Mavzu-3: XOTIRA QURILMASI, AXBOROTLARNI KIRITISH-CHIQARISH QURILMALARI
Reja:
Kompyuter haqida umumiy ma’lumot.
Shaxsiy kompyuterlarning tuzilishi
Klaviatura va sichqoncha.
Shaxsiy kompyuterlarning qo'shimcha qurilmalari.
Tayanch so'z va iboralar: Klaviatura, monitor, sichqoncha, printer, modem, tizimli blok, operativ xotira
1. Kompyuter haqida umumiy ma’lumot.
Kompyuter - inglizcha so'z bo'lib, u hisoblovchi demakdir. Garchand u hozirda faqat hisoblovchi bo'lmasdan, matnlar, tovush, video va boshqa ma’lumotlar ustida ham amallar bajaradi. Shunga qaramasdan hozirda uning eski nomi - kompyuter saqlangan. Uning asosiy vazifasi turli ma’lumotlarni qayta ishlashdan iborat. Hozirda kompyuter termini ko'p uchrasada, shu bilan birga EHM (elektron hisoblash mashinalari), HM (hisoblash mashinalari) terminlari ham hayotda ko'p ishlatib turiladi. Ammo biz soddalik uchun faqat kompyuter terminidan foydalanamiz. Kompyuterlarning amalda turli xillari mavjud: raqamli, analogli (uzluksiz), raqamli-analogli, maxsuslashtirilgan. Ammo, raqamli kompyuterlar foydalanilishi, bajaradigan amallarning universalligi, hisoblash amallarining aniqligi va boshqa ko'rsatkichlari yuqori bo'lgani uchun, ular ko'proq qo'llanilmoqda.
2. Shaxsiy kompyuterlarning tuzilishi
Shaxsiy kompyuterlar (inglizcha Personal Computers, qisqacha- PC) quyidagi qurilmalardan tashkil topgan:
tizim bloki;
monitor;
klaviatura;
sichqoncha;
tashqi qurilmalar.
IBM firmasiga taalluqli shaxsiy kompyuterlar, inglizcha IBM PC kompyuterlari atamasida yuritiladi va ular hozirgi kunda Respublikamizda keng tarqalgandir.
Tizimli blok. Tizimli bloke odatda desktop (yassi) yoki tovn (minora) ko'rinishida ishlab chiqariladi.
Zamonaviy kompyuterlardagi tizim blokda ikkita tugmacha bor. Kattaroq ko'rinishdagi tugmacha orqali kompyuter ishga tushiriladi. Bu tugmachani POWER tugmachasi deb yuritiladi. POWER tugmachasining yonida REZET tugmachasi joylashgan bo'lib, bu tugmachaning vazifasi, agarda kompyuterda ishlayotgan vaqtingizda kursor qotib qolsa kompyuterni qayta yuklash uchun ishlatiladi. Bu vazifani klavishlar orqali ham bajarish mumkin, buning uchun klavishaturadagi CTRL+ALT+DELETE tugmaalri birgalikda bosiladi.
Kompyuterning asosiy qismlari tizim bloki da joylashgan bo'lib, ular quyidagilardir:
Tezkor xotira (RAM-Random Access Memory-ixtiyoriy kirish mumkin bo'lgan) mikroprossesor, qurilmalar nazoratchilari, (ya’ni kontrollerlar, adapterlar, elektr manbai bilan ta’minlash bloki), yumshoq disk yurituvchi qurilmasi (FDD-Floppy Disk Driver), qattiq disk qurilmasi (HDD-Hard Disk Driver), faqat o'qish uchun moijallangan lazer disk qurilmasi (CD ROM-Compact Disk Read Only Memory), (CD Writer) lazer disk yozish qurilmasi, shinalar, modem va boshqa qurilmalar. Tizim blokiga uning parallel (LPT) va ketma-ket (COM) portlari orqali ko'plab tashqi qurilmalarni ulash mumkin.
