35
kuy va hokazolarni o‘zida mujassamlashtirgan ma’lumotlarning
yaxlit
bo‘laklarini yaratishi mumkin. Shu va shunga o‘xshash barcha
imkoniyatlardan PDVni yaratishda foydalanish joiz.
O‘quvchi va kompyuter muloqoti usullari.
O‘quvchi dastur
ishining bir bosqichidan ikkinchisiga o‘tish
uchun ikki usuldan
foydalanishi mumkin. Birinchisi – piktogrammalarni ishga tushurish
orqali tavsiya etilgan holatlardan biror variantini tanlaydi. Ikkinchisi -
ma’lum tugmacha bosilganda to‘g‘ridan- to‘g‘ri muloqot yuzaga keladi.
Muayyan bir holatda o‘quvchiga
berilayotgan topshiriq, uni bajarish
uchun o‘quvchi faoliyatining tarkibi hamda kompyuterning texnik
xususiyatlaridan kelib chiqib o‘quvchining kompyuter bilan muloqot turi
tanlanadi.
O‘quvchilarning kompyuter bilan dastlabki muloqotida savol- javob
turidagi muloqotning menyudan keraklisini tanlash usulidan foydalanish
o‘rinli. Mukammalroq muloqot turi
- bu savolga mos javobni
tugmachalar orqali terib kiritish usuli bo‘lib, unda, avvalo, bu muloqot
jarayoni rejalashtiriladi. Rejada kompyuter tomonidan beriladigan
topshiriq va savollar ketma- ketligi, ularga mos javob variantlari hamda
javob variantlariga mos kompyuterning munosabati o‘z aksini topadi.
Bu jarayonda quyidagi psixologik talablarga rioya qilish lozim:
a) o‘quvchidan ma’lum fikrlarni tasdiqlashni ko‘p
marta takror
so‘ramaslik;
b) o‘quvchi ish sur’atini kompyuter ish sur’atiga moslashtirmaslik;
v) har bir holatda o‘quvchiga keyingi holatda nima qilish kerakligi
haqida xabar berib borish va hokazo.
Ta’lim jarayonida o‘quvchining kompyuter
bilan turli darajada
muloqot qilishini nazarda tutish yaxshi natija beradi. Bunda ko‘p
sondagi yordamni mujassamlashtirgan batafsil muloqotdan tortib juda
ixcham — faqat asosiy qadamlardan iborat muloqotni ham inobatga
olish kerak.