75
Darslardagi interaktiv faoliyat o‘zaro tushunishga,
hamkorlikda
faoliyat yuritishga, umumiy, lekin har bir ishtirokchi uchun ahamiyatli
masalalarni birgalikda yechishga olib keladigan diologli aloqani tashkil
etish va rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Interaktiv metod bitta so‘zga
chiquvchining, shuningdek bitta fikrning boshqa fikrlar ustidan
dominantlik qilishligini chiqarib tashlaydi.
Dialogli o‘qitish jarayonida o‘quvchilar tanqidiy fikrlashga, shart-
sharoitlarni va tegishli axborotni tahlil
qilish asosida murakkab
muammolarni yechishga, alternativ fikrlarni chamalab ko‘rishga, ulab va
asosli ravishda qarorlar qabul qilishga, diskussiyalarda ishtirok etishga,
boshqalar bilan muloqat qilishga o‘rganadilar. Buning uchun darslarda
individual, juftli va guruhli ishlar tashkil etiladi, izlanuvchi loyihalar,
rolli o‘yinlar qo‘llaniladi, xujjatlar va axborotning turli manbalari bilan
ish olib boriladi, ijodiy ishlar qo‘llaniladi.
Interaktiv o‘qitishni tashkilotchilari uchun, sof o‘quv maqsadlaridan
tashqari quyidagi jihatlar ham muhimdir:
–
guruhdagi o‘quvchilarning o‘zaro
muloqatlari jarayonida,
boshqalarning qadriyatlarini tushinib etish;
–
boshqalar bilan o‘zaro muloqatda bo‘lish va ularning yordamiga
muhtojlik zaruratining shakllanishi;
–
o‘quvchilarda musobaqa, raqobatchilik kayfiyatlarini rivojlantirish.
Shuning uchun interaktiv o‘qitish guruhlarida muvaffaqiyatli
faoliyat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan ikkita asosiy funktsiyalar amalga
oshirilishi lozim:
–
o‘qitishning pragmatik jihati qo‘yilgan o‘quv masalasiga yechim
topish shartligi;
–
tarbiyaviy masalalarni yechish (hamkorlikdagi ish jarayonida
guruh a’zolariga yordam ko‘rsatish, xulq- atvor normalarini
shakllantirish).
Ushbu faktni alohida qayt etish lozimki, o‘qitishning
barcha
interaktiv usullarini verbal (og‘zaki) va noverbal usullarga ajratish
mumkin.
Og‘zakilarga quyidagilar kiradi:
–
vizual:
➢
yuz ifodasi, gavdaning xolati, harakatlar, ko‘zlar orqali aloqa.
–
akustik:
➢
intonatsiya, ovoz balandligi, tembr, nutq tempi, tovush balandligi,
nutqiy pauzalar va xokazo.
Verbal usullar orasida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
76
–
"oxiri ochiq" bo‘lgan savollar, ya’ni yagona "to‘g‘ri" javobga
emas, balki muammo (savol) bo‘yicha turli nuqtai nazarlarni bayon qila
olishga yo‘naltirilgan savollarni bera olish qobiliyati;
–
o‘quvchilar bilan muloqatda o‘qituvchi tomonidan o‘zining nuqtai
nazarini hal qiluvchi nuqtai nazar deb emas, balki neytral deb
aniqlanishi. Bu narsa mashg‘ulot paytida o‘quvchilarga qo‘rqmasdan
"to‘g‘ri " va "noto‘g‘ri" nuqtai nazarlarini bayon etish imkoniyatini
beradi;
–
mashg‘ulotning tahlil va o‘z- o‘zini tahlil qilishga tayyorgarlik.
Ushbu holat mashg‘ulotlarda nima?, qanday? va nima uchun? sodir
bo‘lganini, o‘zaro faoliyat qaerda "osilib"
qolganini, u nima bilan
bog‘liq ekanligini, keyinchalik bunday holatlarni ro‘y bermaslik uchun
nimalar qilish kerakligi va boshqalarni tushinib olishga yordam beradi;
➢
mashg‘ulotning borishini, uning kulminatsiyasini, natijaviyligini
va boshqa kuzatish imkonini beruvchi yozma xotiralarni yozib borish.
Birinchi bo‘limga alohida e’tiborni qaratishni istar edik.
O‘qituvchining savoli – bu, o‘quvchining
tafakkurini bostirish yoki
rivojlantirish uchun kuchli vositadir. Savolning ikki hil turi mavjud
(interaktiv o‘qitish nuqtai nazaridan).
–
o‘quvchining fikr doirasini chegaralab, uni bilganlarni oddiy
qayta tiklashga keltirib qo‘yadigan savollar. Bunday savollar fikrlash
jarayonini to‘xtatib turishga xizmat qilib, o‘quvchiga uning fikri hech
kimni qiziqtirmasligi tushunib etishiga olib keladi;
–
fikr
yuritish, o‘ylash, tasavvur qilish, yaratish yoki sinchiklab
tahlil etishga undovchi savollar. Bunday savollar fikrlash darajasini
ko‘tarish bilan birga, o‘quvchilarda ularning ham fikri qimmatga ega
ekanligiga ishonch uyg‘otadi.