Mikroprossesor- kompyuterning amal bajaradigan qismi bo'lib, u ma’lumotlarni berilgan dastur asosida qayta ishlaydi.
Mikroprossesor 140 ta atrofida turli arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi. IBM rusumli kompyuterlarda Intel tipidagi (shu nomli firma ishlab chiqqan) mikroprossesorlar ishlatiladi.
Xotira- kompyuterda dasturlar va berilganlarni, amal natijalarini saqlaydigan qurilma. Xotiraning turlari ko'p: tezkor, doimiy, tashqi, kesh, video va boshqalar.
Tezkor xotira kompyuterning muhim qismi bo'lib, muharrir undan amallarni bajarish uchun dastur, berilganlarni oladi va amalni bajarib, natijani yana unda saqlaydi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, kompyuter o'chirilsa, tezkor xotirada saqlanayotgan dasturlar va berilganlar yo'q bo'lib ketadi. Shuning uchun ularni qattiq diskda yoki disketalarda saqlab qolish kerak. Barcha turdagi xotiralar uchun muhim tushuncha uning hajmidir. Kompyuterlarda ma’lumot birligining eng kichik o'lchovi sifatida bayt qabul qilingan bo'lib, 1 bayt 8 bit (ikkili raqam)ga teng. O'z navbatida bayt bir simvolni (belgini) tasvirlaydi. Familiyangizni kompyuterga kiritish uchun familiyangizda nechta harf bo'lsa, u xotirada shuncha bayt joyni egallaydi. Xotira hajmi birligi sifatida kilobayt qabul qilingan va u Kb bilan belgilanadi. O'z navbatida bir kilobayt 1024 baytga teng. 1024 kilobayt esa 1 Mbayt (Megabayt)ga teng.
1 Megabayt tezkor xotiraga ega kompyuterlarda faqat DOS tizimida ishlash mumkin bo'lsa, 4 Megabaytli kompyuterlarda imkoniyatlari ko'proq bo'lgan dasturlarni, xususan Windows 3.1, 3.11 dasturlarini ishlatish mumkin. Windows 95 ni to'laqonli ishlashi uchun 16 Megabayt xotira va kamida 486 prossesorli kompyuter, Windows 98, 2000 operatsion tizimida ishlash uchun, FotoShop, Corell Draw va boshqa hozirgi zamon dasturlarini ishlatish uchun kamida 32 Mbayt tezkor xotirali va Pentium-2,3 prossesorli kompyuterlar lozimdir. Bu ko'rsatkichlar yangi prossesorlar va dastur mahsulotlarini paydo bo'lishi bilan yil sayin oshib boradi.
Doimiy xotira (kompyuterga avvaldan joylashtirilgan doimiy xotira (BIOS-Basic Input-Output System - kiritish chiqarishning asosiy tizimi) mavjud. Bunday xotiradan ma’lumotlarni faqat o'qish mumkin. Shuning uchun ham u ROM (Read Only Memory-faqat o'qish uchun) deb ataladi. IBM PC kompyuterlarda bu xotira kompyuter jihozlarini ishlashini tekshirish, operatsion tizimini boshlang'ich yuklanishini ta’minlash, qurilmalarga xizmat ko'rsatishning asosiy funktsiyalarini bajarish uchun ishlatiladi.
Kesh xotira. Kesh xotira kompyuter ishlash tezligini oshirish uchun ishlatiladi. U tezkor xotira va mikroprossesor orasida joylashgan bo'lib, uning yordamida amallar bajarish tezkor xotira orqali bajariladigan amallardan ancha tez bajariladi.
Videoxotira. Videoxotira monitor ekraniga video ma’lumotlarni (videotasvirlarni) saqlab turish uchun ishlatiladi.
Shina. Kompyuterda har bir qurilmaning ishini boshqaruvchi elektron sxemalar mavjud bo'lib, ular adapteriar (moslovchilar) deb ataladi. Barcha adapteriar mikroprossesor va xotira orqali berilganlarni ayirboshlovchi magistral yo'l deb ataluvchi shinalar orqali bog'langan bo'ladi. Shunday qilib, oddiy so'z bilan aytsak, shinalar turli qurilmalarni bog'lovchi maxsus simlardir.
