37
III- BOB. O‘QITISHNING SHAKL, USLUB VA
BAHOLASH USULLARI
3.1. O‘qitish shakl va uslublari
Ta’lim tizimida o‘qitish shakllari, ularning xususiyatlari,
belgilari va funksiyalari.
O‘qitishning tashkiliy shakllari deganda
o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro munosabatlarini tashkil etish yo‘llari
tushuniladi.
O‘qitishning tashkiliy shakllari quyidagilardan iborat:
➢
Individual shakl;
➢
Guruhli shakl;
➢
Frontal shakl.
O‘qitishning tashkiliy shakllari bir qator mezonlar bo‘yicha
tasniflanadi: o‘quvchilar soni, o‘qish joyi va boshqalar. Birinchi mezon
bo‘yicha tasnifni ko‘rib chiqamiz.
O‘quvchi faoliyati ta’lim jarayoni qatnashchilari orasidagi o‘zaro
munosabatlarning bir bo‘lagidir. O‘quvchilarning individual faoliyatini
nazarda tutuvchi shakllar ham mavjuddir. Boshqa shakllar esa, masalan
EHMda amaliy mashg‘ulot, guruhda ishlashni talab etadi. O‘qitishning
tashkiliy shakllarining ko‘pligi frontaldir.
O‘qish joyiga qarab o‘qitishning maktabda va maktabdan
tashqaridagi
shakllarga
ajratiladi.
Birinchilarga
ustaxonada,
laboratoriyada
ishlash shakllari kirsa, ikkinchisiga uy, ekskursiyalar va
boshqalar kiradi.
Rivojlangan davlatlarning ta’lim bo‘yicha mutaxassislari guruhli
ish olib borishni tavsiya etadilar. Zamonaviy tadqiqotlar, o‘qitishning
ushbu shakli o‘quvchilar orasidagi dushmanlik munosabatlarining oldini
olishning samarali taktikasi ekanligini ko‘rsatmoqda.
Guruhda ishlash
tajribasi tafakkur uslubini «biz va ular «dan «biz» ko‘rinishiga
o‘zgartiradi.
Guruhda ishlaganda avvalo sinfning o‘quv makoniga e’tibor berish
lozim. Kichik guruhlarda ishlash yuzma- yuz ishlashni taqozo etadi. Shu
sababli o‘tirish joylarini an’anaviy, ya’ni o‘quvchilar o‘zidan oldingi
o‘quvchi boshining orqa tomonini va o‘qituvchining yuzini ko‘radigan
holatda joylashtirish maqsadga muvofiq emas. O‘tirish joylarining
o‘rnini o‘zgartirish, guruhda muamola qilish imkonini beradigan kichik
zonalar tashkil etish kerak bo‘ladi. Bunda kichik guruhlar va har bir
38
guruhdagi o‘quvchilar sonini hisobiga olish lozim (uch, to‘rt, yetti va
hokazo).
Guruh bilan ishlash usuliga bog‘liq holda o‘tirish
joylarini
joylashtirishning quyidagi (1- rasm) variantlari mavjud:
Rasm . O‘quvchilarni joylashtirish varianlati
E’tibor berilishi lozim bo‘lgan navbatdagi masala kichik
guruhlarni shakllantirish jarayonini yaxshilab o‘rganib chiqishdan
iborat. O‘quvchilar guruhlarda nafaqat o‘quv masalasini yechishi, balki
kommunikativ ko‘nikmalarni ko‘rsata olishi
va mustahkamlashlari ham
kerakligini yodda saqlash lozim. Shuning uchun avval boshdan bir-
birining boshlaganishini qo‘llab quvvatlashga xohishi borligi va tayyor
ekanligida o‘z aksini topadigan guruhning emotsional iqlimi to‘g‘risida
ham qayg‘ urish kerak bo‘ladi.
