|
M. E. Mamarajabov, D. E. Toshtemirov, O‘. A. Yuldashev informatika o‘qitish metodikasiBog'liq Inf met10.
Har xil yozma ishlar
O‘quvchilarning bilim darajasi, tafakkuri yuzasidan har xil yozma
ish olinadi. Yozma ishlar 5- 10, 10- 15, 15- 20 va hokazo, ya’ni 45
minut davom etadi. Ba’zida ijodiy yozma ishlar olinib, o‘quvchining
ijod qilish faoliyati o‘rganiladi.
11.
Integrativ (fanlararo bog‘lanish) darslar
Hozirgi zamon tabiiy fanlar ichida fizika, kimyo, biologiya,
matematika, informatika, geografiya
fanlari
qisman
bir-
biriga
bog‘langan, ya’ni integrastiyalangan. Bu darslar o‘quvchi
tafakkurini rivojlantiradi, solishtirish, turli faktlarni tahlil qilish, xulosa
chiqarish kabi fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishga, mustaqil
faoliyatlarida esa muammolarni hal qilishga ijodiy yondoshishga
yordam beradi.
63
Bundan tashqari, bu hol o‘quvchilarning ko‘pgina tushuncha
ta’riflarini yodlay olishlarinigina taqozo qilmay, balki tushunchalar
tizimini o‘zlashtirishni talab qiladi.
Respublikamiz o‘quvchilarining deyarli 60- 70 foizi qishloqlarda
yashaydi. Shuni hisobga olgan holda fizika va boshqa fanlar qishloq
xo‘jalik texnikasi bilan bog‘lab o‘tilsa o‘quvchilar bilimining o‘sishiga
yordam beradi.
Quyida fanlararo bog‘lanishga misol keltirilgan. Fizika va
kimyo, fizika va biologiya, fizika va matematika, fizika va mehnat,
fizika va astronomiya, fizika va tibbiyot, fizika va texnika, fizika va
qishloq xo‘jalik, fizika va geografiya.
Informatika didaktikasi va o‘qitish metodikasida asosiy o‘rinlardan
yana birini o‘qitish usullari egallaydi.
O‘qitish usuli (metodi) (grekcha metodos – biror narsaga yo‘l
so‘zidan) – bu ta’lim va tarbiya vositasi sifatidagi o‘qitish maqsadlariga
erishishga yo‘naltirilgan o‘qituvchi va o‘quvchining bir- biri bilan
bog‘langan faoliyatining tartiblangan usullaridar.
O‘qitish metodlarining muammosini qisqacha «qanday o‘qitish
kerak?» degan savol yordamida ifoda qilish mumkin. Lekin shuni e’tirof
etish lozimki, ushbu savolga javob olish uchun «Nima uchun o‘qitish
kerak? «Nimalarni o‘qitish kerak?» va «Kimlarni o‘qitish kerak?» kabi
savollar bo‘yicha yetarlicha axborotga ega bo‘lish kerak. Ana
shundagina o‘qitish maqsadi va mazmuniga, o‘quvchilarning fikrlash
faoliyati darajasiga to‘liq javob bera oladigan o‘qitish metodlarini
tanlash masalasi hal etilishi mumkin.
O‘qitishning maqsadi va vazifalari o‘qitish metodini yagona
ravishda aniqlamaydi. Ma’lum bir mazmun bir necha metod bilan
o‘rganilishi mumkin. Bunda albatta har bir metod yordamida o‘qitish
maqsadlariga erishiladi.
O‘qitish metodlari ko‘p qirralidir. Shu sababli ham ularni ko‘plab
tasniflari mavjuddir. Bu tasniflarda metodlar bir yoki bir nechta belgilar
bo‘yicha jamlanadi.
1.
An’anaviy tasnif. Umumiy belgi sifatida bilim manbai olinadi
(4- jadval).
|
| |