Tizim platasi kompyuterning asosiy platasi hisoblanib, unga BIOS, mikroprossesor, tezkor xotira, kesh xotira, shinalar joylashtirilgan bo'ladi. Bundan tashqari, unda ba’zi bir qurilmalar, ishni boshqaruvchi elektron sxemalar, klaviatura, disk qurilmalari adapteri ham joylashgan bo'ladi. Kompyuterda kiritish-chiqarish portlari kontrollerlari mavjud bo'lib, ular tizim blokining orqa qismida joylashgan slot deb ataluvchi joylar orqali printer, sichqoncha va boshqa qurilmalar ulanishi uchun xizmat qiladi. Kiritish-chiqarish portlari parallel va ketma-ket bo'ladi va ular mos ravishda LPT1-LPT4 va COM1-COM3 deb belgilanadi. Odatda LPT portga printer va COM portga faks-modem, sichqoncha va boshqa qurilmalar ulanadi.
Monitor. Monitor (displey) kompyuterda matn va grafik ma’lumotlarni tasvirlash (ko'rish) uchun xizmat qiladi. Uning elektron-nurii (SRT - Cathode Ray Tube) va suyuq kristalli Gidkokristallicheskoe yoki LCD - Liquid Crystal Display) ko'rinishlari mavjud. Garchand tashqi ko'rinishidan u televizorga o'xshab ketsada, ular bajaradigan ishlari bilan keskin farq qiladilar. Monitorlar rangli va rangsiz bo'ladi. Kompyuter tarqatadigan nur umuman aytganda zararii, shuning uchun ham bahzi kompyuterlarda past radiatsiya
(Lowe radiation) so'zlarini uchratish mumkin. Lekin ularning inson organizmiga tahsiri tobora kamayib boradigan rusumlari yaratilmoqda. Buning misoli keyingi yillarda chiqarilgan 17-21 dyuymli SVGA (SUPER Video Grafic Adapter-katta video grafik adapter) monitorlarda nurlarning tahsirini ancha kamaytirilishiga erishilganligini keltirish mumkin. Monitor asosiy tavsiflaridan biri uning tasvirlash qobiliyatidir. Tasvirlash qobiliyati ekranning gorizontali va vertikalidagi nuqtalar soni bilan beriladi. Masalan 14 dyuymli (36.56 sm) monitorda tasvirlash qobiliyati 800x600, 15 dyuymli (38.1 sm) monitorda 1024x768, 17 dyuymli (43.2 sm) monitorda 1280x1024 va 21 dyuymli (53.54 sm) monitorda esa 1600x1200. Bundan tashqari, monitorning yana bir tavsifi tasvirlarni hosil qiluvchi piksellar (nuqtalar) o'lchovining katta-kichikligidir. Tasvirlash qobiliyati 800x600 ga teng bo'lgan monitorlarda yaxshi tasvir piksel 0,31mm ga, 1024x768ga teng bo'lgan monitorlarda esa piksel 0,28 yoki 0,25ga teng bo'lishi kerak. Monitorning tez ishlashi uning adapteriga bog'liq bo'ladi. Matn holatida monitorlar nisbatan tez ishlasada, grafik holatda u sekinroq ishlaydi. Uning tezligini oshirish yo'llari ham mavjud.
Hozirda monitorlarning suyuq kristalli (jidkokristallicheskoe yoki LCD) ko'rinishdagilari keng tarqalmoqda. Bunga sabab uning zararli nur tarqatib inson ko'ziga salbiy tahsir ko'rsatmasligi hamda kam energiya sarfidir. Bundan tashqari bunday monitorlar satxi o'ta tekis bo'lib, unda tasvirlar buzilmasdan ko'rinadi.
