69
Ko‘rgazmali usulning muhimligi o‘rganilayotgan narsa va
hodisalarni hissiy idrok etishga, ularni kuzatib mushohada qilishga
o‘quvchini undash, mantiqiy va nazariy elementlarning birligiga ishonch
hosil qilishga, nihoyat nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olishga
o‘rgatishdan iborat.
Ta’limda ko‘rgazmalilik usuli namoyish etish, ilyustratsiya va
ekskursiya tariqasida olib boriladi.
Ta’lim jarayonida namoyish etish usulidan foydalanish asosiy
materialning xarakteriga - mazmuni, shakli va hajmiga bog‘liq. Bu
xarakter ikki turi farqlanadi.
Aslicha ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan buyum va narsalar:
o‘simliklar, ularning tarkibi, hayvonlar, ma’danlar, kolleksiyalar, asbob
va mashinalar, modellar va h.k.
Tasviriy ko‘rgazmali materiallar ular o‘z navbatida ikkiga
bo‘linadi. A) buyum, narsa, hodisa va voqealarning tasvirini ifodalovchi
materiallar, rasm, surat, fotosurat, diafilm va h.k. B) buyum, narsa,
voqealarning biror shartli belgisi orqali ifodalangan simvolik va
sxematik tasviriy materiallar geografiya v tarix kartalari, chizmalar,
jadvallar, diagrammalar va h.k.
Tasviriy ko‘rgazmali materiallar turliligi har xil qo‘llashni talab
etadi. Masalan,
1. Buyum va narsalarni tabiiy holda ko‘rsatishni ikki usulda
namoyish etiladi.
a)
o‘tilayotgan mavzuga oid badiiy ko‘rgazma materiallari
o‘quvchi bayon qilayotgan bir vaqtda (faqat o‘qituvchi ko‘rsatadi).
b)
tabiiy ko‘rgazmali materiallarning soni yetarli bo‘lsa ular har bir
o‘quvchiga tarqatib beriladi.
2. Tasviriy ko‘rgazmali materiallarning har ikkala turini ham ikki
xil usulda olib borish mumkin.
a)
ko‘rgazmali materiallarni o‘qituvchi namoyish etadi.
b)
ko‘rgazmali materiallar o‘quvchiga tarqatiladi.
O‘qitilayotgan mavzuning xarakterini hamma vaqt sinfda ochib
bo‘lmaydi. Bu holda nima qilish kerak?