45
-
tanlangan mavzu bo‘yicha asosiy savollarni ta’lim oluvchining
xohishiga qarab o‘qitishni tashkil qilish va o‘zlashtirish darajasiga mos
topshiriqlar bilan ta’minlay olish;
-
kafolatlangan natijadan so‘ng keyingi asosiy savol (yoki mavzuni)
o‘zlashtirishga imkoniyat yaratish;
-
ta’lim oluvchining o‘zlashtirish darajasi natijasiga ko‘ra mavzu
yoki asosiy savolga qaytishni ta’minlash;
-
ta’lim oluvchining xohishiga ko‘ra, dasturdan chiqishni tashkil
etish;
-
ta’lim oluvchining xohishiga ko‘ra nazorat topshiriqlariga bevosita
o‘tishni ta’minlash;
-
ta’lim oluvchining mavzuni qanday darajada o‘zlashtirilganligi
haqidagi qaydnomani tashkil etish va boshqalar.
Tajribalar o‘quv jarayonida kompyuter texnologiyasidan unumli
foydalanilsa, ijobiy natijalar berishini ko‘rsatdi. O‘quv pedagogik va
nazorat qiluvchi dasturlar yordamida ta’lim jarayonini olib borish
natijasida
o‘qitish
va
amaliy
mashg‘ulotlarni
o‘tkazish
avtomatlashtiriladi. Avtomatlashtirilgan ta’limni tashkil qilish natijasida
quyidagi ijobiy ko‘rsatkichlar kuzatiladi:
-
ta’lim oluvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishlari ortadi;
-
o‘quv materiallarini o‘zlashtirish jarayonlari tezlashadi;
-
o‘qituvchi mehnati yengillashadi;
-
ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llash imkoniyati yaratiladi;
-
axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish masalalari hal
etiladi va boshqalar.