M. E. Mamarajabov, D. E. Toshtemirov, O‘. A. Yuldashev informatika o‘qitish metodikasi




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/251
Sana06.09.2024
Hajmi5,02 Mb.
#270410
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   251
Bog'liq
Inf met

«Klaster» metodi.
Klaster 
metodi 
pedagogik, 
didaktik 
strategiyaning muayyan shakil bo‘lib, u o‘quvchilarga ixtiyoriy 
muammo (mavzu)lar xususida erkin, ochiq o‘ylash va shaxsiy fikrlarni 
bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur 
metod turli xil g‘oyalar o‘rtasidadagi aloqalar to‘g‘risida fikrlash 
imkoniyatini beruvchi to‘zilmani aiqlashni talab etadi.
«Klaster» metodi aniq ob’ektga yo‘naltirilmagan fikrlash shakli 
sanaladi. Undan foydalanish inson miya foliyatining ishlash tamoyili 
bilan bog‘liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan 
mavzuning 
o‘quvchilar 
tomonidan 
chuqur 
hamda 
puxta 
o‘zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo‘lishini 
ta’minlashga xizmat qiladi.
Stil va Stil g‘oyasiga muvofiq ishlab chiqilgan «Klaster» metodi 
puxta o‘ylangan strategiya bo‘lib, undan o‘quvchilar bilan yakka 
tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg‘ulotlar jarayonida 
foydalanish mumkin. Guruh asosida tashkil etilayotgan mashg‘ulotlarda 
ushbu metod guruh a’zolari tomonidan bildirayotgan g‘oyalarning 
majmui tarzida namoyon bo‘ladi. Bu esa guruhning xar bir a’zosi 
tomonidan ilgari surilayotgan g‘oyalarni uyg‘unlashtirish hamda ular 
o‘rtasidagi aloqalarni topa olish imkoniyatini yaratadi.
«Klaster» metodidan foydalanishda quyidagi shartlarga rioya qilish 
talab etiladi;
-
Nimaniki 
o‘ylagan bo‘lsangiz shuni qog‘ozga yozing. 
Fikringizning sifati to‘g‘risida o‘ylab o‘tirmay, ularni shunchaki yozib 
boring.
-
Yozuvingizning orfografiyasiga yoki boshqa jihatlariga e’tibor 
bermang.
-
Belgilangan vaqt nihoyasiga yetmaguncha yozishdan to‘xtamang. 
Agar ma’lum muddat biror bir g‘oyani o‘ylay olmasangiz, u holda 
qog‘ozga biror narsaning rasmini chiza boshlang. Bu harakatni yangi 
g‘oya tug‘ilguniga qadar davom ettiring.
-
Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko‘proq yangi 
g‘oyalarni ilgari surish hamda mazkur g‘oyalar o‘rtasidagi o‘zaro 
aloqadorlik va bog‘liqlikni ko‘rsatishga harakat qiling. G‘oyalar 


110 
yig‘indisining sifati va ular o‘rtasidagi aloqalarni ko‘rsatishni 
cheklamang.

Download 5,02 Mb.
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   251




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



M. E. Mamarajabov, D. E. Toshtemirov, O‘. A. Yuldashev informatika o‘qitish metodikasi

Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish