M. E. Mamarajabov, D. E. Toshtemirov, O‘. A. Yuldashev informatika o‘qitish metodikasi




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/251
Sana06.09.2024
Hajmi5,02 Mb.
#270410
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   251
Bog'liq
Inf met


Sxemelardan
 
ta’lim jarayonida asosan murakkab ob’ektlarning 
tuzilishi va ularning ishlash tamoyillarini soddalashtirilgan holda 
tushuntirishda foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Masalan, texnologik mashina yoki mexanizimlarning elektrik, 
pnevmatik, gidravlik sxemalarini olishimiz mumkin. 
3. Chizmalar.
Chizmalardan asosan
 
o‘rganilayotgan
 
mavzuga oid ob’ektlarni 
chuqurroq o‘rganishda foydalaniladi. 
Masalan, turli detallarning ish chizmalaridan foydalanib ularning 
aniq geometrik o‘lchamlari va shakli, qanday elementlardan tuzilganligi 
kabi malumotlarni olishida foydalanish qulaylik yaratadi va 
o‘rganilayotgan 
materiallarni 
yetarli 
darajadao‘zlashtirish 
imkoniyatlarini oshiradi.
4. Jadvallar. 
 
Jadvallar
– 
bu o‘rganilayotgan mavzuga oid o‘zaro bir- biri bilan 
bog‘liq bo‘lgan bir nechta kattaliklarning ma’lum bir tartib asosida 
joylashtirilgan majmualari bo‘lib, ular yordamida kerakli ma’lumotlar va 
kattaliklarni olish, hisoblashlarni bajarish tez va oson kechadi. 
Masalan, 
jadvallardan 
foydalanib 
istalgan 
markali 
podshipniklarning o‘lchamlarini aniqlay olishimiz mumkin. 


132 
5. Diagrammalar. 
Diagrammalar yordamida bir necha parametrlarning o‘zaro 
nisbatini grafik tasvirlashimiz mumkin bo‘lib, ular turli ko‘rinishda 
tasvirlanishi mumkin: doiraviy, ustunli, chiziqli, uch o‘lchamli va h.zo.
Masalan, biror korxona ishlab chiqarayotgan mahsulotning turli 
yillardagi hajmi va undan keladigan daromad miqdorini uch o‘lchamli 
ustunli diagramma yordamida tasvirlash mumkin.(misol keltirilsin) 
6. Plakatlar. 
Plakatlar ko‘rgazmali materiallarning eng universal turi bo‘lib, ular 
o‘zida yuqorida keltirilgan barcha turdagi ko‘rgazmali materiallar 
(rasmlar, sxemalar, chizmalar, jadvallar, diagrammalar)ni o‘zida 
mujassamlashtirgan bo‘lishi mumkin. Ma’lumki, yuqorida sanab 
o‘tilgan ko‘rgazmali materialla(rasmlar, sxemalar, chizmalar, jadvallar, 
diagrammalar) yordamida o‘quv materiallarining alohida bir qismi 
to‘g‘risida ma’lumot berilsa, plakatlardan, butun bir mavzuga oid barcha 
ma’lumotlarni berishda foydalanish mumkin.
Masalan tokarlik dastgohi to‘g‘risidagi plakatda dastgohning rasmi, 
uning kinematik sxemasi, uzatmalar qutisining ish chizmasi, tezliklar va 
uzatish nisbatlari jadvali, ish unumdorligi grafigi kabi axborotlarning 
bari joylashgan bo‘ladi. Shuning uchun ham ta’lim jarayonida 
ko‘rgazmali materiallarning bu turidan juda keng foydalaniladi. 

Download 5,02 Mb.
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   251




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



M. E. Mamarajabov, D. E. Toshtemirov, O‘. A. Yuldashev informatika o‘qitish metodikasi

Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish