Yo‘riqnoma xarita –
bu o‘quv jarayonining asosiy vazifalaridan
biri bo‘lib, u o‘qitishni algoritmik tarzda rejalashtirishga o‘rgatish
vositasidir.
O‘quv- metodik adabiyotlar va ularning tahlili.
Pedagogik
tajribalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, o‘quv- tarbiya jarayonini
maqbullashtirish,
jadallashtirish
faqat
ta’lim
mazmunini
takomillashtirish, o‘qitishning har xil usullari va shakllari bilan
bog‘liqgina bo‘lib qolmay, balki kasbiy ta’lim fanlarini o‘qitishda
qo‘llaniladigan
o‘qitishning
didaktik
vositalari
bilan
o‘quv
muassasasining qanchalik ta’minlanganligiga bilan ham bog‘liq
muammodir.
Oxirgi yillarda o‘quv muassasalari har xil texnikaviy o‘qitish
vositalari bilan jihozlanmoqda. Chunki, ular uchun xilma- xil ekranli,
tovushli apparatlar, dio- grafoproektorlar, televizion qurilmalar,
videomagnitofonlar, elektron hisoblash qurilmalari, bilimlarni nazorat
qilish uchun dasturlashtiririlgan qurilmalar, trenajyorlar, kompyuterlar,
media apparaturalar va boshqalar ishlab chiqilmoqda.
Ammo, lekin o‘qituvchilarning bilimi, ko‘nikmasi va malakasini
shakllantirish va o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil qilish, o‘zlashtirishlar
o‘quv muassasasidagi o‘qitishning didaktik vositalari majmuasi soni,
turiga bog‘liq bo‘lmay balki ularni ishlatish metodikasiga ko‘p jihatdan
25
bog‘liqligi amaliyotda tasdiqlangan. Chunki dasturdagi mavzularni
o‘zlashtirish qanchalik ushbu mavzu uchun zarur bo‘lgan o‘qitish
vositalarining imkoniyatlarini, funktsiyalarini bilish va ulardan to‘g‘ri
foydalanishga
bog‘liqdir.
Buning
uchun
o‘qituvchi
o‘qitish
vositalarining imkoniyatlarini yaxshi bilishi zarur.
O‘qituvchi dars jarayonida qanday an’anaviy va noan’anaviy
o‘qitish metodlaridan foydalanishi bilan birga bu metodlarga qanday
o‘qitish vositalarini qo‘llashni yaxshi bilishi kerak va o‘rnida
foydalanishi zarur. Bular esa o‘z navbatida qo‘shimcha vaqtni sarf
etishni taqozo etadi.
O‘qitishning didaktik vositalari nima? Didaktik vositalar - o‘quv
muassasasining material - texnik ta’minlanishining tarkibiy qismi
bo‘lib, o‘quvchilarda zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalarini
shakllantirish, ularning ta’limiy bilish, o‘rganish, ilg‘ash faoliyatini
boshqarish, barkamol rivojlantirish, tarbiyalash uchun o‘quv- tarbiyaviy
jarayonida foydalaniladigan material tizimidir.
O‘qitish vositalarini klassifikatsiya qilishidan oldin ularning o‘quv
muassasasi o‘quv- material bazasidagi o‘rnini aniqlab olishimiz zarur.
Ma’lumki, o‘quv muassasining o‘quv- material bazasi uning
material- fazoviy muhitidan (maydon va o‘quv mashg‘ulotlarini
o‘qitishni o‘tkazish xonalari, rahbariyat xonalari. xo‘jalik va boshqa
xonalar) va o‘quv muassasining material- texnik ta’minlanganligidan
iborat.
Material- texnik ta’minot o‘z navbatida uchta tarkibiy qismdan
iborat:
-
didaktik vositalar;
-
o‘quv jixozlari;
-
xo‘jalik maishiy jihozlari- orgtexnikalar.
O‘quv jihozlariga qo‘shimcha vositalar kiradi, ya’ni: o‘quv
mebellar, doskalar, ko‘rsatkichlar, ko‘rgazmali qurollar uchun
moslamalar, pardalar, boshqarish pultlari va boshqalar.
Bular o‘quv jarayonida to‘g‘ridan to‘g‘ri qatnashmaydi, ammo
zarur.
