• 5 - rasm. Ko`targichlar (domkratlar).
  • Jihozlarni o`rnatish va ta’mirlash uchun moslamalar, materiallar va asboblar Takelaj (montaj) moslamalariga montaj machtalari, bloklar, polispastlar, stroplar, traverslar
  • Montaj bloklari
  • 6- rasm. Blok va polispast yordamida yuk ko`tarish sxemasi
  • 7- rasm. Kanatli yuk ko`taruvchi stroplar
  • Jihozlarni qamrash moslamalari
  • 8 - rasm. Yirik o`lchamli jihoz va konstruktsiyalarni ko`tarish traverslari
  • O`rnatish va ta`mirlash ishlarida qo`llaniladigan materiallar
  • Lecture 13 mavzu: jihozlarni o`rnatish va tamirlash ishlarining moddiy-texnika bazasi




    Download 0,91 Mb.
    bet2/7
    Sana07.11.2020
    Hajmi0,91 Mb.
    #12337
    1   2   3   4   5   6   7

    4- rasm. Montaj lebyodkalari.

    a - elektrik; b - dastaki richagli;

    1- podshipnik korpusi; 2-baraban; 3-shesternya; 4-g`ilof; 5- rubilnik; 6- elektrodvigatel; 7-val; 8- tormoz; 9- reduktor; 10- rama; 11- tayanch; 12- lebyodkani tayanchga osib qo`yadigan ilgak; 13 va 15- richaglar; 14- korpus; 16- yuk ko`taruvchi ilgak; 17- arqon (kanat).










    5- rasm. Ko`targichlar (domkratlar).

    a-vintli; b-reykali; c - gidravlik.

    1- korpus; 2- tutqich; 3- treshotka; 4- gayka; 5,8 - kallaklar; 6- vint; 7- reyka; 9- panja; 10- plunjer; 11- dastak; 12- monometr; 13 - bak; 14- shlang; 15- nasos; 16- silindr.




    1. Jihozlarni o`rnatish va ta’mirlash uchun moslamalar, materiallar va asboblar

    Takelaj (montaj) moslamalariga montaj machtalari, bloklar, polispastlar, stroplar, traverslar, qamrash moslamalari (захват) va kanatlar kiradi.



    Montaj machtalari joy tangligi uchun kran ishlatish imkoniyati bo`lmaganda yuk ko`tarishda ishlatiladi. Montaj machtalari Ø 159 x 6 - 426 x 12 mm o`lchamli trubalardan iborat konstruktsiya bo`lib, balandligi 8 - 25 m, yuk ko`tarishi 3-20 t bo`ladi.

    Montaj bloklari (6-rasm, a) yukni vertikal ko`tarish va kanatlar harakat yo`nalishini o`zgartirish uchun xizmat qiladi. Bloklar bir va ko`p rolikli bo`ladi. Bir rolikli bloklar uncha og`ir bo`lmagan yuklarni ko`tarish va kanat harakatini o`zgartirish uchun ishlatiladi. Ko`p rolikli bloklar og`ir yuklarni ko`tarishga mo`ljallagan polispastning asosiy qismi bo`lib xizmat qiladi. Blok roligi diametri kanat diametrining 16-20 barobarini tashkil qilishi kerak.

    Polispast (6-rasm, b) yuk ko`tarish moslamasining yuk ko`tarish quvvati ko`tarilishi kerak bo`lgan yuk og`irligidan kichik bo`lsa, ko`tarish kuchidan yutish uchun ishlatiladi. Polispast (6-rasm) kamida ikkita birinchisi osilib turuvchi yuk uchun ilgak ulangan blokdan va tayanchga osish uchun halqasi bor qo`zmalmas blokdan iborat. Roliklardan o`tkazilgan kanat polispastning ishchi arqonlari deyiladi. Lebyodkaga ketadigan polispast kanati o`raluvchi arqon deyiladi.




