O‘quv jarayonida nazoratni tashkil etish usullari.
Ta’lim
jarayonining muhim tarkbiy qismlaridan biri - nazorat va hisobga
olishdir. Bu tushunchalar o‘ziga xos mohiyat va xususiyatlarga ega.
O‘qituvchi nazorat va hisobga olishni to‘g‘ri tashkil etsa, ta’lim
jarayonining
samaradorligi
ortadi.
Buning
uchun
o‘qituvchi
o‘quvchining o‘quv materiallarini o‘zlashtirish darajasini aniqlab berishi
lozim.
Nazorat (ta’lim jarayonida) ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va
malakalari darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash jarayonini
anglatadi. Aniqlash va o‘lchash tekshirish deb ham ataladi.
Tekshirish – nazoratning tarkibiy qismi bo‘lib, uning asosiy
didaktik vazifasi o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida teskari aloqani
ta’minlash, pedagog tomonidan o‘quv materialini o‘zlashtirish haqida
ob’ektiv axborot olinishi, bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni o‘z
vaqtida aniqlashni ta’minlashdir. Tekshirishning maqsadi nafaqat
o‘quvchining bilim darajasi, sifati, shuningdek, uning o‘quv mehnati
hajmini ham aniqlashdan iborat.
92
Tekshirish tizimidagi birinchi bosqich ta’lim oluvchilarning bilim
darajasini oldindan aniqlash hisoblanadi. Odatda, u o‘quv yili boshida
o‘quvchilar tomonidan avvalgi o‘quv yilida o‘zlashtirilgan bilimlari
darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Bu kabi tekshirish,
shuningdek, o‘quv yilining o‘rtasida yangi bo‘lim (kurs)ni o‘rganishga
kirishilganda ham o‘tkazilishi mumkin va o‘rinli.
Bilimlarni tekshirishning ikkinchi bosqich har bir mavzuni
o‘zlashtirish jarayonidagi joriy tekshirishdir. Joriy tekshirish ta’lim
oluvchilar tomonidan o‘quv dasturida belgilangan ayrim alohida
elementlarni o‘zlashtirish darajasini tashhislash imkonini beradi. Mazkur
tekshirishning asosiy vazifasi alohida olingan muayyan vaziyatni
o‘rganishdir. Bunday tekshirish shakl va metodlari turlicha bo‘lib, ular
o‘quv materiali mazmuni, murakkabligi, o‘quvchilarning yoshi va
tayyorgarligi, ta’lim bosqichi va maqsadlari, muayyan pedagogik
sharoitlarga muvofiq belgilanadi.
Oraliq tekshirish bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirishning
uchinchi bosqichi sanalib, o‘quvchilarning o‘quv materialining muayyan
bob yoki bo‘limlari bo‘yicha o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va
malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli. Yangi mavzuni
o‘rganish
bilan
birga
o‘quvchilar
avval
o‘zlashtirilganlarni
takrorlaydilar.
Takroriy
tekshirish
bilimlarni
mustahkamlashga
ko‘maklashadi, biroq o‘quv ishlari bosqichini tavsiflash, bilimlarning
mustahkamlik darajasini tashhislash imkonini bermaydi. Tashhisning
boshqa shakl va metodlari bilan birga qo‘llanilsagina ushbu tekshirish
kutilgan samarani beradi.
Tizimning to‘rtinchi bosqichi – o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va
malakalarini yaxlit bo‘lim yoki kursning alohida mavzusi bo‘yicha
davriy tekshirish hisoblanadi. Mazkur tekshirishning maqsadi – kursning
turli qismlarida o‘rganilgan o‘quv materialining strukturaviy elementlari
o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni o‘zlashtirish sifatini tashhislash. Davriy
tekshirishning asosiy vazifasi – tizimlashtirish va umumlashtirish.
