82
Juftliklar almashishadi. Masala oldingicha qoladi.
Yangi sheriklar
o‘zlarining yechimlarini bir–biriga tushuntiradilar
va yana masalaning
yechimini yangilash imkonini izlaydilar. Muhokama uchun – 10 minut.
Shunday qilib, guruhning har bir ishtirokchisi boshqalarning fikrini bilib
olish, muammoni o‘zi qanday tushuntirishni
boshqalarga taklif etish va
topilgan yechimni himoya qilishga o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
4.
Guruhiy yechimni qabul qilish.
Guruh birgalikda to‘planadi. Guruh a’zolarining
hammasi
muammoni yechish yo‘llari haqida ma’lumot beradi. Bunda katta e’tibor
mazmuniy
qismgagina emas, balki ijro etish
shakliga ham qaratiladi
(guruhlar
yechimni konspekt, rasm, sxema va boshqa ko‘rinishlarda
tavsiya etishi mumkin). 10 minut vaqt beriladi.
5.
Har bir guruh ishini baholash.
Mashg‘ulot oxirida har bir guruh muammoning topilgan yechimini
tavsiya etadi. Ekspert komissiyasi tavsiya etilgan loyihalarning mazmuni
va rasmiylashtirilishini baholaydi.