• Test xulosasi
  • O‘qitishning reproduktiv metodini qachon qo‘llash mumkin
  • M. E. Mamarajabov, D. E. Toshtemirov, O‘. A. Yuldashev informatika o‘qitish metodikasi




    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet53/251
    Sana06.09.2024
    Hajmi5,02 Mb.
    #270410
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   251
    Bog'liq
    Inf met

    Pedagogik test:
     
    1.
    Faraz qiling: Siz teatrda o‘tiribsiz. Teatr artistlari o‘z rollarini 
    qoyilmaqom qilib ijro etishmoqda. Siz bexosdan qarsak chalib, «bravo»- 
    deb xitob qilganingizni ham sezmay qoldingiz. Xitobingizni qarsak bilan 
    tasdiqlamoqdasiz. Qarsak chalish jarayonida qaysi panjangiz yuqorida 
    joylashganiga e’tibor qiling. Agar, masalan, o‘ng panjangiz yuqorida 
    joylashgan bo‘lsa, unda biron varoqqa «O‘» deb belgilab qo‘ying, yoki 
    aksincha chap panjangiz yuqorida joylashgan bo‘lsa «Ch» deb belgilang.
    2.
    Fransuz imperatori Bonapart Napoleon mushkul vaziyatda 
    qo‘llarini chalishtirib mushohada qilishni yoqtirar edi. Faraz qiling: Siz 
    ham chuqur o‘yga cho‘mdingiz, yoki kimnidir kutmoqdasiz. Shu paytda 
    qo‘llaringizni chalishtirdingiz. Bunda qaysi qo‘lingiz dominantalik 
    qilmoqda? Masalan, chap qo‘lingiz o‘ng qulingizning ustida joylashgan 
    bo‘lsa, varoqqa «Ch» deb belgilaysiz va aksincha.
    3.Ma’ruzaga kechikkan talaba ko‘p hollarda eshik tirqishidan 
    mo‘ralaydi. Shunday vaziyatlarda Sizning qaysi ko‘zingiz dominantalik 
    qiladi? «Ch» yoki «O‘» ekanligini belgilang.
     Test xulosasi
    : Varoqdagi «O‘» yoki «Ch» harflarining 
    belgilanishiga qarab, insonning chap yoki o‘ng miya yarim sharlari 
    faoliyatini aniqlash mumkin. Ma’lumki, insonning o‘ng qo‘li, o‘ng 
    ko‘zi, ung oyog‘i va boshqa o‘ng tomonlari xatti- harakati uchun chap 
    miya yarim shari javob beradi va aksincha. Masalan, Sizning 
    javoblaringizda
    «Ch» harfi ko‘p belgilangan bo‘lsa, unda Sizning o‘ng miya yarim 
    shari faoliyatingizda dominantalik qiladi va aksincha.
    O‘qitishning reproduktiv metodini qachon qo‘llash mumkin?
    Bu usullar o‘quvchilarning yangi tushuncha, hodisa va qonunlarni 
    bilishdagi ijodiy faolliklari darajasini baholash asosida qismlarga 
    ajratiladi. Reproduktiv usullar o‘quvchilarning o‘quv materiallarini 
    mustahkamroq eslab qolishlarini ta’minlash, bilishga doir faoliyatni 


    72 
    bevosita boshqarish, kamchiliklarni tez aniqlash uchun amaliy ko‘nikma 
    va malakalarni tarkib toptirish maqsadida qo‘llaniladi.
    Reproduktiv usullar - o‘quv materialining mazmuni asosan axborot 
    xarakterida 
    bo‘lsa, 
    amaliy harakatlarning usullarini ta’riflasa, 
    o‘quvchilarning bilimlarini mustaqil qidirib ola bilishlari uchun juda 
    yangi hisoblansa, vaziyatlarni hal qilish uchun tayyor bilimlar yo‘q 
    bo‘lsa samarali qo‘llanadi.
    Bu usulda tafakkur qilish katta samara beradi. Reproduktiv usulda 
    o‘quvchilar ilgari yoki yaqinda egallagan bilimlarini qo‘llaydi.

    Download 5,02 Mb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   251




    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    M. E. Mamarajabov, D. E. Toshtemirov, O‘. A. Yuldashev informatika o‘qitish metodikasi

    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish