103
12.
O‘qitishning interaktiv uslublari.
13.
Nazariy bilim va amaliy bilimlarni baholash.
14.
Baholash tamoyillari
15.
Baholash shakllari.
16.
Ta’lim maqsadlariga erishilganligini
baholash va baholash
xatoliklari
17.
Nazorat va uning turlari.
18.
O‘quv jarayonida nazoratni tashkil etish usullari.
19.
Ta’lim oluvchilar bilimini nazorat qilish va natijalarini
baholash.
20.
Assisment – nazorat qilishning zamonaviy usuli sifatida.
104
4- BOB. O‘QITISHNING ZAMONAVIY EXNOLOGIYALARI
VA VOSITALARI
4.1. Zamonaviy o‘qitish texnologiyalari
Fanlarini o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar va ularning
imkoniyatlari.
Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan muhim
talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaq
ichida yuksak natijalarga erishishdir.
Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o‘quvchilarga
yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko‘nikma va
malakalarni
hosil qilish, shuningdek, o‘quvchilar foliyatini nazorat
qilish, ular
tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma hamda malakalar
darajasini baholash o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda
ta’lim jarayoniga nisbatdan yangicha yondashuvni talab etadi.
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda bu borada katta
tajriba to‘plangan bo‘lib, ushbu tajriba
asoslarini tashkil etuvchi
metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Quyida ta’lim
amaliyotida foydalanilayotgan interfaol metodlardan bir nechtasining
mohiyati va ulardan foydalanish borasida so‘z yuritamiz.