• Kamchiliklari
  • Noan’anaviy (ta’lim jarayoni markazida o‘quvchi bo‘lgan)




    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet42/251
    Sana06.09.2024
    Hajmi5,02 Mb.
    #270410
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   251
    Bog'liq
    Inf met

    Noan’anaviy (ta’lim jarayoni markazida o‘quvchi bo‘lgan) 
    o‘qitish metodlarining 
    Afzalliklari 
    • 
    O‘qitish mazmunini yaxshi o‘zlashtirishga olib kelishi.
    • 
    O‘z vaqtida aloqalarning ta’minlanishi.
    • 
    Tushunchalarni amaliyotda qo‘llash uchun sharoitlar yaratilishi.
    • 
    O‘qitish usullarining turli xil ko‘rinishlari taklif etilishi.
    • 
    Motivastiyaning yuqori darajada bo‘lishi.
    • 
    O‘tilgan materialning yaxshi eslab qolishi.
    • 
    Muloqotga kirishish ko‘nikmasining takomillashishi.
    • 
    O‘z- o‘zini baholashning o‘sishi.
    • 
    O‘quvchilarning predmetning mazmuniga, o‘qitish jarayoniga 
    bo‘lgan ijobiy munosabati.
    • 
    Mustaqil fikrlay oladigan o‘quvchining shakllanishiga yordam 
    berish.
    • 
    Nafaqat mazmunini o‘zlashtirishga yordam bermay, balki tanqidiy 
    va mantiqiy fikralashni ham rivojlantirish.
    • 
    Muammolarni yechish ko‘nikmalarining shakllanishi.


    55 
    Kamchiliklari 
    • 
    Ko‘p vaqt talab etilishi.
    • 
    O‘quvchilarni har doim ham keraklicha nazorat qilish 
    imkoniyatining pastligi.
    • 
    Juda murakkab mazmundagi material o‘rganilayotganda ham 
    o‘qituvchi rolining past bo‘lishi.
    • 
    «Kuchsiz» 
    o‘quvchilar 
    bo‘lganligi 
    sababli 
    «kuchli» 
    o‘quvchilarning ham past baho olishi.
    O‘qituvchining o‘zi ham yaxshi rivojlangan fikrlash qobiliyatiga va 
    muammolar yechish ko‘nikmalariga ega bo‘lishining talab etiladi. 
    Quyida o‘quv jarayoninig mazmuniy qismlari (2- jadval) keltirilgan.
    Jadval 2. O‘quv jarayonining mazmuniy qismlari 
    O‘qitish jarayonidagi mavjud an’anaviy ta’lim bilan qurollangan 
    ta’lim muassasalari endilikda o‘z oldiga qo‘yilgan davlat va ijtimoiy 
    buyurtmani amalga oshirishga ojizlik qilmoqda.