Kichik guruhlarga birlashishda o‘quvchilarning o‘z istaklariga
qarash mumkin. Bunda yondashishning ijobiy tomoni o‘quvchilarning
o‘zaro shaxsiy xayrixohliklarini hisobga olinishidir. Lekin salbiy
tomonlari ham bor. Natijada kuch bo‘yicha bir- biriga teng bo‘lmagan
guruhlar tashkil qilinishi mumkin va hamkorlikda olib borilgan faoliyat
natijalari ham keskin farq qilishi mumkin.
Bundan tashqari, guruhda
do‘stona, lekin o‘zi bo‘larlikka asoslangan muhit yuzaga kelib, o‘zaro
muloqotda bo‘lishga qiziqish, o‘quv masalasini yechish jarayonini siqib
chiqarishi mumkin.
Guruhlarni shakllantirganda yechiladigan masalaning mazmunini
ham e’tiborga olish lozim. Masalan, o‘qituvchi har bir guruhga masalaga
qarama- qarshi nuqtai nazarda bo‘lgan o‘quvchilarni kiritishi mumkin.
Natijada masalani yechish jarayonidagi muhokama jonli va qiziqarli
39
chiqadi.
Yoki aksincha, a’zolari bir sohaga qiziqishlari bo‘lgan
tavsirlanuvchi gamogen guruhlarni tuzish ham mumkin.
Quyida sinf o‘quvchilarni tez va qiziqarli tarzda kichik guruhlarga
bo‘lish yo‘llaridan bir nechtasini keltirib o‘tamiz. Ushbu usullar sinfni
har birida 6 tadan o‘quvchi bo‘lgan 6 ta kichik guruhlarga bo‘lishga
imkon beradi. Guruhdagi o‘quvchilar sinini 5, 7 yoki 8 taga o‘zgartirib,
sinfni 5, 7 yoki 8 ta guruhga ajratish ham mumkin:
Qog‘ozning kichik bo‘laklariga A1, A2, A3, A4, A5, A6, B1, B2,
B3, … va xokozo belgilarni yozing. Stollarni A, B, V, G, D, E deb
belgilang. Shundan so‘ng qog‘ozlarni ishtirokchilarga (o‘quvchilarga)
tarqating va unda yozilgan harfli stol atrofiga o‘tirishni tavsiya eting.
6 ta rasm tayyorlang va har birini 6 ta bo‘lakka bo‘ling.
Bo‘lakchalarni aralashtirib stol ustiga qo‘ying va ishtirokchidan
(o‘quvchidan) bittadan bo‘lakchani tanlab olishni iltimos qiling.
Shundan so‘ng o‘quvchilar bo‘lakchalarni
birlashtirib, yaxlit rasmni
hosil qilishlari va bitta stol atrofiga o‘tirishlari kerak bo‘ladi.
Oltita ranglardan 6ta qizil, 6ta oq, 6ta qora, 6ta sariq, 6ta ko‘k, 6ta
yashil jami 36 ta kartochka tayyorlang. Sinfdagi o‘quvchilarning har biri
o‘ziga yoqqan rangli kartochkani tanlab oladi va bir xil rangli
kartochkani olgan o‘quvchilar bitta stol atrofiga o‘tirishadi.
Barcha o‘quvchilar 1, 2, 3, 4, 5, 6 raqamlar bo‘yicha tartib bilan
sanalishadi. Shundan so‘ng 1 raqamlilar bitta guruhga, 2 raqamlilar
ikkinchi guruhga va hokazo birlashishadi.
O‘qituvchi biror bir belgi bo‘yicha
jamlangan predmetlar nomi
yozilgan yoki rasmlari tushirilgan kartochkalarni oldindan tayyorlaydi.
Masalan: daraxtlar - olma, olcha, o‘rik, nok, xurmo, shaftoli; gullar –
lola, atirgul, nartsiss, gladiolus, chinnigul, boychechak; idish- tovoqlar –
qozon, choynak, piyola, likopcha, qoshiq, cho‘mich va hokazo.
O‘quvchilar kartochkalarni tanlaydilar va belgilar bo‘yicha
(daraxtlar, gullar, idish- tovoqlar va hokazo) buyruqlarga birlashadilar.