108
2.Har bir o‘quvchi tomonidan bildirilayotgan fikr yoki g‘oyalar
miqdori rag‘batlantirilib boriladi. Bu esa bildirilgan fikrlar orasidan eng
maqbullarini tanlab olishga imkon beradi. Bundan tashqari fikrlarning
rag‘bantlantirilishi navbatidagi yangi fikr yoki g‘oyalarning tug‘ilishiga
olib keladi.
3. Har bir o‘quvchi o‘zining shaxsiy fikr yoki g‘oyalariga
asoslanishi hamda ularni o‘zgartirishi mumkin. Avvalo bildirilgan fikr
(g‘oya)larni umumlashtirish, turkumlashtirish yoki ularni o‘zgartirish
ilmiy asoslangan fikr ( g‘oya)larning shakllanishiga zamin hozirlaydi.
4.Mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilarning
xar qanday faoliyatlarini
standart talabalar asosida nazorat qilish, ular tomonidan bildirilayotgan
fikrlarni baholashga yo‘l qo‘yilmaydi. Agarda ularning fikr (g‘oya)lari
baholanib boriladigan bo‘lsa, o‘quvchilar o‘z diqqatlarini
shaxsiy
fikrlarini ximoya qilishga qaratadilar, oqibatda ular yangi fikrlarni ilgari
surmaydilar. Mazkur metodni qo‘llashdan ko‘zlangan asosiy maqsad
o‘quvchilarni muammo xususida keng
va chuqur fikr yuritishga
rag‘bantlashtirish ekanligini e’tibordan chetda qoldirmagan holda
ularning faoliyatlarini baholab borishning har qanday usulidan voz
kechish maqsadga muvofiqdir.
Ushbu metoddan samarali foydalanish maqsadida quyidagi
qoidalarga amal qilish lozim;
-
O‘quvchilarning o‘zlarini erkin his
etishlariga sharoit yaratib
berish;
-
G‘oyalarni yozib borish uchun yozuv taxtasi yoki varaqlarni
tayyorlab qo‘yish; - Muammoni aniqlash;
-
Mashg‘ulotlar jarayonida amal qilinishi lozim bo‘lgan shartlarni
belgilash (O‘quvchilar tomonidan bildirilayotgan har qanday g‘oya
baholanmaydi, O‘quvchilarning mustaqil fikr yuritishlari, shaxsiy
fikrlarini ilgari surishlari uchun qulay muhit yaratiladi, g‘oyalarning
turlicha va ko‘p miqdorda bo‘lishiga ahamiyat qaratiladi, boshqalar
tomonidan bildirilayotgan fikrlarni yodda saqlash,
ularning fikrlariga
tayangan holda yangi fikrlarni bildirish, bildirilgan fikrlar asosida
muayan xulosalarga kelish kabi harakatlarning o‘quvchilar tomonidan
sodir etilishiga erishiladi;
-
Bildirilayotgan
g‘oyalarni ularning
mualliflari tomonidan
asoslanishiga erishish va ularni yozib olish;
-
Qog‘oz varaqlari g‘oyalar bilan to‘lgandan so‘ng ularni yozuv
taxtasiga osib qo‘yish;
109
-
Boshqalar tomonidan bildirilgan fikrlar ustidan kulish, kinoyali
sharhlarning bildirilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
-
Yangi g‘oyalarni
bildirish davom etayotgan ekan, muammoning
yagona to‘g‘ri yechimini e’lon qilishga shoshilmaslik.