    56 
    Taniqli didakt olim M.N. Maxmutovning fikriga ko‘ra, o‘quv 
    jarayonini tashkil etishning an’anaviy sxemasi o‘quvchilarning fikrlash 
    qobiliyatini yetarli darajada rivojlantira olmaydi, ularning bilimga 
    bo‘lgan ehtiyojlarini, fanga bo‘lgan qiziqishlarini qondira olmaydi, faol 
    fikrlashni hamda bilishni e’tiqodga, e’tiqodni esa ongli ijtimoiy 
    maqsadga muvofiq faoliyatga aylantirishni ta’minlay olmaydi.
    Maktab, kasb- hunar kolleji va oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilarining 
    ilg‘or tajribalari yoritilgan materiallarni o‘rganish, shuningdek, 
    kuzatishlar va suhbatlardan ma’lum bo‘lishicha, ularning ko‘pchiligi o‘z 
    amaliy faoliyatlarida kuchsiz avtoritar motivga asoslangan bir xildagi 
    o‘qitish jarayonlarini qisman o‘zgartirgan holda foydalanishadi. Bunday 
    hollarda o‘zlashtirishning yuqori darajasiga deyarli erishib bo‘lmaydi.
    Haqiqatan ham, an’anaviy ta’lim jarayonini zamonaviy pedagogik 
    texnologiyalarga asoslangan noan’anaviy ta’lim jarayoni bilan 
    taqqoslaganda ular o‘rtasidagi farq aniq ko‘zga tashlanadi. (3- Jadavalga 
    qarang).
    Ta’lim jarayonining 
    o‘ziga 
    xos 
    bosqichlari,
    xususiyatlari
    An’anaviy 
    ta’lim 
    jarayoni
    Zamonaviy pedagogik 
    texnologiyalarga 
    asoslangan noan’anaviy 
    ta’lim jarayoni
    Pedagogik 
    munosabatlar tipi.
    Sub’ekt- ob’ekt
    Sub’ekt- ob’ekt
    Pedagogik 
    munosabatlar tipi.
    Avtoritor
    Insonparvarlashtirish 
    va demokratlashtirish, 
    o‘zaro hamkorlik.
    Darsning maqsadi
    Bilimlarni 
    o‘zlashtirish, 
    ko‘nikma 
    va 
    malakalarni 
    hosil 
    qilish, 
    o‘quv 
    materialini tushunish.
    Shaxsning qiziqishi, 
    motivini 
    ivojlantirish, 
    aqliy, ma’naviyahloqiy, 
    ruhiy 
    va 
    jismoniy 
    barkamolligini 
    ta’minlash.
    Ta’limning 
    harakatlantiruvchi 
    kuchi
    Tahdid, 
    buyruq, 
    ta’qiqlash, jazolash, 
    baho, 
    boshqalarga 
    taqqoslab, 
    shaxsni 
    kamsitish 
    yoki 
    rag‘batlantirish.
    Bilish 
    quvonchi, 
    o‘zidagi 
    ijobiy 
    o‘zgarishlarni 
    xis 
    qilish, o‘ziga va o‘z 
    bilimiga 
    ishonchning 
    paydo bo‘lishi, o‘zini 
    va boshqalarni hurmat 


    57 
    qilish, 
    o‘zaro 
    hamjixatlikka 
    asoslangan 
    qulay 
    ijtimoiy 
    psixologik 
    muhit
    O‘quvchining vazifasi Axborotni 
    qabul 
    qilish, 
    yodlash, 
    axborotni 
    qayta 
    ishlamagan 
    holda 
    javob 
    berish 
    va 
    tegishli bahoni kutish.
    O‘quv topshiriqlari va 
    muammoni hal etishga 
    oid individual, guruhli 
    izlanishlarda 
    ishtirok 
    etish, 
    doimo 
    o‘z 
    bilimini boyitish va 
    mustahkamlash 
    maqsadida 
    muntazam 
    va sidqidildan mehnat 
    qilish, o‘zini, iqtidorini 
    namoyon etish.
    Ta’limning yakuniy 
    natijasi.
    DTS 
    va 
    dastur 
    talablariga mos bilim, 
    ko‘nikma 
    va 
    malakalarning 
    shakllaniiga erishish.
    O‘quvchilarning aqliy, 
    ma’naviy- 
    ahloqiy, 
    jismoniy, 
    ruhiy 
    barkamolligiga 
    erishish, 
    bilimlarni 
    egallash 
    usullari, 
    o‘zlashtirgan bilimlarni 
    yangi, 
    kutilmagan 
    vaziyatlarda qo‘llashga 
    o‘rgatish, o‘z ustida 
    mustaqil va muntazam 
    ishlash ko‘nikmalarini 
    hosil qilish.
    Jadval 3. An’anaviy va noan’anaviy ta’lim turlarining o‘zaro taqqoslash 
    An’anaviy ta’lim texnologiyalariga asoslangan ma’ruza, seminar, 
    sinov darslarining ta’lim jarayonida tutgan o‘rni va qimmatini 
    kamaytirmagan holda, ularni hozirgi zamon talablari asosida 
    takomillashtirish yo‘llari ustida qayg‘urish zarur.
    Mazkur 
    darslarni 
    takomillashtirishda 
    quyidagilarga 
    e’tibor 
    qaratilishi ko‘zda tutiladi:
    Pedagogik 
    munosabatlarni 
    insonparvarlashtirish 
    va 
    demokratlashtirish. Hamkorlik pedagogikasiga amal qilish.


