|
M. E. Mamarajabov, D. E. Toshtemirov, O‘. A. Yuldashev informatika o‘qitish metodikasiBog'liq Inf met
"Insert" texnologiyasi
Ushbu texnologiya yangi matn bilan ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib,
quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1.
Matnni qo‘lda qalam bilan o‘qib chiqish.
2.
O‘qish davomida matnda maxsus belgilar qo‘yib borish:
+ buni bilaman;
– buni bilmas edim;
? buni mukammal bilmoqchi edim;
3.
Matn bilan to‘la tanishib chiqilgandan so‘ng quyidagi jadval (5-
rasm) to‘ldiriladi:
4.
Buni bilar edim.
Buni bilmas edim.
Mukammal bilishni
xohlayman.
+
–
?
Rasm 5. "Insert" jadvali
79
Katta aylana
Birinchi bosqich – Guruh o‘rindiqlarga katta doira bo‘yicha o‘tirib
olishadi. O‘qituvchi muammoni ifoda etadi.
Ikkinchi bosqich– Belgilangan vaqt mobaynida (masalan 10 minut)
har bir o‘quvchi individual ravishda qo‘yilgan muammoni yechish
yo‘llarini yozib oladi.
Uchinchi bosqich – Aylana bo‘yicha har bir o‘quvchi o‘zining
takliflarini bayon qiladi. Guruhning qolgan a’zolari o‘ning fikrini
izohlamay, tanqid qilmay, jim eshitishadi va har bir band bo‘yicha
taklifni umumiy qarorga kiritish yoki kiritmaslik haqida ovoz berishdi.
Umumiy qarorga kiritilgan takliflar doskaga yozib boriladi.
"Aqliy hujum"
"Aqliy hujum" jamoa bo‘lib muhokama qilishning samarali
metodidir. Unda biror muammoning echimini topish barcha
ishtirokchilarning fikrini erkin ifodalash orqali amalga oshiriladi.
"Aqliy hujum"ning tamoyili juda sodda. O‘qituvchi sinf oldiga
masalani qo‘yadi va o‘quvchilarda ushbu masalani yechish bo‘yicha
o‘zlarining fikrlarini bayon qilishni so‘raydi. Ushbu bosqichda hech
kimning boshqa ishtirokchilarning g‘oyalari haqida o‘z fikrini
bildirishga yoki unga baho berishga haqqi yo‘q.
"Aqliy hujum" yordamida bir necha daqiqa ichida o‘nlab g‘oyalarni
olish mumkin. g‘oyalar soni asosiy maqsad emas. G‘oyalar to‘g‘ri
yechimni ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi.
"Aqliy hujum" ning qoidalari quyidagilardir:
– taklif etilayotgan g‘oyalar baholanmaydi va tanqid qilinmaydi;
– ish g‘oyalar soni ko‘p bo‘lishi kerak;
– har qanday g‘oyani kengaytirishga, rivojlantirishga harakat qilish
mumkin;
– har bir g‘oya yozib boriladi (juda bo‘lmasa ochqich so‘zlar yoki
iboralar yordamida );
– aqliy xujum o‘tkazish vaqti qat’iy o‘rnatiladi va unga rioya
qilinadi.
"Aqliy hujum" tugagandan so‘ng takliflar tahlil qilinadi va ulardan
eng qimmatlilari, keyinchalik ular bilan ishlash uchun, tanlab olinadi.
Tahlil qilinganda avvalo taklifning foydali jihatlariga e’tiborni qaratish
lozim.
|
| |