15
Ta’lim metodi
– bu ta’lim jarayonida o‘qituvchi
va talabalarning
aniq maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyatidir. Ta’lim
metodi o‘qituvchi bilan talabalarning o‘qish vazifalarini bajarishga
qaratilgan nazariy va amaliy bilish faoliyati, yo‘lidir. Ta’lim
metodlari
o‘qitishning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish usullarini hamda
o‘quv materiallarini nazariy va amaliy yo‘naltirish yo‘llarini anglatadi.
Ta’lim metodlari o‘quv materialini bayon qilishga va uni ta’lim
oluvchilar yaxshi bilim olishlariga qaratilgan faoliyatning yo‘li, usulidir.
Ta’lim jarayoni va natijalari o‘qituvchini ta’lim oluvchilar bilish
faoliyati harakatini belgilovchi ish usullariga bog‘liqdir. Shu sababli
doimo pedagogikada ta’lim metodlariga o‘qituvchining
ish usullari va
ta’lim oluvchilarning bilish faoliyati usullari deb qaraladiki, bu
usullarning har ikkalasi o‘quv vazifalarini bajarishga qaratilgandi.
Ta’lim monitoringi
– pedagogik tizim
faoliyati haqida axborotlar
yig‘ishni tashkil etish, saqlash, qayta ishlash va ularni sinflarga ajratish
tizimidan iborat bo‘lib, kuzatilayotgan ob’ekt holatini va kelgusida
uning rivojlanishi dinamikasini oldindan bashorat qilish jarayoni.
Ta’lim monitoringi ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish
darajasini
nazorat qilish uchun ma’lumotlar yig‘ish texnologiyasi, ta’lim natijalari
darajasini taqqoslash uchun kerak bo‘ladigan ma’lumotlar majmuasini
tayyorlashni amalga oshirishga imkon yaratadi. Ta’lim monitoringi
pedagogik tizim faoliyatidan olingan daliliy
xulosaviy natijalarni uning
maqsadiga
nechog‘lik
mosligini
ko‘rsatuvchi,
tezkori
aloqani
ta’minlovchi mustaqil boshqaruvchi vazifalarini amalga oshirishning
didaktik asosi hamdir.
Ta’lim monitoringi tadqiqot natijalarini muntazam ilmiy asoslangan
holda kuzatish (dinamik jarayonni kuzatish uchun) hamda ularni
berilgan etalon bilan qiyoslash jarayonida muntazam ravishda rivojlanib
boradi.