10- rasm. Prokat profillari
1- kvadrat; 2- dumaloq; 3- polosa; 4- burchakli; 5- qo`shtavrli; 6- shveller; 7- temir yo`l relsi.
Oziq-ovqat sanoatlarida qo`llaniladigan texnologik quvurlarni yig`ishda zanglamaydigan po`latdan (korroziyaga chidamli po`lat ГОСТ 9940-81 va ГОСТ 9941-81), rangli metallardan va qorishmalardan tayyorlangan (alyuminiy va uning qorishmalari ГОСT 18475-82, mis ГОСT 617-72) trubalardan, shisha (ГОСT 8894-77) va polimer (ГОСT 18599-83) trubalardan foydalaniladi.
Quvur detallariga qaytargich, taqsimlagich, egarcha, o`tkazgich, yopqich va flanetslar kiradi. Quvur armaturalariga jo`mrak (ventil), zadvijka, klapan, bosim rostlagich va kondensat haydovchilar kiradi. Ular uglerodli, legirlangan, zanglamaydigan po`latdan, cho`yan, latun, bronza va plastmassalardan yasaladi.
Ularning tuzilishi va turlari 11, 12, 13. -rasmlarda ko`rsatilgan.
11- rasm. Uglerodli po`latdan tayyorlangan truba detallari
a - bukilgan qaytargichlar (otvod); b- taqsimlagich; c- egarcha (sedlovina); d - o`tkazgichlar (perexod); e- ellipsli yopchiq.
12- rasm. Quvur armaturasi va birikish detallari
a- oraliq jo`mrak; b- uch yo`lli jo`mrak; c- gayka; d- birlashtiruvchi nippel; e- birlashtiruvchi shtutser; f- zichlagich xalqa.
|