Tekshirishni tashkil etishda beshinchi bosqich ta’lim oluvchilarning
ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida egallangan bilim, ko‘nikma va
malakalarini yakuniy tekshirish va hisobga olishdir. O‘zlashtirishning
yakuniy hisobi har bir chorak va o‘quv yili oxirida o‘tkaziladi. U olingan
baholarni
qo‘shib,
o‘rtacha arifmetik ballni mexanik tarzda
chiqarishdangina iborat bo‘lmasligi lozim. Bu, avvalo, mazkur
bosqichda belgilangan maqsadga muvofiq tarzda mavjad bilim darajasi
(sifati)ni tashhislashdir.
93
Tekshirishdan tashhari nazorat o‘z ichiga baholash (jarayon sifatida)
va baho (natija sifatida) ham oladi. O‘zlashtirish tabellari, sinf, guruh
jurnallari, reyting daftarchalari va shu kabilarda baholar shartli belgilar,
kod signallari, xotiralash belgilari va hokazolar baho ko‘rinishida qayd
etiladi. O‘quvchining o‘zlashtirish darajasini baholash uchun nazorat
yakunlari (natijalari) asos bo‘ladi. Bunda o‘quvchilar ishining ham sifat,
ham miqdor ko‘rsatkichlari hisobga olinadi. Miqdor ko‘rsatkichlari
ko‘proq ballar yoki foizlarda. Sifat ko‘rsatkichlari esa a’lo, yaxshi,
qoniqarli va hokazo baholovchi fikrlar yordamida qayd etiladi. Har bir
baholovchi fikrga oldindan kelishilgan (belgilangan) ma’lum ball,
ko‘rsatkich (masalan, o‘rin – 1, 2, 3, 4 va hokazo) tayinlanadi. Bunda
baho o‘lchash va hisoblashlar natijasida olinadigan son emas, balki
baholovchi fikrga yuklangan ma’no ekanini unutmaslik muhim.
Baholovchi son sifatida qo‘llashga berilib ketishning oldini olish uchun
bir qator mamlakatlarda baholar harfli (A, V, S, D va hokazo) ifodaga
ega.
Bahoni amalda egallangan bilim, ko‘nikma va malakalar bilan
davlat ta’lim standartiga ko‘ra o‘zlashtirilishi belgilangan bilim,
ko‘nikma va malakalar umumiy hajmi o‘rtasidagi nisbat sifatida
tushunish (ta’riflash)dan ta’lim darajasining miqdoriy mazmuni kelib
chiqadi. O‘zlashtirish (ta’lim samaradorligi) ko‘rsatkichi BAT yuz foiz
nisbat asosida hisoblanadi. Bunda:
B – o‘zlashtirish (ta’lim samaradorligi) bahosi;
A – amalda o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarning hajmi;
T – o‘zlashtirish nazarda tutilgan bilim, ko‘nikma va malakalarning
to‘liq hajmi.
Ko‘rinib turibdiki, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (baho) bu o‘rinda 100
foiz – axborotni to‘liq o‘zlashtirish va 0 foiz – uning umuman mavjud
emasligi o‘rtasida bo‘ladi. Ma’dlumki, baholash funktsiyasi ta’lim
darajasini qayd etish bilangina cheklanmaydi. Baho – ta’lim
oluvchilarga ularning ta’lim olishi, bilimlarni o‘zlashtirishga nisbatan
ijodiy yondoshishini rag‘batlantirish maqsadida ta’sir ko‘rsatish vositasi.
Aynan xolis (ob’ektiv) baholash ta’sirida o‘quvchilarda adekvat o‘z-
o‘zini baholash, shaxsiy muvaffaqiyatlarga tanqidiy munosabat yuzaga
keladi. Shu bois bahoning ahamiyati, vazifalarining xilma- xilligi
o‘quvchilar o‘quv faoliyatining barcha jihatlarini aks ettiradigan va
ularni aniqlashni ta’minlaydigan ko‘rsatkichlarni izlab topishni taqozo
etadi.
94
Hisobga olish ta’limning muayyan davrida o‘quvchilar va
o‘qituvchi faoliyatini umumlashtirish, xulosalash demakdir.