Shuningdek hozirda plazmali monitorlar ham ishlab chiqarish yo'lga qo'yilmoqda. иichi inert gazi bilan to'ldirilgan, satxi tekis shisha idish shaklida bo'lib ichki satxida esa minglab mayda elektrodlar joylashtiriladi. Har bir elektrod esa monitor ekranining bitta pikselini tashkil etadi. U ham inson uchun zararli bo'lgan nur tarqatmaydi. Suyuq kristalli monitorlardan farqi uning katta dioganalli ko'rinishlarini ham yaratish imkoniyati mavjud.
3. Klaviatura va sichqoncha
Klaviatura va sichqoncha ma’lum ma’noda bir-birining o'rnini bosadigan, ma’lumotlarni kiritadigan va kompyuter bilan muloqot qilish vazifasini o'taydigan qurilmalardir. Ularsiz kompyuterda ishlab bo'lmaydi. Ular yordamida Siz operatsion tizimga va uning boshqaruvi ostida ishlaydigan dasturiarga buyruqlar, shuningdek, bu qurilmalar yordamida dasturlarga kerak bo'lgan ma’lumotlar kiritiladi.
Klaviatura. Klaviatura 101-105 asosiy klavishlardan tuzilgan. O'z vazifalariga ko'ra tugmalar beshta guruhga bo'linadi:
1. Harflar va sonlarni kiritadigan tugmalar, u oddiy yozuv mashinkalarning tugmalariga
о xshaydi.
Boshqaruvga oid tugmalar.
Funktsional yoki amal tugmalar.
Sonlar kiritadigan tugmalar.
Maxsus belgilardan iborat tugmalar.
Eng katta guruh - birinchi guruh bo'lib, ular yordamida rus va lotin
katta-kichik harflari, sonlar, maxsus belgilar, tinish belgilari kompyuterga kiritiladi. Pastda joylashgan uzun, hech qanaqa belgisi bo'lmagan klavishning nomi Spacebar yoki Space deb ataladi va bo'shliq belgisini kiritishga mo'ljallangandir. Boshqa klavishlar bir necha nomga ega, chunki ular klaviaturaning ish tartibiga (registriga) qarab turli belgilarni kiritishga mo'ljallangan.
Pastki registrda kichik, yuqori registrda esa katta harflar kiritiladi.
Kirill (rus) alifbosidan lotin (ingliz) alifbosiga yoki aksincha, lotinchadan ruschaga o'tish Siz ishlaydigan dasturga bog'liq. Masalan, Windows da alifbo avtomatik ravishda tanlanadi. (Ekranning eng pastki qismida).
Ekranga belgi tushadigan joy maxsus usul bilan belgilanadi. Buning uchun maxsus belgi bor, u kursor deb ataladi. Agar ekran matn kiritish holatida ishlab turgan bo'lsa, unda kursor o'chib-yonib turadigan vertikal chiziqcha yoki harfning ustiga tushadigan to'rtburchakka o'xshaydi va matn kursori deb nomlanadi.
Agarda ekran grafik holatda ishlab turgan bo'lsa, unda kursor yonib-o'chib turadigan gorizontal chiziqchaga o'xshaydi. Xullas, kursor ko'rinishi holatga qarab o'zgaradi.
Boshqarishga oid klavishlar har xil boshqarish vazifalarini bajaradi. Ayrim klavishlar, masalan: CapsLock, NumLock va Scroll Lock klavishlarining ishlash vazifasini o'zgartirib turadi.
Shift, Ctrl, Alt klavishlari boshqa klavishlar bilan birga ishlaydi. Masalan, Ctrl+Alt+F degani Ctrl, Alt va F klavishlarini birdaniga bosishni bildiradi.
Fl dan F12 gacha bo'lgan klavishlar funktsional klavishlar deb nomlanadi. Dastur tuzilishiga qarab, ushbu klavishlar har xil vazifalarni bajarishi mumkin. Bular 12 ta bo'lishiga qaramasdan, ko'pincha Fl dan F10 gachasi ishlatiladi. Odatda Fl klavishi yordamchi ma’lumotlarni olish uchun xizmat qiladi (Spravochnik).
|