• TAHLILLAR VA NATIJALAR
  • “Lecture+Practice+Experiment”
  • Lecture+practice+experiment




    Download 2.44 Mb.
    bet4/7
    Sana15.08.2023
    Hajmi2.44 Mb.
    #78605
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    M.Sh.Islamova
    Doc1, Exam (2), VotersListAdditional, ravshankeyingikonvergent, Bakalavr bitiruv ishi, Muhammad al – xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari, Ona tili va adabiyot
    Harbiy mahorat – har bir jangchi va yalpi harbiy jamoaning, kuchli va texnik jihatdan yaxshi ta’minlangan dushman ustidan g‘alaba qozonish maqsadida, qurol-yarog‘ va texnikadan unumli foydalana olish va eng murakkab vazifalarni bajara olish qobiliyati. Harbiy mahorat - jangovor tayyorgarlik va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlik jarayonida shakllanadi hamda harbiy tarbiya yordamida mustahkamlanadi. Oliy harbiy ta’lim tizimida bo‘lajak ofitser kadrlarni harbiy kompitentligini rivojlantirish va yuksak harbiy mahoratga ega harbiy sifatida kamol toptirish mamlakat xavfsizligi va tinchligi bilan bog‘liq vazifa hisoblanadi.
    Bugungi kunda ilm-fan taraqqiyoti o‘zining ham ijobiy ham salbiy jihatlarini namoyon qilmoqda. Kimyoviy moddalarning kuchi va xossalari ta’siri jamiyat manfaatlari bilan bir vaqtda, qator terrostik harakat vakillarining xunrez maqsadlari yo‘lida ham xizmat qilmoqda.
    Terrorizm – (lotincha - daxshatga solish) O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 155 - moddasida nazarda turilgan “portlatishlar, o‘t qo‘yishlar yoki odamlarning halok bo‘lishi, katta mulkiy zarar keltirish yoxud ijtimoiy xavfli oqibatlarga olib kelish xavfini tug‘diruvchi boshqa harakatlar sodir etishdan iborat bo‘lgan, jamoatchilik xavfzisligiga qarshi qaratilgan jinoyat”dir [7]. So‘nggi vaqtlarda o‘tkazilgan tahlillar natijasiga ko‘ra, xususan 2019 yil davomida 176 ta terrorchilik-qo‘poruvchilik harakatlari va portlashlar sodir etilgan. Buning oqibatida 1494 dan ortiq tinch aholi vakillari halok bo‘lgan va 2616 nafardan ortig‘i turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Ushbu terrorchilik harakatlarining jami 146 tasi (83%) qo‘lbola usulda tayyorlangan va sanoatda ishlab chiqilgan portlatish qurilmalarini qo‘llagan holda, 30 tasi (17%) turli o‘q-otar sovuq qurollar hamda yuk va yengil avtotransport vositalari yordamida sodir etilgan [8].
    TAHLILLAR VA NATIJALAR
    Ana shu faktlar asosida urush va tinchlik vaqtida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli favqulotda vaziyatlar uchun jangovor shaylik, favqulotda operativlikni va harbiy-kasbiy kompitentlikni oshirish maqsadida bugungi kunda oliy harbiy ta’lim tizimi kursantlariga fundamental fan sifatida kimyo (amaliy kimyo, harbiy texnikaviy kimyo)fanini o‘qitish nihoyatda zarurdir. Xususan, fan rejasiga kiritilgan “Kimyoviy kinetika va kimyoviy reaksiya tezligi” mavzusini bevosita “Portlatish ishlari”, “Artilleriya qurollari” “Ommaviy qirg‘in qurollari” singari harbiy-kasbiy fanlar bilan integratsiyalagan holda nostandart (innovatsion) usulda tashkil etish va o‘tish masadga muvofiqdir.
    Misol uchun “Raketa-artilleriya qurollari va o‘q-dorilari taktik qo‘mondon muhandisligikursantlari uchun “Kimyoviy kinetika” mavzusiga “Kimyoviy moddalarning detonatsiya tezligi” o‘quv savolini kirtish va mazkur dars mashg‘ulotini nostandart “Lecture+Practice+Experiment” (ma’ruza+amaliyot+tajriba) usulida tashkil etishni tavsiya etiladi. Bunday nostandart dars turida mashg‘ulot uchta qismga bo‘linadi (2-rasm).

    Download 2.44 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 2.44 Mb.