312
7. Ishchi dastur ta’lim muassasasida shu fan (modul)ning asosiy
shtatdagi tajribali o‘qituvchisi tomonidan (yoki bir nechta o‘qituvchilari
tomonidan birgalikda) ishlab chiqiladi.
8. Dasturni ishlab chiquvchi(lar) uning sifatiga,
mazmuniga va
vaqtida bajarilib, o‘quv jarayoniga joriy etilishiga mas’ul hisoblanadi.
9. Ishchi dastur har bir o‘quv fani (moduli) hamda o‘quv va ishlab
chiqirish amaliyotlari uchun to‘liq ishlab chiqiladi.
10. Ta’lim muassasasida ishlab chiqilgan ishchi dastur kafedrada
muhokama qilinadi.
11. Yo‘riqnoma talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishchi dastur
kafedra yig‘ilishi qarori bilan birga o‘quv ishlar bo‘yicha
direktor
o‘rinbosarining farmoyishi asosida ta’lim muassasasining ekspert
guruhiga taqdim etiladi va ekspert guruhi tomonidan ekspertiza qilinadi.
12. Ta’lim muassasasida direktor buyrug‘i bilan umumta’lim
fanlari, kasbiy ta’lim (umumkasbiy va maxsus) fanlari va amaliyotlar
bo‘yicha ekspert guruhlari tashkil etiladi.
13. Ekspert guruhi o‘zining faoliyati yo‘nalishidagi o‘quv fan
(modul)lari yoki amaliyotlarning ishchi
dasturlarini ekspertizadan
o‘tkazadi va har bir ishchi dastur uchun ekspert xulosasini tayyorlaydi
Ekspert xulosasida ishchi dastur Davlat ta’lim standarti va kasblar ta’lim
standartlari talablariga hamda namunaviy o‘quv reja va dasturga,
shuningdek fan, texnika, texnologiya hamda ishlab chiqarishning hozirgi
darajasi va rivojiga mosligi, fanga ajratilgan o‘quv soatlarini mashg‘ulot
turlari va mavzulariga
muqobil taqsimlanganligi, ishchi dasturning
asosiy vazifalari bajarilishi ta’minlanganligi, zamonaviy axborot
manbalari aniq ko‘rsatilganligi qayd etiladi.