    58 
    1.
    Ta’lim jarayonini demokratlashtirish. O‘quvchilarga tanlash 
    huquqini berish.
    2.
    O‘quvchilarning 
    bilish 
    faoliyatini 
    faollashtirish, 
    o‘zaro 
    hamjihatlikka asoslangan qulay ijtimoiy – psixologik muhit yaratish.
    3.
    O‘quvchilarning ijodiy va mustaqil ishlarini samarali tashkil etish.
    4.
    Ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlarda zamonaviy ta’lim 
    texnologiyasi elementlaridan foydalanish.
    Bugungi 
    ta’lim 
    jarayoni 
    pedagogning 
    shaxsga 
    bo‘lgan 
    insonparvarlik munosabati bolalarni sevish, ularning taqdiri uchun 
    qayg‘urishi, bolalarga ishonchning yuqoriligi, o‘zaro hamkorlikning 
    vujudga kelishi, muloqot madaniyatining yuqori darajada bo‘lishi, ta’lim 
    oluvchilarni to‘g‘ridan- to‘g‘ri majburlashdan voz kechish va aksincha 
    ijobiy rag‘batlantirishning usutnligi tufayli ko‘zlangan maqsadga 
    erishish, bolalar faoliyatida uchraydigan kamchiliklarga chidamli 
    bo‘lish, ularni bartaraf etishning samarali usullarini qo‘llashda namoyon 
    bo‘lsa, ta’lim jarayonini demokratlashtirish esa o‘qituvchi va 
    o‘quvchilar huquqlarini tenglashtirish, ta’lim jarayonida ta’lim 
    oluvchilarga tanlash huquqining berilishi, o‘z fikri, nuqtai nazarini erkin 
    bayon etishni taqozo etadi.
    Noan’anaviy ta’lim jarayoni o‘quvchilar va o‘qituvchilar 
    munosabatining o‘ziga xos jihati - o‘quvchilar mustaqilligi va o‘quv 
    faoliyatini boshqarish emas, balki hamkorlikda tashkil etish, ta’lim 
    olishda majburlash emas, balki o‘quvchilarni ishontirish, biror- bir 
    faoliyatni amalga oshirish buyruq orqali emas, balki shu faoliyatni 
    samarali tashkil etish, shaxsning ehtiyoji, qiziqishi, imkoniyatlarini 
    chegaralash emas, balki erkin tanlash huquqini berish sanaladi. Yangi 
    munosabatlarning asosiy mohiyati, an’anaviy ta’limda ko‘zda tutilgan 
    natijalarni bera olmayatgan majburan o‘qitishdan voz kechish va uning 
    o‘rniga:
    -
    o‘zaro ishonchga asoslangan talabchanlik;
    - ta’lim jarayonini samarali tashkil etish orqali o‘quvchilar o‘rtasida 
    qiziqish uyg‘otish va ongli intizomni vujudga keltirish;
    -
    o‘quvchilarni 
    muvafaqqiyatli 
    bilim 
    olishga 
    yo‘llovchi 
    hamkorlikning paydo bo‘lishi;
    -
    muntazam faoliyatning tashkil etilishi;
    -
    tegishli talablarni jamoa orqali qo‘llashni amalga oshirish muhim 
    sanaladi.


    59 

    Download 5,02 Mb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   251




    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Noan’anaviy (ta’lim jarayoni markazida o‘quvchi bo‘lgan)

    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish