Num Lock (sonlarni saqlash) - sonlar kiritishning kichik klaviaturasi sonni kiritishga yoki kursorni boshqarishga moslanadi. Sonlarni kiritish klavishlari ikki rejimda ishlashi mumkin:
Ikki holatning biridan ikkinchisiga o'tishni Num Lock klavishi bajaradi. Sonlarni kiritish paytida sonlar klaviaturasi kalkulyatorning klaviaturasiga o'xshaydi. Sonlarni va arifmetik amallar belgilarini kiritish uchun qulaylik yaratadi. Sonlarni kiritgan paytda Num Lock chirog'i yonib turishi kerak, agarda Num Lockni ko'rsatuvchi chiroq o'chgan bo'lsa, ushbu kichik klaviatura bilan kursorni boshqarish mumkin.
Ctrl (Control- boshqarish) va ALT (Alternative - o'zgartiruvchi)- boshqa klavish bilan birga bosilganda, o'sha klavishning vazifasi o'zgaradi.
Print Sсreen (ekrandagi chop etish) - ushbu klavish ekranda bo'lgan ma’lumotni printerga chiqarib beradi.
PAUSE (vaqtinchalik to'xtash) - bosilganda kompyuter o'z ishini vaqtincha to'xtatadi.
TAB (tabulyatsiya so'zidan) - faqat pastdagi registrda ishlaydi va gap matn, hujjatlar haqida ketganda, kursorni o'ng tomonga, navbatdagi maxsus ko'rsatilgan nuqtaga suradi. Bu klavishning qulayligi shundaki, uning yordami bilan jadvallar tuzish oson va matnni yozganda belgilangan pozitsiyadan boshlab terish mumkin. Klavishlarni yuqori registrda bosganda, kursorni chap tomonga, belgilangan pozitsiyaga surish mumkin.
BackSpace (Orqaga qaytish) - qaytarish klavishi. Bu klavisha yordamida, matn terish paytida, ekrandagi kursordan chap tomondagi xato terilgan belgilarni o'chirish mumkin. Kursorning o'zi esa bitta belgi chap tomonga suriladi.
Enter (kiritish) - kiritish klavishi. Matn terish paytida ushbu klavish bosilsa, kursor yangi abzatsga (satrga ) o'tadi.
Caps Lock (katta yoki kichik harflarga o'tish klavishi) - yuqori registrga o'tish imkonini yaratib beradi. Haqiqatda esa ushbu klavish faqat harflar terish klavishlariga o'z ta’sirini ko'rsatadi, katta harflar kiritish imkonini yaratib beradi. Bu klavishni bosib ushlab turish kerak emas. Ishlovchiga qulaylik yaratish maqsadida klaviaturaning o'ng burchagida yonib turadigan indikatorlar joylashgan. Bu indikatorlar rejimni ko'p vaqt davomida saqlab turadigan klavishlar bilan bog'langan. Shularning ichida bittasi Caps Lock ga tegishli.
Scroll Lock (ekranda yurish) - bu klavish yordamida kursorni harakatga keltirmoqchi bo'lsangiz, kursor matnning keyingi betiga sakraydi.
Shift (registrni almashtirish) - vaqtinchalik yuqori registrdan pastki registrga, yoki aksincha, pastki registrdan yuqori registrga o'tish imkonini beradi. Hammasi Caps Lock klavishining holati bilan bog'langan. Bu klavishning xizmati vaqtinchalik bo'lganligi sababli, boshqa klavishlarning xizmatini o'zgartirish kerak bo'lsa, ularni bosish paytida Shift klavishi vaqtinchalik bosib ushlab turiladi.
Quyida klavishlar va ular baiaradigan vazifalarni ko'rib chiqamiz.
Klavishlar
|
Vazifasi
|
<-14->
|
kursorni bir yoki bir necha o'ringa o'ngga, chapga, pastga va yuqoriga suradi
|
HOME (boshiga)
|
Kursorni satr boshiga olib keladi.
|
END (oxiri, nihoyasi)
|
Kursorni, satr oxiriga olib o'tadi.
|
Page Up (Page Up) (bir sahifa yuqoqriga)
|
bu klavish bosilganda kursor bir sahifa (ekran) oldinga suriladi.
|
Page Down (Page Down) bir sahifa pastga
|
bu klavish bosilsa kursor bir ekran orqaga suriladi.
|
ESC (Escape)
|
qandaydir oldin berilgan vazifalardan voz kechish.
|
Klavishlarni sekin bosish kerak, kuch ishlatish mumkin emas. Harflar kiritish paytida klavishni ko'p ushlab turish kerak emas. Aks holda, o'sha bosilgan harf ekranga ketma-ket chiqa boshlaydi.
