Ekskursiya metodidan
foydalanish mumkin.
Mavzuni ekskursiya usuli bilan ham ko‘rsatish
mumkin. Bu usulda o‘rganilayotgan narsa hodisalarni tabiiy sharoitda
zavod, fabrika, tabiatda, muzey, ko‘rgazmalarda tashkiliy ravishda
ko‘rsatiladi. Agar ko‘rsatilayotgan joyda o‘tilayotgan mavzu mazmunini
keng ochib berish imkoni bo‘lsa, buni o‘qituvchi oldindan borib kuzatib
keyin o‘quvchilarni olib boradi, ekskursiya usulidan foydalanadi,
70
o‘quvchilar ekskursiya davomida ob’ekt ustidan ma’lumotlarni eshitish
yoki kuzatish bilan chegaralanmasdan zarur materiallarni yozib oladilar,
rasmini chizadilar, o‘lchash, hisoblash ishlarini olib boradilar.
O‘qituvchi ekskursiya oxirida mulohaza va fikrlarni umumlashtirib,
xulosa chiqaradi va mashg‘ulotni yakunlaydi.
O‘qitishning amaliy metodlarini qo‘llash o‘quvchilarga nimalar
beradi?
O‘quv informatsiyasini amaliy mehnat harakatlari orqali berish
(amaliy metodlar, mashqlar, laborotoriya, ishlari, dastur tuzish,
pedagogik masalalarni yechish, mehnat harakatlari va boshqalar)
O‘qitishning amaliy usullari doirasi keng. Bu usullarga: yozma
mashq,
tajriba,
laboratoriya
xarakteridagi
mashqlar,
mehnat
topshiriqlarini bajarish kabilar misol bo‘ladi. Yozma mashqlar
jarayonida olingan nazariy bilimlar bevosita amaliyotda qo‘llanadi.
Mashq qilish davomida ilmiy bilim va ma’lum ish harakat
o‘zlashtiriladi, takomillashadi, ular aniq o‘quv fanining xarakteri
hisobiga maqsadli, rejali tarzda amalga oshadi. Mashq davomida har bir
mashq e’tiborga olinadi. Masalan, ona tilidan grammatik tahlil,
matematikadan misol, masala yechish, tabiiy fanlardan ximiyaviy
tenglamalar tuzish, koeffitsentlar tanlash, masala yechish, o‘simlikllarni
turlarga ajratish va h.k. Mashq davomida ilgari egallangan bilim,
ko‘nikma, malakalar, qonunlar faoliyatga tadbiq etiladi.
O‘quvchilarning
o‘zlashtirilgan ko‘nikma va malakalarni
mustahkamlash ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish asosida mashq
qilishda
•
mashq uchun berilgan topshiriqning maqsadi o‘quvchilarga aniq
tushuntirilgan bo‘lishi;
•
mashq ustidan sinf o‘quvchilar jamoasi va har qaysi
o‘quvchilarning shaxsiy intilish, qiziqishini hisobga olishi;
•
topshiriq
butun
sinf
o‘quvchilarining
aktiv
faoliyatini
ta’minlaydigan bo‘lishi va mashqni belgilangan vaqt ichida bajarishi
talab etiladi.
Mashq qilishda o‘quvchilarning yozma, ijodiy mashqlari alohida
o‘rin egallaydi.
Yozma ijodiy mashqlar ona tili, adabiyot, tarix, geografiya fanlarida
ham qo‘llaniladi. Ular insho va referatlar yozish kabilarda o‘z aksini
topadi.
O‘quvchilarning yozma grafik ishlari rasm solish, xaritalar chizish,
chizma va sxemalar ishlash, jadval, diagramma, grafik, plakat, albom,
71
stendlar ishlash, laboratoriya mashq ishlari, tajribalar o‘qitish jarayonida
o‘quvchilarga atrofni o‘rab olgan ob’ektlarni borliqdagi narsa va
hodisalar, ularning shakli, hajmi, tarkibi, tuzilishi, o‘zgarish va
rivojlanishi qonuniyatlari haqida yangi bilim beradi. Bu usullar
o‘quvchilar bilan yoppasiga va alohida ish olib boriladi.
Amaliy mashg‘ulotlar o‘quvchilarga umumiy politexnik ta’lim
berish va mehnat malakasi bilan qurolantirishda asosiy usul bo‘lib
xizmat qiladi.Bunga misol tariqasida quyidagi testni qarab chiqsak.
|