M. E. Mamarajabov, D. E. Toshtemirov, O‘. A. Yuldashev informatika o‘qitish metodikasi




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/251
Sana06.09.2024
Hajmi5,02 Mb.
#270410
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   251
Bog'liq
Inf met

"Chigal mantiqiy zanjirlar" 
O‘qituvchi besh- oltita alohida hodisalarni yozib qo‘yadi. Bu 
hodisalar xronologik yoki sabab–oqibat zanjirlaridan bo‘lishi mumkin. 
Har bir hodisa alohida varaqqa yoziladi va ular aralashtirib yuboriladi. 
Guruhga ushbu varaqlarni mantiqan to‘g‘ri tartibini tiklash vazifasi 
beriladi. Buning uchun ketma–ket o‘quvchilar chaqiriladi va har biriga 
bittadan hodisani zanjirdagi o‘z o‘rniga qo‘yish vazifasi beriladi. 
Hodisalarni zanjirga terib bo‘lishgandan so‘ng, bo‘lib o‘tgan hodisa 
haqidagi matnni o‘qiydi, o‘quvchilar esa o‘zlarining takliflari to‘g‘ri 
yoki noto‘g‘ri ekanligini tekshirib boradilar. 
 
"Chop etilgan materiallar bilan ishlash" 
Ushbu metodika kerakli axborotni izlash, nazariy ma’lumotlarni 
mustahkamlash va tasniflash, yangi nazariy materialarni tushunib 
olishda qo‘llanilishi mumkin.
Sinf 4 – 6 kishidan iborat kichik guruhlarga bo‘linadi. Guruhlar bir 
xil yoki har xil gazeta, jurnallardan kabi chop etilgan zarur materiallarni 
oladilar. 
Vazifa aniq bir mavzu bo‘yicha axborot topish xususida bo‘lishi 
mumkin. 
Har bir guruh qo‘lidagi chop etilgan materiallardan vazifaga oid 
materiallarni olib (maqolalarni, rasmlarni qirqib olib) plakatlarga 
yelimlab, tegishli izohli matn tayyorlashadi. Shundan so‘ng qilgan ishini 
namoyish etib, tushuntirib berishadi. Boshqa guruhlar esa savollar 
beradilar va ishni baholaydilar. 
Ushbu metod qo‘llanganda, izohli matnlarni tayyorlash ishi 
tugallangandan so‘ng, barcha qolgan materiallar yig‘ishtirilib olinishi 
kerak. Aks holda o‘quvchilar gazeta yoki jurnallardagi qiziqarli 
maqolalarni o‘qishga kirishib ketadilar va boshqalarning ma’ruzalarini 
tinglamaydilar. 
 
"Mejduusobchik" 
O‘qituvchi tomonidan muammo qo‘yiladi. Sinf guruhga bo‘linadi. 
1.
Guruh ichida muammo hal etiladi. Guruhning har bir a’zosi 
muhokamaning oxirida ushbu guruh qabul qilingan muammoni yechish 
yo‘li haqidagi ma’lumotga ega bo‘lishi lozim. 


81 
2.
Dastlabki guruhlar tarqatiladi va yangi guruhlar tashkil etiladi. 
Bu guruhlar "harflar birligi" tamoyili bo‘yicha tashkil etiladi: AAAA, 
BBBB, VVVV, GGGG. Yangi guruhning har bir a’zosi oldingi guruhi 
qabul qilingan masalani yechish yo‘lini boshqalarga tushuntiradi (10 
minut). Umumiy yoki eng yaxshi yechim tanlanadi. 
3. Birinchi tashkil etilgan guruhlar yana tiklanadi. Qatnashchilar 
endi muammoga boshqa nazar bilan qaragan holda va eychimlar 
ko‘pligini bilgan holda yig‘iladilar va muloqatda bo‘ladilar (10 minut). 

Download 5,02 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   251




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



M. E. Mamarajabov, D. E. Toshtemirov, O‘. A. Yuldashev informatika o‘qitish metodikasi

Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish