SJIF
2022:5.962
License type supported CC: Attribution 4.0 International (CC BY 4.0)
85
Tovar ishlab chiqarish texnologiyasining rivojlanishi va takomillashishi natijasida
ishlab chiqarishni tashkil etish bilan bog'liq ma'lumotlarni
umumlashtirishga urinishlar
paydo bo'ldi. Ishlab chiqarishni tashkil etish sohasidagi birinchi ilmiy ish fransuz olimi
L.Shevalerning “Korxonani tashkil etish texnologiyasi” asari, shuningdek,
ingliz
matematigi Charlz Bebbijning “Mashina va manufaktura ishlab chiqarish iqtisodiyoti”
asari hisoblanadi.
Shuningdek, ushbu olimlardan tashqari Karl Marks,
Adam Smit kabi olimlar,
shuningdek, shveytsariyalik iqtisodchi va tarixchi Jan Sharli Sismondi ishlab chiqarishni
tashkil etishni o'rganishga o'z hissalarini qo'shdilar.
Rossiya olimlaridan N.F. Charnovskiy, A.K. Gasteva, N.A. Vitke ham o'z
asarlarida ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish bilan bog'liq masalalarni ko'rib
chiqqanlar.