74
Og‘zaki nazorat - yakka va guruhiy so‘rash yo‘li bilan amalga
oshiriladi. Alohida so‘rashda o‘qituvchi ma’lum vaqt davrida
o‘quvchilar tushuncha, qonun nazariya holda dalillarni qay darajada
egallaganliklarini aniqlaydi.
Yozma na’zorat – o‘quvchilar bilimini ona tili, matematika, fizika,
kimyo fanlarida yozma tarzda ham baholanadi. Yozma ishlar turli
davomiylikka ega. Ayrim vaqtda qisqa, ayrimda esa to‘liq dars
davomiyligida yozma ishlar o‘tkaziladi. Yozma nazoratda baholar
ob’ektiv bo‘lishi va o‘quvchilarning tipik xatolari aniqlanib kelgusida
ularning bartaraf etilishi belgilab olinadi.
O‘z - o‘zini nazorat qilish o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini muhim
elementidir. Nazorat kelgusidagi ishlarga reja tuzish nimalarga e’tibor
berish kerakligini aniqlab beradi.