|
Litiyning fizik xossalari
|
bet | 3/5 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #261273 |
Bog'liq LITIY METALLURGIYASINING UMUMIY AHVOLI Litiyning fizik xossalari
Uning eng muxim minerallari:
lipidolit KLi(Si6O16)(FeOH)2 (13)
spudomen LiAl(SiO3)2 (14)
Undan tashqari:
petiolit (Li5Na)AlSiO4O16, (15)
litiofillit (Li, Mn, Fe)PO4 (16)
tarkibi qushalok tuz va boshqa minerallar tarkibida xam litiy uchraydi.
Litiy oq-kumush rang etal bo’lib, yumshoq va egiluvchan, natriydan qattiqroq, ammo qo’rg’oshindan yumshoqroq. Uni presslash va dumalab ishlov berish mumkin. Barcha ishqoriy metallardan litiy eng yuqori erish va qaynash temperaturasiga ega (mos ravishda 180,54 va 1340° C), u xona haroratida eng past zichlikka ega (0,533 g/sm³, suv zichligining deyarli yarmi). Litiy past zichligi tufayli nafaqat suvda, balki, masalan, kerosinda ham suzadi.
Litiy atomining kichik o’lchamlari, metallning o’ziga xos xususiyatlari paydo bo’lishiga olib keladi. Masalan, u natriy bilan faqat 380° C dan past haroratlarda aralashadi va eritilgan kaliy, rubidiy va seziy bilan aralashmaydi, boshqa ishqoriy etal bug’lari esa har qanday nisbatda bir-biri bilan aralashadi.
Litiyning biologik ahamiyati
Litiyning inson tanasi uchun zarur o’rtacha miqdorda(kattalar uchun kuniga 100-200 mkg). Ko’pincha tanada litiy qalqonsimon bez, limfa tugunlari, yurak, jigar, o’pka, ichak, qon plazmasi, buyrak usti bezlarida uchraydi.
Lityum muhim jarayonlarda ishtirok etadi:
uglevod va yog‘almashinuvida ishtirok etadi;
immunitet tizimini qo’llab-quvvatlaydi;
allergiya paydo bo’lishining oldini oladi;
asabiylikni kamaytiradi.
Litiy preparatlari ruhiy kasalliklarni davolashda keng qo’llaniladi. Litiy tanadan asosan buyraklar orqali ajralib chiqadi.
Sanoatda olinishi
Xozirgi vaqtda litiy ikki usul bilan olinadi. Birinchi usul: kaliy xlorid bilan litiy xlorid (1:1 nisbatda) kotishmasini 450°-500°S da suyuklantirib elektroliz qilishdan iborat. Suyuqlantirilgan tuzlarni elektroliz qilish ancha kiyin bo'lgani uchun keyingi vaqtlarda litiy bromid bilan alyuminiy bromid aralashmasi nitrobenzolda yoki piridinda eritilib elektroliz qilinadigan bo'ldi. Bunda litiy katodda ajralib chiqadi, alyuminiy esa kompleks birikma xolida eritmada koladi. Elektrolizda litiy xlorid ishlatiladi . U karbonatdan quyidagi sxema bo’yicha olinadi:
Li2CO3 + 2HCI → 2LiCI + H2O + CO (17)
Hosil bo’lgan LiCl elektroliz qilinadi:
2LiCl → 2Li + Cl2 (18)
Litiy faol metall bo’lgani uchun, uni oksidlar yoki galogenlardan qayarish faqat reaktsiya zonasidan darhol olib tashlanish holida mumkin. Aks holda, reaktsiya balansini to’g’ri yo’nalishi o’zgarishi mumkin.
2Li2O + Si → 4Li + SiO2 (19)
Olingan litiy vakuum distillash bilan tozalanadi, yani ma’lum haroratlarda qotishmadan turli metallarni doimiy ravishda bug’ladi.
Ikkinchi usul: keyingi vaqtda vakuum texnikasining rivojlanishi natijasida metallarni olishda yangi vakuum-metallurgiya yuzaga keldi. Bu usulda litiy oksid bilan oxak aralashmasi alyuminiy yoki ferrosilisiy ta'sirida kaytariladi:
2Li2O+2CaO + Si > 4Li + Ca3SiO4 (20)
Prosess naysimon vakuum pechda yuqori xaroratda (950°-1000°S da) olib boriladi. Vakuum pech nayning bir uchi sirtidan suv bilan sovutib turiladi. Reaksiya vaqtida xosil bo'lgan litiy pechning sovutilib turgan joyiga yigiladi.
|
| |