12
asosida rivojlanadi va uning nazariy umumlashmalariga asoslangan
holdagina takomillashib boradi. Muayyan bir fanga tadbiq etilgan
didaktik
qonuniyatlar,
o‘sha predmetning umumiy jihatlarini
qonunlashtiradi va ularda o‘qitishning universal jihatlari namoyon
bo‘ladi.
Didaktikaning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi
. Ta’lim jarayoni
jamiyat rivojlanishining ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy shart- sharoitlari,
odamlar faoliyati va hayotiy ehtiyojlari, zamonaviy fan- texnika
taraqqiyotining yutuqlariga hamma ta’lim oluvchilarning shaxsiy
sifatlariga qo‘yilgan katta talablarga asoslanadi.
Didaktika sohasidagi natijalar uning oldiga yangi- yangi masalalarni
ko‘ndalang qo‘yadi. Bu muammolarni hal qilish boshqa fan yutuqlaridan
maksimal darajada samarali foydalanishni talab etadi.
Falsafa va sotsiologiya jamiyat va atrof- muhit rivojining umumiy
qonuniyatlari haqidagi fanlar sifatida odamlarning hayoti va
faoliyatining ijtimoiy va boshqa o‘ziga xos xususiyatlarini xisobga
olishda didaktikaga yordam beradi.
Siyosatshunoslik ta’limdagi siyosiy hodisalar va jarayonlar bilan
bog‘liq didaktik masalalarni ochish uchun xizmat qiladi.
Etnologiya didaktikaga odamlarning milliy o‘ziga xosliklarini
to‘g‘ri hisobga olishda yordam beradi, qaysiki ta’limda milliy tajribalar
o‘ziga xos xususiyatga ega.
Pedagogik psixologiya ta’lim jarayonida bilim, ko‘nikma va
malakalarni egallash jarayonining psixologik qonuniyatlari va
tamoyillarini hisobga olishga imkoniyat beradi.
Odam fiziologiyasi ta’lim jarayonida odam tana tuzilishi va nerv
tizimining ishlash qonuniyatlarining o‘ziga xos xususiyatlari, ularning
roli, ahamiyati va o‘ziga xos vazifalarni ko‘rsatishga yordam beradi.