9
tatqiqit ob’ektiga ega bo‘lib, o‘sha ob’ektni har tomonlama tadqiqiot
etish uchun umummetadalogik tadqiqot usullari asosida o‘zining maxsus
tadqiqot usullarini yaaratish zarur bo‘ladi. Bunda usullar ta’sir doirasiga
ko‘ra umumiy va xususiy holdagi variantlarda uchrashi mumkin.
Umumiy usul – bu ko‘pchilik fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha tadqiqot
o‘tkazishga yaroqli bo‘lgan usuldir. Ammo u o‘z qo‘llanilish doirasiga
ko‘ra umumiy bo‘lib, uning ham maxsus (chegaralangan) vazifasi
(funksiyasi)
bor.
Bu
vazifalar
quydagilardir:
tahlil,
sintez,
umumlashtirish,
mavhumlashtirish, induksiya, deduksiya, qiyoslash,
modellashtirish va h.k.
Metodologik bilim,
birinchidan, muayyan faoliyat turlarining
mazmuni va izchilligini o‘z ichiga olgan odat va meyorlar shaklida,
ikkinchidan esa, amalda bajarilgan faoliyatning ta’siri sifatida yuzaga
chiqadi. Hozirgi zamon adabiyotlarida metodologiya deyilganda, avvalo
ilmiy bilish metodologiyasi, ya’ni ilmiy bilish faoliyatining shakllari va
usullari tushuniladi.
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasida
metodologiyaga quyidagicha
ta’rif berilgan: «Metodlar haqidagi ta ’limot fanda metodologiya
deyiladi»
1. «Metodologiya — tadqiqotning nazariy va amaliy faoliyatini
tashkil etish, tiklash tamoyillari va usullari tizimi hamda bunday tizim
haqidagi ta’limot»
2. «Metodologiya metodlar haqidagi ta’limot
yoki yalpi umumiy
bilish metodi» deb ham ta ’riflanadi.
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasida: Metodologiya metodlarga va
umuman voqelikka qanday yondashish yo‘lini o‘rgatadi. Voqelikning
muayyan
qismini,
biron
jihatini
o‘rgatuvchi metodologiyaga
metalizikani, voqelikni chiziqli rivojlanishi, o‘zgarish
jarayonini uni
tashkil etuvchi bilimlar o‘rtasidagi o 'zaro aloqadorliklarni aks ettiruvchi
metodologiyaga dialektikani, voqelikda ro‘y beruvchi, keskin halokatli
o‘zgarishlar,
nochiziqli
rivojlanish
jarayonlarini
o‘rganishda
qo‘llanilayotgan metodologiyaga sinergetikani
misol sifatida kiritish
mumkin» — deyilgan.
Fanning rivojlana borishi bilan o‘rganish metodlarining roli ortib
boradi. Metodlarsiz qo‘yilgan maqsadlarga erishib bo‘lmaydi.
O‘qituvchining metodik mahorati, dars o ‘tishning yangi metodlarini
o‘zlashtirishiga yetarlicha e’tibor
berilmas ekan, ta’limga, inson
kapitaliga investitsiyalarning qanchalik ko‘payishidan qat’i nazar ta ’lim
sifati oshmaydi.