|
“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnaliBog'liq 34 Mamatov 315-326“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali
http://iqtisodiyot.tsue.uz/journal
325
shuningdek, xaridlar jarayonlarining ahamiyatini oshirib, xarajatlar tarkibidagi xizmatlarning
narxi hozirda 15-17% ni tashkil qiladi. Shuningdek, xomashyo va materiallar mahsulot
sifatiga hamda ish samaradorligiga va yetkazib beruvchilar bilan bevosita o‘zaro
munosabatlarga bog‘liq hisoblanadi.
Xomashyo va materiallar yetkazib beruvchilar bilan munosabatlarni o‘rnatishning
quyidagi tamoyillari mavjud:
- kompaniyaning eng yaxshi mijozlari sifatida yetkazib beruvchilarni rag‘batlantirish;
- muayyan mahsulotni sotib olishda yetkazib beruvchiga ularning yehtiyojlari
to‘g‘risida xabar berish, uning operatsiyalaridan xabardor bo‘ling;
- yetkazib beruvchi bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha qabul qilingan majburiyatlarni
bajarish bilan bog‘liq muammolar mavjudligi.
Shu bilan birga, ishlab chiqarish korxonalrida omborlarni boshqarish muammosi
mavjud bo‘lib, omborlarni boshqarish jarayonlariga logistika axborotlar tizimlarini joriy
etishni talab qiladi.
Ishlab chiqarish korxonalarida xomashyo zaxirani boshqarish kompaniya faoliyatining
muhim tarkibiy qismidir. Deyarli barcha logistika mutaxassislari ko‘plab korxonalarning
muvaffaqiyati ko‘p jihatdan xomashyo zaxirani samarali boshqarish qobiliyatiga bog‘liq deb
hisoblaymiz. Tovar moddiy zaxiralar joriy aktivlarning ajralmas qismi bo‘lib, har qanday
korxonada logistika axborotlar tizimlari jarayonini qurishda muhim o‘rin tutadi.
Bizning fikrimizcha, xom-ashyo va materiallar zaxirasi - bu ishlab chiqarish
korxonalarining uzluksiz ishlab turishi ta’minlaydigan omil bo‘lib, ishlab chiqarish korxonalari
xom-ashyo va materiallar zaxirasi boshqarishda logistika axborotlar tizimlarini joriy etish
orqali biz korxona tovar moddiy zaxiralariga ta’luqli muammolarni bartaraf etish imkonini
beradi.
|
| |