Sichqoncha odatda ikki yoki uch klavishali bo'ladi: chap, o'ng va o'rta. Chap va o'ng klavishalar dastur asosida almashtirilishi mumkin. Odatda chap klavisha yordamida asosiy amallar (ajratish, surish, bajarish va h.k.) bajariladi. O'ng klavisha kontekst menyu deb ataluvchi amallarni bajarish uchun xizmat qiladi. Kontekst menyuning vazifasi joriy holatda u yoki bu amalni tezroq bajarish bilan bog'liq. O'rta klavisha, xususan, varaqlash (Page Down, Page Up amaliga o'xshab) maqsadlari uchun qulay.
Sichqoncha bilan ishlash. Sichqonchaning odatda chap klavishi ko'p ishlatiladi. Sichqoncha bilan ishlash operatsiyalariga sichqoncha klavishasini (odatda chap to'gmasini) bitta bosish, ikkita bosish, yoki surish kiradi.
Sichqoncha birinchi navbatda ko'rsatish vazifasini bajaradi. Sichqonchani stolda harakatlantiramiz, ekranda unga mos ravishda ko'rsatgich belgi stol ko'rinishda siljiydi. ekranda Agarda ko'rsatgichni biror obyekt ustiga olib borib, keyin chap klavishacha bosilsa, o'sha obyekt dasturi ishlash uchun tayyor bo'lib turadi. Ko'rsatilgan obyekt ustida, sichqonchaning klavishasi ikki marta bosilsa, ko'rsatilgan dastur birdan ishga tushib ketadi. Sichqonchaning chap klavishasini ikki marta ketma-ket bossangiz, bu operatsiya bir marta chap klavishani bosib, keyin Enter bosilganiga teng bo'ladi. Sichqonchani doimo yaxshi ish holatida saqlash uchun uning orqa tomonida joylashgan sharchasini spirt yoki aroq bilan vaqt-vaqti bilan artib turishni tavsiya etamiz
Ekranda ko'rsatilgan obyektni surish yoki ko'chirish. Ekranda ko'rsatilgan obyektni topib, chap klavisha bosiladi va klavishani qo'yib yubormasdan, obyektni yangi joyga suriladi va sichqoncha klavishasi qo'yib yuboriladi. Windows muhitida ishlayotganda ekrandagi obyektlarni ham chap, ham o'ng tomonda joylashgan klavishalar bilan ko'chirish mumkin.
Chap klavisha bosilganda, mo'ljallash bo'ladi, o'ng klavisha bosilganda esa aniq vazifa berish kerak bo'ladi.
Sichqoncha yordamida quyidagi asosiy harakatni bajarish mumkin:
Point- ko'rsatkichni ekranning kerakli joyiga ko'chirish;
Click- sichqoncha tugmasini bosib darhol qo'yib yuborish;
Double click- sichqoncha tugmasini ikki marta tez bosish;
Select- biror obyektni tanlash.
Tanlab olingan tasvir, matn qismi yoki grafik simvollarni boshqa joyga ko'chirish (Drag and Drop texnologiyasi) mumkin. Buning uchun tanlab olingan obyekt ustiga ko'rsatkichni olib borib, sichqoncha klavishasi bosiladi va obyektni kerakli joyga ko'chiriladi, so'ngra sichqoncha klavishasi qo'yib yuboriladi.
4. Shaxsiy kompyuterlarning qo'shimcha qurilmalari.
Sichqoncha. Sichqonchama’lumotlarnikompyutergakiritishvaubilanmuloqotqilishvazifasinitezroqamalgaoshirishnitahminlaydiganqurilmadir. Usizkompyuterdaxususan, amaliyottizimidaishlabbo'lmaydi. Uyordamidaamaliyottizimgavauningboshqaruviostidaishlaydigandasturlargabuyruqlarkiritiladi. Sichqonchaodatdaikkiyokiuchklavishalibo'ladi: chap, o'ngvao'rtayokig'ildirakchali. Chap va o'ng klavishalar dastur asosida almashtirilishi mumkin. Odatda chap klavisha yordamida asosiy amallar
(ajratish, surish, bajarish va h.k.) bajariladi. O'ng klavisha kontekst tavsiyanoma deb ataluvchi oynadagi amallarni bajarish uchun xizmat qiladi. Kontekst tavsiyanomaning vazifasi joriy holatda u yoki bu amalni tezroq bajarish bilan bog'liq. O'rta klavisha yoki g'ildirakcha hozirda xususan, varaqlash (Page Down, Page Up amaliga o'xshab) maqsadlari uchun qulay.
