaft arxitekturasi ob'ektlari hududining to‘shamalariga yotqiziladigan o‘zidan nur chiqaruvchi plitalar, nurlanuvchi geoplastikalarni) qo‘llash orqali shahrimiz landshaft arxitekturasining sifatiga yangicha ohang bahishlashimiz mumkin;
- Parklar,ochiq va yopiq yashil muhitlar manzarasini san'atimizning milliy qadriyatlari asosida shakllantirishda tarixiy sinalgan “Chorbog‘”, “Chorchinor” va “Chorchaman” uslublarini qo‘llashni taklif qilamiz;
- Shahrimizning issiq va quruq iqlimi va yoznng uzoq kechishini hisobga olib, shahar hudularini ko‘kalamzorlashtirishda va bog‘-parkchilik san'atimizda ”shabada” samarasiga erishish imkoniyatlaridan foydalanishimiz maqsadga muvofiqdir;
- Shahardagi nufuzli jamoat binolari oldilari va piyodalar ko‘chalarini ko‘kalamzorlashtirishda konteynerlarda o‘sadigan gulzorlarning turli xil dekorativ kompozitsiyalarini qo‘llash orqali ochiq muhitlar arxitekturasining saviyasini yuqori darajalarga ko‘tarish taklif qilinadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Adilova L.A. Landshaft arxitekturasi. O‘quv qo‘llanma.-T., 2000.
Вергунов А.П., Денисов М.Ф., Ожегов С.С. Ландшафтное проектирование. - М.1991.
Горбачев В.Н. Архитектурно-художественные компоненты озеления городов.- М., 1983.
Jonuzoqov A.E. Daraxt va butalarni landshaft kompozitsiyasida o‘zaro qo‘llash. // O‘zbekiston an'anaviy me'morchiligi va landshaft arxitekturasini tadqiq etishning yangi masalalari mavzuidagi respublika ilmiy – amaliy konferensiyasi materiallari. –Samarqand, 2010.
Jonuzoqov A.E, O‘runova N.X. Landshaft kompozitsiyasida badiiy hunarmandchilik elementlarining o‘rni. // O‘zbekiston an'anaviy me'morchiligi va landshaft arxitekturasini tadqiq etishning yangi masalalari mavzuidagi respublika ilmiy – amaliy konferensiyasi materiallari. –Samarqand, 2010.
Залесская Л.С., Микулина Е.М. Ландшафтная архитектура. - М., 1979.
Крижановская Н.Я. Основы ландшафтного дизайна.–Ростов – на - Дону, 2005.
Приходько П.И. Ландшафтная композиция малого сада. - Киев, 1976.
Uralov A.S. An'anaviy o‘zbek bog‘ining ma'naviy dasturini yaratish haqida. // O‘zbekiston an'anaviy me'morchiligi va landshaft arxitekturasini tadqiq etishning yangi masalalari mavzuidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari.-Samarqand: SamDAQI, 2010.
Uralov A.S. Sharq mamlakatlarining bog‘-park san'ati. – Samarqand, 2011.
Qurbonov O‘. Samarqand bunyodkorlarining tuhfasi. // Samarqand gazetasi. №2. 2010.
Haydarov A. Uylarimiz qiyofasi. “Zarafshon” gazetasining 2011 yil 26 mart soni.
|