|
License type supported cc: Attribution 0 International (cc by 0) 83Bog'liq ishlab-chiqarishni-modernizatsiyalashtirish-sanoat-korxonalari-samaradorligini-oshirish-omiliSJIF
2022:5.962
License type supported CC: Attribution 4.0 International (CC BY 4.0)
90
• topshiriqlarni bajarishda mustaqillik - ishchiga ma'lum bir darajadagi mustaqillik,
uning ishini nazorat qilish huquqi beriladi;
• fikr-mulohazaning mavjudligi - ishchining ish natijalaridan xabardorligi.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdagi muhim ijtimoiy jihat mehnatni
me'yorlashdir. Mehnat me’yorlari uni tashkil etishda doimo mavjud bo'lib, ish haqini
belgilashda hisobga olinadi. Korxonalarda bu ish davom etmoqda va qayta qurishga,
takomillashtirishga muhtoj. Ayni paytda o‘z oldiga modernizatsiyalash vazifasini
qo‘ygan korxonalarning aksariyati bu boradagi ishlarning dastlabki bosqichida turibdi.
Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirgan xolda bugungi kunda ishlab chiqarish
korxonalarida samaradorlikni oshirishga to‘sqinlik qilayotgan quyidagi muammolarni
ajratib ko‘rsatish mumkin:
o material va energetik xarajatlarning oshib ketganligi;
o
ishlab chiqarishdagi yo ‘qotishlarning mavjudligi va oshib borayotganligi;
o ishlab chiqarish jarayonlari sifatining pastligi, ishlab chiqarish jarayonlari sifatini
baholash tizimining mavjud emasligi;
o ishlab chiqarish madaniyatining past darajasi;
o
korxonalarda me’yorlashtirish jarayonlarining talab darajasida yo‘lga qo
‘yilmaganligi, amaldagi me’yorlarning eskirganligi.
Xulosa
Xulosa qilish mumkinki, ishlab chiqarishni modernizatsiyalashni muvaffaqiyatli
amalga oshirish uchun korxonalarning ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish
zarur. Buning uchun quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
o
moddiy va energiya resurslarini tejash imkoniyatlarini izlash va amalga oshirish,
yuqori samarali uskunalarni ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish tizimlarini yaratish,
logistikadan keng foydalanish;
o
yo'qotishlarni ularning paydo bo'lishi tabiati va manbalari, shuningdek ishlab
chiqarishda mehnat ob'ektlari harakatini tashkil etish tamoyillarini to'liq yo'q qilish yoki
kamaytirish yo'nalishlari bo'yicha tasniflash
o
sifatni ta'minlash usullarini o'rganish, jarayonlar sifatiga ta'sir etuvchi omillarni,
shuningdek uni takomillashtirishga qaratilgan tashkiliy zaxiralarni aniqlash;
o
har bir xodimning eng samarali ishlashi uchun sharoit yaratish va korxonaning
mehnat jamoasi oldida turgan muammolarni hal qilishda ishchilarning ijodiy faolligini
namoyish etish uchun imkoniyatlar yaratish;
o
ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishni raqamlashtirish, xususan
boshqarishning dasturlashtirilgan tizimlaridan foydalanishni kengaytirish.
|
| |