Didaktik vositalar yordamida o‘qitish maqsadlariga erishiladi.
Shuning uchun ular o‘qitish vositalari va tarbiyalash vositalari bo‘lib
hisoblanadi, chunki didaktikada o‘qitish va tarbiyalash birgalikda
amalga oshiriladi.
Hozirgi
kunda
didaktik
vositalar
klassifikatsiyasi
o‘qitish
klassifikatsiyasiga asoslangan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
26
1.
O‘quv- ko‘rgazmali qo‘llanmalar;
2.
O‘quv- uslubiy adabiyotlar;
3.
O‘quv- ishlab chiqarish va laboratoriya jihozlari, materiallari;
4.
O‘qitishning texnik vositalari.
Bizga ma’lum bo‘lgan ko‘rgazmali metodlarda o‘quv- ko‘rgazmali
qo‘llanmalar, og‘zaki metodda- o‘quv- uslubiy adabiyotlar, amaliy
metodda- o‘quv- ishlab chiqarish va laboratoriya jihozlari foydalaniladi.
O‘qitishning texnik vositalari bu erda har tomonlamali,
murakkablashtirlgan didaktik vositalar sifatida qatnashadi. Chunki,
o‘qitishning texnik vositalari yordamida xar- xil didaktik vazifalarni hal
qilish mumkin, ya’ni ko‘rgazmaligini oshirish, o‘quvchilarga har xil
tafsilotlarni,
o‘zgarishlarni
ko‘rsatish
mumkin;
bilimlarni
mustahkamlash; o‘quvchilar faoliyatini nazorat qilish va xokazolar.
Bu yerda yana bir savol vujudga keladi, nima uchun o‘quv- ishlab
chiqarish jihozlarini didaktik vositalar doirasiga kiritiladi?
Chunki, o‘quv jarayonida qo‘llaniladigan stanoklar, agregatlar,
priborlar, asboblar, materiallar, mashina va mexanizmlar ishlab
chiqarish vositalarigina bo‘lib qolmay, balki o‘quv jarayonida
o‘quvchilarda zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda
ishlatiladi.
Bu ko‘rib chiqilgan didaktik vositalar nazariy va amaliy ta’limda
keng qo‘llaniladi.
O‘quv ko‘rgazmali qo‘llanmalar asosan o‘quvchilarda predmetlar
va xodisalarning haqiqiy texnik qurilmalar yordamisiz shakllantiradi
O‘UK sifatida real- bor predmetlar, tasvirlar, sxema, belgilar va
simvollar shaklida bo‘lib.
O‘quv- uslubiy adabiyotlar verbal qo‘llanmalar bo‘lib, o‘zlarida
predmetlar xodisalarni so‘zlar, belgilar, tabiiy va sun’iy so‘zlar bilan
ifodalaydi.
Didaktik vositalarni o‘quv- tarbiyaviy jarayonga to‘g‘ri qo‘llash
uchun birinchi navbatda majmuaga kiruvchi har bitta o‘qitish
vositalarining funktsional imkoniyatlarini bilish zarur. Ya’ni: o‘qitish
vositalari turlari, ularning funktsional imkoniyatlari (xizmat qila olish
imkoniyatlari) va qo‘llanish doirasi.
Pedagogik faolyatida duch kelinadigan muammolarni samarali
tarzada bartaraf etish va mavjud muammolarni hal etish, dastur va
darslik mazmunini yoritishga xizmat qiluvchi vositalar majmuasini
ishlab chiqish va ularni tarkibini tuzish quyidagi bosqichlardan iborat.
27
1. Dastur va darsliklar o‘quv mazmunining taxlil etgan va kalendar
tematik rejani tuzish;
2. O‘quv jarayoni tarkibiy qismlarida (darslarda) ishlatilish kerak
bo‘lgan o‘qitish vositalarini aniqlash;
3. Zarur bo‘lgan o‘qitish vositalari ro‘yxatini tuzish;
4. Bor o‘qitish vositalarini aniqlash. (Ya’ni markazlashgan holda
ishlab chiqilganlar ichidan);
5. Ishlab chiqilish kerak bo‘lgan o‘qitish vositalarini aniqlash;
6. O‘qitish vositalarining o‘zaro muvofiqlashtirilish va majmuasini
tuzish.
Didaktik o‘qitish vositalari majmuasiga qo‘yiladigan pedagogik
talablar
Bo‘lajak mutaxasislarni o‘qitish va tarbiyalash jarayonining
samaradrorligini oshirish muhim omillardan biri bo‘lib, bu jarayonni
metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil qilish va o‘qitish vositalarini to‘g‘ri
qo‘llashga bog‘liq.
Ishlab chiqariladigan didaktik vositalari maqbul tanlash va ularning
pedagogik talablariga javob berish kerak. Bu esa o‘z navbatida
o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyati sharoitida pedagogik faolyati
samaradorligini belgilashda muhum ahamiyat kasb etadi.
Umumiy holda o‘qitish vositalari majmuasi quyidagi pedagogik
talablarga javob berishi kerak:
1. Har bitta o‘quv mavzusi va o‘quv elementlari uchun didaktik
o‘qitish vositalari ishlab chiqilishi va aniqlanishi kerak. Bunda asosiy
e’tiborni fan dasturlaridagi mazmunning qanchalik yakunlangan
qismlariga e’tibor berishi kerak.
2. Didaktik o‘qitish vositalari majmuasida didaktik vositalar
o‘qitish maqsadi, mazmunining umumiyligidan kelib chiqqan holda
o‘quvchilarda zaruriy bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarini
shakllantirishga xizmat qilishi zarur. Har bitta mavzu bo‘yicha o‘qitish
vositalari o‘quv- tarbiyaviy jarayonga xizmat qilish va yuqori darajadagi
pedagogik samaradorlikni ta’minlashi zarur.
3. Didaktik o‘qitish vositalari majmuasiga kiradigan hamma o‘qitish
vositalari o‘quv dasturi, darslik mazmuni va didaktik o‘qitish tamoyiliga
mos kelishi zarur.
Didaktik vositalar o‘quvchilarda o‘qishga va o‘zlashtirishga,
mehnat qilish, kuzatuvchanlik ham qiziquvchanlikni o‘stirishga xizmat
qilishi kerak.
28
4. O‘qitish vositalari o‘quv- tarbiya jarayonining asosiy tarkibiy
qismlari: darsning maqsadi, vazifalari, mazmuni, shakli va metodlari
bilan moslashtirilgan bo‘lishi zarur. Bu esa modulli yondoshish muhim
ahamiyatga ega.
5. O‘qitish vositalari o‘qituvchilarning o‘qitish faoliyati elementlari
va o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini modellashtirish va o‘quv-
tarbiyaviy jarayoniga qo‘llanilishini ta’minlash zarur.
6. O‘qitish vositalari bir- birini almashtira olishi o‘zaro mavzuni
o‘tish metodikasi bilan ham muvofiqlashtirilgan bo‘lishi hamda bitta
o‘zining didaktik yo‘nalishiga ega bo‘lishi zarur.
7. Har bitta o‘qitish vositasi turi ya’ni majmuaga kiruvchilar yuqori
darajadagi ko‘rgazmalikka va estetik ko‘rinishga ega bo‘lishi kerak.
8. Didaktik vositalar majmuasi o‘quvchilarda yuqori darajada fanni
o‘zlashtirishga, diqqatini va faolligini oshirishga hamda mustaqil
ishlashga qiziqtirishi zarur.
9. Didaktik vositalar majmuasiga kiruvchi o‘qitish vositalari
psixofiziologik, texnikaviy, ergonomik va nafosat- estetik talablarga
javob berishi kerak.
10. Didaktik vositalar majmuasi o‘qituvchi va o‘quvchilar
mehnatini ilmiy asosda tashkil qilishga hamda darslardagi o‘quv vaqtini
unumli foydalanishga xizmat qilishi zarur.
Didaktik vositalar majmuasidan ishlab chiqishga eng tajribali
pedagog jalb qilinishi maqsadga muvofiq.
Demak, didaktik vositalar majmuasiga qo‘yilgan pedagogik talablar
o‘quv- tarbiya jarayonini boshqarish, o‘quvchilarni o‘qitish va
tarbiyalashdan murakkab vazifani bajarish samaradorligini oshirishga
olib kelar ekan.
|