O‘qitish uslublari.
Zamonaviy o‘qituvchi – kelajak bunyodkori,
yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konsepsiyalarning muallifi,
ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ‘ibotchisidir.
Ba’zi didaktik metodistlar ta’lim metodlarini o‘quvchilarni
bilmaslikdan bilishga borish yo‘li, ayrim olimlar esa, ularni o‘qituvchi
va o‘quvchi faoliyatini o‘zaro bog‘lovchi metodlar, deb qarashadi.
Ta’lim metodlarini o‘quv ishlari majmui, shuningdek, ta’lim mazmuni
shaklida qarash g‘oyasi ham bor. Bu qarashlarning qay biri asosida
ta’lim
metodlarining
mohiyati,
o‘quv-
tarbiya
jarayonidagi
funksiyalarini batafsilroq tasavvur etish mumkin? Didaktikada hali ham
keng munozarali muammolardan biri ta’lim metodlari tasnifi
masalasidir.
Ularni ta’lim manbalari, didaktik vazifalar, mantiqiy fikrlash
shakllariga qarab tasnif etish moyilligi mavjud. Ta’lim metodlarini tasnif
46
etishda shu yo‘nalishlardan qay biri ma’qul? Yoki ta’lim metodlarini
tasnif etishning boshqa mezonlari ham mavjudmi? Adabiyotlarda
«o‘qitish metodlari», «o‘qish metodlari» kabi terminlar qo‘llanadi.
Shunday bo‘lgach, «ta’lim metodlari» iborasini ishlatishga ehtiyoj
bormi? “Metod” termini yunonchadan tarjima qilinganda ma’lum bir
maqsadga erishish yo‘li, faoliyat usuli ma’nolarini anglatadi. Ta’lim
metodi deganda ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning kutilgan
maqsadga erishishga qaratilgan hamkorlikdagi faoliyat usullari
tushuniladi. Ularga ko‘ra ta’lim mazmunini o‘zlashtirishga mos faoliyat
tanlanadi.
Ta’lim metodlari o‘quv- tarbiya jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib,
ularsiz ta’lim maqsadi, vazifalarini amalga oshirish, o‘quv materiallari
mazmunini o‘zlashtirish mumkin emas.
Ta’lim metodlari ham o‘quv materiali mazmuniga, binobarin,
bolalarning ma’lumoti, taraqqiyoti, tarbiyasiga, shuningdek, o‘qitish,
o‘qish faoliyatlarining bir- biriga kirishuvi va shu asosda o‘zaro
ta’sirning yuzaga chiqishiga yo‘nalgan. Ta’lim metodi vositasida
o‘qituvchi va o‘quvchining faoliyati o‘zaro muvofiqlashadi. Ta’lim
metodi o‘qituvchi va o‘quvchilarning ma’lumot mazmuniga yo‘nalgan
faoliyatini tartibga solish yo‘lidir. Ta’lim metodlari tarkiban o‘qitish
metodlari va o‘qish metodlaridan iborat.
An’anaviy o‘qitish metodlari, ularning afzallik va kamchiliklari
xususida An’anaviy o‘qitish modellari
O‘nlab yillar o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki,
an’anaviy dars o‘tish ta’limning o‘ziga xos modellaridan biri bo‘lib
qolmoqda.
An’anaviy dars – muayyan muddatga mo‘ljallangan, ta’lim
jarayoni ko‘proq o‘qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish,
yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta’lim
modelidir.
O‘quv materiali yangi va ancha murakkab bo‘lganda, an’anaviy
dars – ko‘p hollarda ta’lim jarayonining birdan- bir metodi bo‘lib
qolmoqda.
Ma’lumki, an’anaviy darsda ta’lim jarayonining markazida
o‘qituvchi turadi. Shu bois ba’zida an’anaviy darsning markazida
o‘qituvchi turgan o‘qitish usuli deb ham atashadi.
Markazda o‘quvchi bo‘lgan o‘quv jarayonining, darsning maqsadi
va uning ijobiy jihatlari quyida keltirilgan asoslarga tayanadi:
•
O‘quvchining o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirib borish;
47
•
Ilgari egallagan bilimlarni ham inobatga olish;
•
O‘qish jarayoni tezligini muvofiqlashtirish;
•
O‘quvchi tashabbusi va majburiyatini qo‘llab- quvvatlash;
•
Amaliyot orqali o‘rganish;
•
Ikki tomonlama fikr- mulohazalar bilan ta’minlash;
•
O‘qish jarayonini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish;
•
O‘qituvchi- o‘quvchilar uchun o‘quv jarayonini yengilashtiruvchi
shaxs;
•
O‘quv jarayonini baholash.
An’anaviy dars o‘tish modelida ko‘proq ma’ruza, savol- javob,
amaliy mashq kabi metodlardan foydalaniladi. Shu sabab, bu hollarda
an’anaviy dars samaradorligi ancha past bo‘lib, o‘quvchilar ta’lim
jarayonining passiv ishtirokchilariga aylanib qoladilar. Tadqiqotlar shuni
ko‘rsatadiki, an’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli–
tuman o‘quvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish
o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini ko‘tarilishiga olib kelar ekan.
Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi o‘qituvchi
tomonidan o‘quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim
jarayonida faolligi muttasil rag‘batlantirilib turilishi, o‘quv materialini
kichik- kichik bo‘laklarga bo‘lib, ularning mazmunini ochishda bahs,
munozara, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash tadqiqot rolli o‘yinlar
metodlarini qo‘llash, rang- barang qiziqtiruvchi misollarning keltirilishi,
o‘quvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash, rang-
barang baholash usullaridan foydalanish ta’lim vositalaridan joyida va
vaqtida foydalanish talab etiladi.
An’anaviy dars o‘tishning asosiy tarkibiy qismlari
1. Kirish.
-
o‘tgan materialni takrorlash
-
dars maqsadini tushuntirish
-
dars mazmuni va rejasi bilan tanishtirish.
2. Yangi mavzuni yoritish.
-
yangi mavzuni kichik- kichik bo‘lakchalarga bo‘lib berish - rang-
barang misollar imkoni boricha ko‘rgazmali taqdim qilish
-
mavzudan chetlashmaslik
-
materialning
murakkab
tomonlarini
qayta
tushuntirish
-
o‘quvchilarning tushunuvchanlik darajasini tekshirib borish - teskari
aloqani ta’minlash.
3. «Teta – poya» mashq.
48
Biror misol (yoki masalani) o‘quvchilar bilan qadamba- qadam hal
qilish va tahlil qilish.
4. Yo‘naltirib turiluvchi mashq.
O‘quvchilar mashq (yoki masalani) mustaqil bajarishadi o‘qituvchi
esa ularni nazorat qilib, tuzatish kiritib boradi.
5.
Mustaqil bajariladigan mashq.
O‘quvchilar mashqni mustaqil holda o‘qituvchi yordamisiz
bajariladi.
6.
O‘quvchilar tushunarlilik darajasini tekshirish.
7.
Yakunlash Dars mavzusining asosiy tushunchalari va o‘quv
maqsadlarini jamlash.
“Metod” - lotincha so‘z bo‘lib, o‘qitishning yangi yo‘lini izlash,
tushuntirishning oson usulini topish, qidirish degan ma’noni anglatadi.
Pedagogik o‘quv qo‘llanmalarda o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va
malakalar bilan qurollantirish va ular tomonidan o‘zlashtirish usullari
o‘qitish metodi deb ataladi.
Maktablarda shu vaqtgacha qo‘llanilgan o‘qitish metodlari xilma-
xil bo‘lib, keng tarqalgan va eng ko‘p qo‘llaniladigan turlari
quyidagilardir.
|