3
KIRISH
Hozirgi davrga kelib zamonaviy axborot texnologiyalarining asosini
tashkil etuvchi kompyuterlar hayotimizning barcha sohalariga jadallik
bilan kirib bormoqda. Shunday ekan, kompyuter texnologiyasini
o‘rganishga alohida e’tibor berish talab qilinmoqda. Bunda informatika
fanini o‘rganish alohida ahamiyatga ega. Informatikani samarali
o‘qitishda Informatika o‘qitish metodikasi kursining ahamiyati juda
kattadir.
Informatika o‘qitish metodikasi kursi bo‘lajak informatika
o‘qituvchilarida o‘qitishning muammolarini mustaqil echa olish,
o‘qitishning zamonaviy usullaridan foydalana olish, mustaqil o‘qitish
ko‘nikmasini hosil qilish, uslubiy ijodni tarbiyalash kabi masalalarni hal
qilishga qaratilgan.
Informatika o‘qitish metodikasi kursi oliy o‘quv yurti talabalari
uchun umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, akademik litsey va kasb- hunar
kollejlarida informatika fanidan ta’lim berish, fanning tuzilishi va
mazmunini ilmiy va psixologik-pedagogik nuqtai nazardan chuqur
o‘rganishlarini ta’minlovchi kurs hisoblanadi.
“Informatika o‘qitish metodikasi” fani talabalarda Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi asosida shuningdek, mamlakatimizda axborot
kommunikatsiya- texnologiyalari sohasini yanada rivojlantirish, talaba-
yoshlarni IT sohasida innovatsion gʻoyalarni yaratishga boʻlgan
qiziqishlarini oshirish, bo‘lajak informatika o‘qituvchisi sifatida umumiy
o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb- hunar kollejlarida
o‘qitiladigan Informatika va axborot texnologiyalari fanining ahamiyati,
uning mazmuni, tamoyillari, shuningdek, fanning boshqa fanlar bilan
aloqadorligiga oid nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikma va malakalarni
shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga
quyidagi talablar qo‘yiladi.
–
informatika va axborot texnologiyalarining ta’lim tizimida
tutgan o‘rni va roli, informatika o‘qitish metodikasining pedagogika,
psixologiya fanlari bilan bog‘liqligi, informatika o‘qitish metodikasi
tarixi, informatika o‘qitishning zamonaviy usul va vositalari,
informatikaga oid internet, masofaviy ta’lim va Web- texnologiyalarga
asoslangan tarmoq ta’lim resurslari, darsliklar, o‘quv- uslubiy
qo‘llanmalarning xususiyatlari to‘g‘risida