O‘quvchilarning
o‘zlashtirish
natijalarini
hisobga
olishda
quyidagilarga e’tiborni haratish lozim:
1)
o‘quv dasturi asosida mavzu va bulimni o‘rganishda
o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini har tomonlama nazorat
qilish;
2)
har bir yakunlangan mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning faoliyati
to‘g‘risida xulosa chiharish;
3)
o‘rtacha arifmetik ma’lumotlarga tayanibgina
o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini baholamaslik;
4)
o‘quvchilarning mavjud bilimlariga aniq, batafsil ma’lumot
(tavsif) berish uchun ularning bir necha o‘quv yilidagi statistik
o‘zlashtirish ma’lumotlarga asoslanib tahlil etish.
Demak, o‘zlashtirishni nazorat qilish va hisobga olish nazorat,
o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish vazifalarini bajaradi:
Nazorat qilishning asosiy vazifasi o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma
va malakalari darajasini aniqlash va baholashdan iborat. Bu o‘quv
materiallarini o‘rganishning keyingi bosqichiga o‘tish imkoniyatlarini
aniqlashtiradi va o‘qituvchining o‘quv metod hamda usullarini to‘g‘ri
tanlaganini nazorat qiladi. Nazorat qilish vazifasi o‘quv materiallarini
o‘rganishning maqbul yo‘llarini topish bilan bog‘liqdir.
Ta’lim vazifasi o‘quvchilarning bilimini tekshirishda aniq ko‘rinadi.
Yangi mavzuni mustahkamlash jarayonida yoki uy vazifalarini
tekshirishda o‘quvchilarning o‘tilgan mavzuni takrorlashga, ular uchun
tushunarsiz bo‘lgan ma’lumotlarni bilish olishlariga imkon tug‘iladi.
Chunki guruhdagi boshqa o‘quvchilar javob berayotgan o‘quvchining
fikrlarini diqqat bilan tinglashadi va avval egallangan bilimlarni
mustahkamlab,
qo‘shimcha
ma’lumotlar
bilan
boyitishadi.
O‘rtoqlarining javoblariga qo‘shimcha qilishga yoki yechilmay qolgan
savollarga javob berishga shaylanish orqali o‘rganilgan mavzuni
aniqlashtirishga harakat qiladi.
Nazoratning tarbiyaviy ahamiyati shundan iboratki, o‘quvchilar
tekshirishga
tayyor
bo‘lish
uchun
darslarni
o‘z
vaqtida
tayyorlaydilar,bo‘sh
vaqtlaridan
unumli
foydavlanishga
harakat
qiladilar, intizomga o‘rganadilar.
Shuningdek, tekshirish va baholash o‘quvchining o‘z bilimlari va
qobiliyatlarini o‘zi mustaqil aniqlashiga ham yordam beradi. O‘zidagi
kamchiliklarni ko‘ra olishga va uni tugatish yo‘llarini izlashga
95
ko‘maklashadi. Lekin o‘quvchining bilimini baholashda o‘qituvchi
nohaqlikka yo‘l qo‘ysa, o‘quvchi bilan o‘qituvchi o‘rtasida ziddiyat
kelib chiqadi. Uy vazifalarining esa haddan ziyod ko‘p bo‘lishi ham
o‘quvchilarning yuzaki dars tayyorlashiga olib keladi.
Eng asosiysi o‘zlashtirishni hisobga olish shaxsning ijobiy
fazilatlarini shakllantirish, yaxshi o‘qishga xohish uyg‘otish, o‘quv
ishlariga vijdonan yogdashish, javob berishga tayyorlanishda mustaqil
bo‘lish hamda bilish faoliyatini chuqurlashtirishga yo‘naltirilmog‘i
lozim.
Agar nazoratning o‘qitish va tarbiyalash vazifalari to‘g‘ri amalga
oshirilsa, shaxsning tafakkurini rivojlantirish hamda his- tuyg‘ulari va
axloqiy sifatlarini tarbiyalashga imkon tug‘iladi. Bu o‘z- o‘zidan
nazoratning rivojlantiruvchi vazifasi sanaladi.
O‘qituvchi mazkur vazifalardan xabardor bo‘lish asosida
o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini hisobga olishni to‘g‘ri tashkil
etadi.
|