    6- rasm. Blok va polispast yordamida yuk ko`tarish sxemasi

    a - blok yordamida; b- ikki karrali polispast yordamida;

    (Q - ko`tarayotgan yuk og`irligi)


    Stroplar (7-rasm) yukni ushlovchi moslama bo`lib, ular yuk ko`taruvchi mashina va mexanizmlaring ilgaklariga yukni osish uchun xizmat qiladi. Juda ko`p jihozlar korpusida ko`tarish mashinasining ilgagini ulash uchun maxsus joylar (skoba, proushina, ilgak) bor. Ulash joyi bo`lmagan jihozlarni ko`tarishda jihozlarga stroplar bog`lab ko`tariladi.








    7- rasm. Kanatli yuk ko`taruvchi stroplar

    a- universal to`qimali 1 - bajarish turi; (L - stropning umumiy uzunligi; l - xalqa uzunligi; l1 - sim o`ralgan qism uzunligi; dk - kanat diametri) b- shuning o`zi 2- bajarish turi; c - ikki tarmoqli o`zakli xalqali; d- ikki tarmoqli ko`taruvchi skobali; e- to`rt tarmoqli ko`taruvchi skobali.


    Strop po`lat kanat yoki zanjirdan iborat bo`lib, xalqa yoki tugun shaklida bo`ladi. Stroplarning quyidagi turlari bor (7-rasm): УКС1, УКС2 1 va 2 bajarish universal turi; 1СК, 2СК, 3СK, 4СK - bir, ikki, uch va to`rt tarmoqli strop. Chizmalarda strop quyidagicha belgilanadi: УКС-0,32-1/5000 ГОСТ 19144-93, ya`ni 0,32 t ko`tarish quvvatiga ega bo`lgan, uzunligi 500 mm va 1 universal bajarish turidagi strop. Agar qiya chiziqcha oldidan 2 raqami bo`lsa, bu strop bajarish turi 2 ekanligini anglatadi.

    Montaj kranlari ko`tarish quvvati 10 dan 16 t gacha bo`lgan uchiga ilgak ulangan, bir-biriga skoba yordamiga biriktirilgan 4 tarmoqli stroplar bilan ta`minlangan (7- rasm, d).

    Har bir tarmoqning yuk ko`tarish qobiliyati kranning maksimal yuk ko`tarishi bilan barobar bo`lishi kerak. Stroplarni yasashda uzilishga qarshiligi 180 kg∙k/mm2 bo`lgan kanatlar ishlatiladi.


    Traverslar (8-rasm) katta gabaritga ega bo`lgan va uzun o`lchamli jihozlarni ko`tarishda jihozning ko`p joylaridan ko`tarish kerak bo`lganda ishlatiladi.

    Jihozlarni qamrash moslamalari 9 -rasmda ko`rsatilgan.

    Po`lat kanatlar takelaj ishlari bajarishda ishlatiladi. Kanat bir-biriga o`ralgan po`lat simlardan iborat. Po`lat kanatlarning uzilishga qarshiligi 1568 MPa (160 kg·k/mm2) dan ortiq bo`ladi. O`rnatilgan lebyodkalarda, polispastlarda, stroplarda, ko`tarish kranlari yuk ko`targichlarida asosan uzilishga qarshiligi 1764 MPa (180 kg·k/mm2) ikki marta o`ramga ega bo`lgan, simlarning o`ram bo`yichà bir-biriga chiziq bo`ylab yondashgan kanatlar ishlatiladi.




    8-rasm. Yirik o`lchamli jihoz va konstruktsiyalarni ko`tarish traverslari

    a -yuk ko`taruvchanligi 10-150 t; b- yuk ko`taruvchanligi 10 t;

    c- yuk ko`taruvchanligi 10-40 t; d - yuk ko`taruvchanligi 100 t.





    O`rnatish va ta`mirlash ishlarida qo`llaniladigan materiallar. Texnologik jihozlarni o`rnatishda, metallkonstruktsiyalar yasashda, yeyilgan detallar o`rniga yangi detal yasashda po`lat, rangli metallar va qorishmalar ishlatiladi.

    Po`lat kimyoviy tarkibi bo`yicha uglerodli va legirlangan po`latga bo`linadi.

    Ishlatilishiga qarab po`lat ГОСT 380-91* bo`yicha quyidagi guruhlarga bo`linadi:

    A- mexanik xususiyatlariga qarab tanlanadigan;

    Б- kimyoviy tarkibiga qarab tanlanadigan;

    В- mexanik xususiyatlariga va kimyoviy tarkibiga qarab tanlanadigan.

    Uglerodli po`lat oddiy sifatli va sifatli bo`ladi.

    Oddiy sifatli po`lat quyidagi rusumda tayyorlanadi:

    A guruhi - Ст0, Ст1, Ст2, Ст4, Ст5, Ст6;

    Б guruhi - БСт0, БСт1, БСт2, БСт4, БСт5, БСт6;

    В guruhi - ВСт0, ВСт1, ВСт2, ВСт4, ВСт5.

    Po`lat konstruktsiyalarni yasashda ГОСТ 380-93 bo`yicha В guruhli ВСт5 po`latidan tayyorlangan prokat ishlatiladi.

    Asosiy po`lat prokat turlari 10 -rasmda keltirilgan.

    Bu po`lat prokatlar quyidagilarga bo`linadi:



    • katta o`lchamli po`lat - diametri 30 mm dan iborat aylana po`lat; tomoni 30 mm dan katta bo`lgan kvadrat po`lat; kengligi 56 mm dan katta yassi po`lat; profili № 3 dan № 25 gacha bo`lgan barcha qalinlikdagi teng tomonli burchak po`lat; profili 7,5/5 dan 26/16 gacha bo`lgan barcha qalinlikdagi har xil tomonli burchak po`lat; barcha shakldagi maxsus profilli po`lat (kichik va o`rta o`lchamdagilar bundan mustasno);

    • o`rta o`lchamli po`lat - diametri 20 mm dan 30 mm gacha bo`lgan aylana po`lat; tomoni 20 mm dan 30 mm gacha bo`lgan kvadrat po`lat; kengligi 50-56 mm bo`lgan yassi po`lat; profili 3,6; 4 va 4,5 bo`lgan barcha qalinlikdagi teng tomonli burchak po`lat; profili 4,5/2; 6,3/4; 4,5/2,8; 5/3,2; 5,6/3,6 va 6,3/4 bo`lgan barcha qalinlikdagi har xil tomonli burchak po`lat;

    • kichik o`lchamli po`lat - diametri 10 mm dan 19 mm gacha bo`lgan aylana po`lat; tomoni 10 mm dan 19 mm gacha bo`lgan kvadrat po`lat; kengligi 12 dan 45 mm gacha bo`lgan yassi po`lat; profili 3,2 gacha bo`lgan barcha qalinlikdagi teng tomonli burchak po`lat; profili 4/2,5 gacha bo`lgan barcha qalinlikdagi har xil tomonli burchak po`lat, boshqa shakldagi profilli po`lat;

    • tunuka po`lat - qalinligi 4 mm gacha bo`lgan yupqa tunuka po`lat va qalinligi 4 mm dan katta bo`lgan qalin tunuka po`lat;

    • 10, 15, 20, 35, 40, 45, 50 markali sifatli uglerodli po`lat (ГОСТ 1050-74*) truba yoki doira va oltiburchak qirqim shaklida tayyorlanadi;

    • 09ГС, 09Г2С va 14Г2 markali prokat qalinligi 4-60 mm bo`lgan legirlangan po`lat (ГОСТ 19281-73*) metall konstruktsiyalar va nostandart jihozlar yasashda ishlatiladi.

    Download 0,91 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0,91 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Lecture 13 mavzu: jihozlarni o`rnatish va tamirlash ishlarining moddiy-texnika bazasi

    Download 0,91 Mb.