Ta'lim mеtodlari S
o`
z orqali
ifodalanadigan m
е
tod
K
o’
rgazmali
mеtod
Amaliy
mеtod
Rasm 3.Ta’lim metodlari
67
O‘quv informatsiyasini so‘z orqali uzatish va informatsiyani eshitish orqali qabul qilish metodlariga nimalar kiradi va ularga qanday talablar qo‘yiladi? O‘qitishning og‘zaki usullari uch turga
a) o‘qituvchining hikoyasi, b) suhbat, v) maktab ma’ruzasiga
bo‘linadi.
Hikoya usuli boshlang‘ich sinflarda ko‘p qo‘llansa, yuqori sinflarda
ma’ruza usuli ko‘p qo‘llaniladi. Ta’lim mazmuni notanish bo‘lsa hikoya
va ma’ruza usullari qo‘laniladi.
Ta’lim mazmuni o‘quvchiga qisman tanish bo‘lsa suhbat usuli
qo‘llaniladi. Og‘zaki bayon qilish usulida har ikkala faoliyatning
o‘qituvchining bayon qilishi va o‘quvchilarning shu bayon qilingan
bilimlarini diqqat bilan tinglab ongli va mustahkam o‘zlashtirishlari
birligiga amal qiladi.
Hikoya maktab ta’lim tizimida eng ko‘p qo‘llanadigan usul bo‘lib,
u hamma sinflarda barcha fanlarni o‘qitishda, maktab ta’limining
hamma bosqichlarida qo‘llaniladi. Boshlang‘ich sinflarda bu ancha qisqa
va aniq bo‘ladi, sinflarning o‘rta guruhiga kelib hikoya ancha kattaroq
hajmda va davomli bo‘ladi. Yuqori sinflarda hajmi katta bo‘ladi,
ma’ruzadagi kabi butun darsni band qilmaydi.
Nutq madaniyatini o‘stirishda hikoyaning o‘rni katta bo‘ladi. Shu
jihatdan o‘qitishning og‘zaki usullari ta’limda doimo eng ko‘p
qo‘llaniladi
O‘quv ma’ruzasi - o‘quv materialini og‘zaki bayon qilish uchun
muljallangan. Uning hajmi hikoyadan katta bo‘ladi.
O‘quv ma’ruzasi dars yoki mashg‘ulotning barcha qismini egallab
oladi.
Ma’ruza asosan yuqori sinflar, kollej va oliy o‘quv yurtlarida
qo‘llaniladi. Maktab ma’ruzasi o‘tilayotgan mavzuning haqiqiy ilmiy
mohiyatini ochib berish, ulardan ilmiy xulosalar chiqarish va
umumlashtirish yo‘li bilan to‘liq mashg‘ulot davomida bilimlarni
izchillik bilan bayon etishdir.
O‘quv materialini og‘zaki bayonq ilish usuli bir qator didaktik
qoida va talablarga asosan qo‘l laniladi.
1.Bayon qilinayotgan materiallar g‘oyaviy jihatdan mazmunli,
ilmiy hamda nazariyani amaliyot bilan bog‘lashga qaratilgan bo‘lishi
kerak.
2. Bayon qilinadigan materiallarning tarbiyaviy ahamiyatini to‘g‘ri
ko‘rsatish orqali o‘quvchiga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish.
68
3. Bayon qilishda o‘quvchining nutqi yagona manba hisoblanadi va
uni hoyatda katta ahamiyat kasb etadi.
4. Bayon qilishda o‘qituvchi ishlatadigan ta’riflar, qoida va
qonunlar kitob matnidan farq qilishi, mazmuniga mos bo‘lishi kerak.