Sichqoncha birinchi navbatda ko'rsatish vazifasini bajaradi. Agarda biror obyekt ko'rsatgandan keyin, chap klavishacha bosilsa, o'sha obyekt ishlash uchun tayyor bo'lib turadi. Ko'rsatilgan obyekt ustida, sichqonchaning chap klavishasi ikki marta bosilsa, ko'rsatilgan obyekt ishga tushib ketadi. Sichqonchaning chap klavishasini ikki marta ketma-ket bosish operatsiyasi, bu operatsiyani bir marta chap klavishani bosib, keyin Enter bosilganiga teng bo'ladi.
Ekranda ko'rsatilgan obyektni surish yoki ko'chirish uchun, sichqoncha ko'rsatkichini ko'rsatilgan obyekt ustiga keltirilib, sichqonchaning chap klavishasi bosiladi va klavishani qo'yib yubormasdan, obyektni yangi joyga suriladi va sichqoncha klavishasi qo'yib yuboriladi. Windows muhitida ishlayotganda ekrandagi obyektlarni sichqonchaning ham chap, ham o'ng tomonda joylashgan klavishalar bilan ko'chirish mumkin.
Bundan tashqari har bir shaxsiy kompyuterga tashqi qurilmalar deb ataluvchi vositalarni ham
ulash imkoni mavjud bo'lib ulardan ayrimlari bilan tanishib chiqamiz.
Printer. Printerlar kompyuterda olingan natijalarni, dastur va berilganlarni bosmaga chiqarish uchun ishlatiladi. Printer yordamida matnlarni, grafiklarni, rasmlarni rangli va rangsiz ko'rinishda bosmaga chiqarish mumkin. Printerlar asosan uch xil bo'ladi: matritsali, oqimli va lazerli.
Matritsali printerlar nuqtalar yordamida bosmaga chiqaradi. Shuning uchun ham ularni nuqta-matritsali printerlar deb ham atashadi. Bunday printerlar nisbatan sekin ishlaydi, chop qilish sifati uncha yaxshi
emas va chop qilish tezligi ham katta emas. Ular keng (A3) va oddiy (A4) chop etish formatiga ega. 24, 48 ignali (nuqtali) printerlar mavjud bo'lib, albatta ignalar soni ko'pligi yaxshi ekanligi tushunarlidir.
Oqimli printerlar. Bunday printerlar maxsus (rangli va rangsiz) siyohlarni purkash yo'li bilan ishlagani uchun ular oqimli deb ataladi. Bu printerlarning turli ranglarda chop qilish sifati tiniq va ravshan bo'lib, ularning-kamchiligi siyohining tez tamom bo'lib qolishi va uning nozikligidir. Bu printerlar matnlarni nisbatan tez, grafik tasviriarni esa sekinroq chop etadi.
Lazer printerlar. Lazer printerlar ham sifati, ham tezligi jihatidan eng yaxshi printer hisoblanadi. Ular rangli va rangsiz bo'ladi.
Bunday printerlarning andozasi sifatida Hewlett-Packard (HP) firmasi chiqaradigan HP LaserJet rusmli printerlar qabul qilingan. Lazer printeriarda chop etish juda qulay bo'lib, u tez
(minutiga 8-15 hatto 40 varaqqacha) chop etishi mumkin. Ammo tabiiyki, bunday printerlarning narxlari nisbatan balandroqdir. Uning bir kamchiligi - unda ishlatiladigan toner rang va kortrijning tez almashtirib turilishidadir. Uning bir toneri taxminan 1500-2500 varaqqa yetadi. Albatta bu raqam tejab ishlatishga bog'liq albatta. SHuning uchun lazer printerda chiqarilgan nusxani kseroks orqali ko'paytirish maqsadga muvofiqdir.
|