|
License type supported cc: Attribution 0 International (cc by 0) 83Bog'liq ishlab-chiqarishni-modernizatsiyalashtirish-sanoat-korxonalari-samaradorligini-oshirish-omiliSJIF
2022:5.962
License type supported CC: Attribution 4.0 International (CC BY 4.0)
86
Korxonaning ishlab chiqarish salohiyatini kundan-kunga yaxshilashga asosiy e'tibor
qaratish lozim. Doimiy ravishda yo'qotish manbalarini izlash va topish, ularni
minimallashtirish yo'llarini izlash kerak. Bunday tadbirlarni amalga oshirish korxonaning
barcha darajadagi xodimlarini, jumladan, oddiy ishchilar va mutaxassislarni
yo'qotishlarni bartaraf etish ishlariga jalb qilishni talab qiladi. Biz doimo ishlab chiqarish
maydoni, asbob-uskunalar va xodimlardan maksimal darajada foydalanish haqida
g'amxo'rlik qilishimiz, moddiy va ishlab chiqarish oqimlarini optimallashtirishimiz kerak.
Chiqindilarning eng yomon turi bu inventardir. Ular korxonaning iqtisodiy
ko'rsatkichlariga salbiy ta'sir ko'rsatibgina qolmay, balki ishlab chiqarishni noto'g'ri
boshqarishni, hal etilmagan ishlab chiqarish muammolarini ham niqoblaydi.
Ishlab chiqarishni samarali tashkil etishning alohida tamoyili ishlab chiqarish
jarayonlarini tezlashtirishdir. Gap, birinchi navbatda, mahsulotlarni ishlab chiqarishga
kiritish uchun kutish vaqtini, operatsiyalar orasida turib qolish vaqtini kamaytirish,
transport va nazorat operatsiyalari vaqtini qisqartirish, mehnat buyumlarining parallel
harakatlanish jarayonini tashkil etish orqali mahsulot ishlab chiqarish siklining
davomiyligini qisqartirish haqida ketmoqda. Shu bilan birga, buyurtmani qabul qilishdan
tortib to iste'molchiga etkazib berishgacha bo'lgan barcha logistika zanjiri bo'ylab
operatsiyalarning aniq bajarilishini ta'minlash kerak.
Resurslarni tejash siyosati ishlab chiqarishni tashkil etishda yuqori samaradorlikni
ta'minlash vositasi sifatida ishlab chiqarish xarajatlarini belgilovchi eng muhim omillarni
ajratib ko'rsatish tamoyiliga asoslanishi kerak
Ishlab chiqarish tannarxida jonli mehnatning ulushi muttasil kamayib, moddiy va
energiya sarf-xarajatlarining ulushi ortib borayotgan zamonaviy sharoitda moddiy va
energiya resurslarini tejash eng muhim vazifa sifatida ilgari surilmoqda. Ish haqi
xarajatlari amortizatsiya ajratmalari miqdoriga teng bo'lgan sharoitda qo'l mehnatini
mashina mehnatiga so'zsiz almashtirish haqidagi an'anaviy nuqtai nazar va ishlab
chiqarishda eng murakkab hamda qimmatbaho asbob-uskunalardan foydalanish
yo'nalishini tanlash o’zini oqlamaydi. Jahon amaliyotida eng yaxshi firmalar mehnat
samaradorligi va sifatini oshirishning barcha boshqa vositalaridan to’liq foydalanib
bo’lingandan va ular o’zini oqlamay qolgandan keyingina avtomatlashtirishga murojaat
qilishadi.
Ishlab chiqarishni tashkil etishning innovatsion konseptsiyasining muhim qoidasi
ishlab chiqarish jarayonlarining yuqori moslashuvchanligi va o'zgaruvchanligini
ta'minlash talabidir. Zamonaviy ishlab chiqarish dinamik bo'lishi kerak, ya'ni juda qisqa
fursatda va eng kam xarajat bilan o'zgaruvchan bozor ehtiyojlariga javob berishi talab
etiladi. Jixozlar, ishlab chiqarish jarayonlari, binolarning tuzilishi sotish bozoridagi
o'zgarishlarga moslasha olishi lozim.
Moslashuvchanlikni oshirish uchun ishlab chiqarish tizimlarining o'zini o'zi
boshqarish imkoniyatlaridan foydalanish kerak, xususan, ishlab chiqarish
bo'linmalarining yacheykali tuzilmasini shakllantirisah, ishlab chiqarish jarayonining
elementlarini zaxiralash, guruhli ishlab chiqarishni joriy etish, o'z-o'zini boshqaradigan
brigadalarni shakllantirish, uskunalarni sozlash va qayta sozlashning ratsional
texnologiyasini
joriy
etish,
korxona
mehnat
salohiyatining
malakaviy
moslashuvchanligini oshirishga e’tibor qaratish muhim.
|
| |