• 6. Momentlar
  • YUzali ob’ektlarning belgilari




    Download 6.2 Mb.
    bet8/25
    Sana13.06.2023
    Hajmi6.2 Mb.
    #72479
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
    Bog'liq
    Dissertatsiya Sobirjon
    ахборот, 2 Ishchi dastur 1-kurs, Mehnat bozori va korxonalarda mehnat resurslaridan foydalanish R, Erkinboyev Muxammadali, 4. Biznes huquqi, 1-amaliy mashg\'ulot, 4-Ma\'ruza
    5. YUzali ob’ektlarning belgilari
    Elementlari soni to‘qqizdan oshiq bo‘lgan va mustaqil qismlarga ajratish mumkin bo‘lgan ob’ektlarga yuzali ob’ektlar deyiladi. Ularning belgilarini aniqlash uchun manba tasvir belgilarini aniqlash algoritmlaridan foydalanish mumkin, chunki har bir ob’ektga tasvir yoki uning fragmenti deb qarash mumkin. Demak, quyida manba tasvirnikidan farqli belgilarni muhokama qilamiz.

    1. Ob’ekt yuzasi – s, uning elementlar soniga teng.

    2. Ob’ektdagri teshiklar soni – d;

    3. Ob’ektdagi teshik yuzasi . Teshik yuzasidagi nuqtalar soniga teng.

    4. Ob’ektning umumiy maydoni: .

    5. Tasvirdagi ob’ektlar soni –n.

    6. Barcha ob’ektlarning yig‘indi yuzasi: S=

    7. Ob’ekt ilma teshikligi: .

    8. Tasvirning ob’ektlarga to‘yinganligi: .

    9. Ob’ekt og‘irlik markazi koordinatalari:

    .

    1. Absissa o‘qiga nisbatan inersiya momenti: .

    2. Ordinata o‘qiga nisbatan inersiya momenti: .

    3. Aralash inersiya momenti .

    4. Inersiya bosh momentlari: .

    YUzali ob’ektlar uchun aytib o‘tilganlardan tashqari Eyler soni, ob’ektlarning ichma-ichligi, ob’ektlar orasidagi masofa, ob’ekt qobig‘i parametri va yuzasi kabi ko‘plab belgilarni aniqlash mumkin. Agar yuzali ob’ektlarning konturi olinsa, yopiq chiziqli ob’ektlarga ega bo‘lamiz, natijada yuqoridagi muxokamalar ham yuzali ob’ektlar uchun o‘rinli bo‘ladi.


    6. Momentlar

    Tasvir belgilarini aniqlash va ularni taqqoslashda momentlardan keng foydalaniladi. Moment quyidagicha hisoblanadi.


    .
    Bu erda - tasvirning - koordinatasidagi piksel qiymati. n – tasvir o‘lchami (eni va bo‘yi).
    Ko‘pincha p va q lar 0 dan 3 darajagacha bo‘ladi. Ba’zi momentlarning o‘z ma’nosi bor. Masalan:

    1. Agar p,q=0 bo‘lsa - energiya yoki nolinchi darajali moment deb ataladi va bu holda bo‘yicha summa aniqlanadi.

    2. Agar p=1,q=0 yoki p=0,q=1 bo‘lsa, birinchi darajali momentlar deb ataladi. Birinchi darajali momentlar orqali og‘irlik markazini aniqlash mumkin, ya’ni:

    ,
    yoki bu quyidagi bilan teng kuchli
    .

    1. Agar p=2,q=0 yoki p=0,q=2 bo‘lsa – inersiya momenti yoki ikkinchi darajali moment deb ataladi. U asosiy inersiya o‘qini aniqlaydi. O‘z navbatida ushbu momentlardan foydalanib, asosiy o‘qning og‘ish burchagini quyidagicha aniqlash mumkin:

    .

    Tasvirdagi ob’ektning siljishiga nisbatan invariantlilikni saqlash maqsadida markaziy momentdan foydalaniladi va u quyidagicha hisoblanadi:
    .
    U holda tasvirning burilishiga, siljishiga va oyna (zerkalnoy) ko‘rinishiga invariant momentlarni quyidagicha hisoblash mumkin:

    Affin almashtirishlarga, xususan masshtablashga nisbatan invariant momentlarni esa, quyidagicha aniqlash mumkin:
    , bu erda .
    Bu formula darajalar bo‘lgan holat uchun o‘rinlidir.
    U holda, tasvirning joylashuvi, masshtabi va orientatsiyasiga nisbatan invariant momentlar quyidagicha hisoblanadi:



    Download 6.2 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




    Download 6.2 Mb.