16
topadi:
Malaka talablari DTS; bo‘lajak mutaxassislarning me’yoriy
modeli; ta’lim sifatini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari hamda
monitoringi.
Maxsus ma’noda
―Ta’lim oluvchi ↔ ta’lim beruvchi‖
darajasida
ta’lim sifati – bu muntazam ravishdagi o‘lchamlar asosida ta’lim
beruvchi va ta’lim oluvchilarning o‘zaro munosabatini, ta’lim oluvchilar
faoliyati, ta’lim natijalarining ta’lim tarbiyasiga mosligini belgilovchi
darajadir.
Umumiy ma’noda
―Ta’lim oluvchi ↔ ta’lim muassasi‖ darajasida
ta’lim sifati – bu tizimli va kvalimetrik ko‘rinishlarda
muntazam
o‘lchamlar asosida aniqlanadigan ta’lim – tarbiya natijalarini moslik
darajasidir.
Ta’lim standarti
– bu standart tekshirish usullariga muvofiq
keladigan va o‘qitish sifatining standart ko‘rsatkichlari bilan ifodalangan
mazkur ta’lim turida ta’lim oluvchini o‘qitish
va tarbiyalashda
qo‘yiladigan talablar ko‘rsatkichlarining mazmuni.
Ta’lim tamoyillari
– bu o‘qituvchining faoliyatini va ta’lim
oluvchining bilish faoliyati xususiyatini belgilovchi asosdir. Ta’lim
tamoyillari ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyatining
muhim ichki
tomonlarini aks ettiradi hamda turli shaklda,
turli mazmunda va har xil
yo‘sinda tashkil etiladigan ta’limning samaradorligini belgilaydi.
Shuning uchun ta’lim tamoyillari ta’lim berishning ma’lum ob’ektiv
qonuniyatlarini o‘zida aks ettiradi.