O‘quv mashg‘ulotlarining turlari, ularning maqsad va




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/251
Sana06.09.2024
Hajmi5,02 Mb.
#270410
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   251
Bog'liq
Inf met

O‘quv mashg‘ulotlarining turlari, ularning maqsad va 
vazifalari. 
Zamonaviy didaktikada dars quyidagi turlari ajratib 
ko‘rsatilgan:
-
aralash darslar;


134 
-
yangi ma’lumotlar, aniq hodisalar bilan tanishish bo‘yicha yoki 
umumlashtirishlarni anglab yetish va o‘zlashtirish 
maqsadiga ega 
darslar

-
bilimlarini mustahkamlash va takrorlash darslari;
-
o‘rganilganlarni umumlashtirish va tizimlashtirish asosiy 
maqsadiga ega darslar;
-
malaka va ko‘nikmalarni ishlab chiqish va mustahkamlash darslari;
-
bilimlarni tekshirish va tekshirish ishlarini o‘rganish darsi;
-
o‘z tuzilishi bo‘yicha oddiy bo‘lgan, ya’ni bitta asosiy didaktik 
maqsadga ega bo‘lgan dars turlari (o‘rta va katta sinflarda qo‘llash 
uchun mos keladi).
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar yoshlarini hisobga olib o‘quv 
ishlari turli xillaridan foydalanishga, yangi bilimlarni berishni avval 
ilgari o‘rganilganni mustahkamlash, takrorlash bilan birga olib borishga 
to‘g‘ri keladi. Hatto tekshirish darslari ham bu yerda ko‘pincha ishlar 
boshqa turlarini o‘z ichiga oladi: materialni og‘zaki yetkazish. qiziharli 
hikoyani 
o‘qish. Darsning aynan mana shu turi aralash 
(kombinatsiyalashgan), 
yoki 
murakkab 
tuzilishli 
deb 
ataladi. 
Kombinatsiyalashgan darsning taxminiy tuzilishi: uy vazifalarini 
tekshirish va o‘quvchilar bilan savol- javob, yangi materialni o‘rganish, 
o‘zlashtirishini dastlabki tekshirish, mashq misollari davomida yangi 
bilimlarini mustahkamlash, ilgari o‘rganilganlarni suhbat ko‘rinishida 
takrorlash, o‘quvchilar bilimlarini 
tekshirish va baholash
, uyga vazifa 
berish.
O‘quvchilarning yangi materiallar bilan tanishish darsi yoki yangi 
bilimlarni berish (o‘rganish) darsi nisbatan keng doiradagi savollarni o‘z 
ichiga olgan va uni o‘rganishga ko‘p vaqtini talab qiluvchi, 
o‘quvchilarga tanish bo‘lmagan yangi material uning mazmuni bo‘lgan 
ta’lim jarayoni. Bunday darslarda uning mazmuni, aniq maqsadi va 
o‘quvchilarning mustaqil ish bajarishga tayyorgarliklariga qarab ba’zi 
hollarda yangi materialni o‘zi bayon etadi. Boshqa hollarda esa – 
o‘qituvchi rahbarligi ostida o‘quvchilarning mustaqil ishlari olib 
boriladi, uchinchi holda – unisi ham bunisidan ham foydalaniladi. Yangi 
material bilan tanishish darsining tuzilishi: yangi materialni o‘rganish 
uchun asos bo‘lgan avvalgi materialni takrorlash. o‘qituvchining yangi 
materialni va darslik bilan ishlashni tushuntirishi, bilimlarni 
tushunishlarini tekshirish va dastlabki bilimlarni mustahkamlash, uyga 
vazifa berish.


135 
Bilimlarni mustahkamlash darslarida o‘quv ishining asosiy 
mazmuni ilgari o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish 
maqsadida ularni ikkinchi bor tushunib olish hisoblanadi.
O‘quvchilar o‘z bilimlarini yangi manbalar bo‘yicha anglab oladilar 
va chuqurlashtiradilar yoki ularga ma’lum bo‘lgan qoidaga yangi 
masalalar yechadilar, ilgari olgan bilimlarini og‘zaki va yozma 
takrorlaydilar yoki ilgari o‘rganganlarini yanada chuqurroq va 
mustahkam o‘zlashtirish maqsadida ulardan alohida masalalar bo‘yicha 
axborot beradilar. Tuzilishi bo‘yicha bunday darslar quyidagi 
bosqichlardan o‘tishni ko‘zda tutadi: uy vazifasini tekshirish, og‘zaki va 
yozma mashqlarni bajarish, topshiriqni bajarishni tekshirish, uyga vazifa 
berish.
Ko‘nikma va malakalarni ishlab chiqish va mustahkamlash darslari 
bilimlarni mustahkamlash darslari bilan bog‘liqdir. Bu jarayon bir necha 
maxsus darslar jarayonida amalga oshiriladi. Boshqa darslarda yangi 
mavzularni o‘rganishda davom ettiriladi. Shu bilan birga avvaliga 
mashqni bajarish ishlari bolalar tomonidan o‘qituvchi yordamida va ular 
topshiriqni qanday tushunganlarini daslab jiddiy tekshirish bilan 
bajarilsa, keyinchalik esa qayerda qanday qoida qo‘llanilishini 
o‘quvchilarning o‘zlari belgilaydilar. Ular turli vaziyatlarda malaka va 
ko‘nikmalarini qo‘llash, shu jumladan, hayotiy amaliyotida qo‘llashni 
o‘zlashtirib olishlari kerak.
Umumlashtiruvchi 
darslari 
(bilimlarini 
umumlashtirish 
va 
tizimlashtirishlar) ilgari o‘tilgan materialdan eng muhim savollari qayta 
takrorlanadigan va tizimlashtiriladigan, o‘quvchilar bilimlarida mavjud 
kamchiliklari to‘ldiriladigan va o‘rganilayotgan kursning muhim 
g‘oyalarini ochib beriladigan darslar hisoblanadi. Umumlashtiruvchi 
darslar mavzu, bo‘lim va o‘quv kurslarining yakunida o‘tkaziladi. Kirish 
va yakunlash darsning tarkibiy elementi hisoblanadi. Takrorlash va 
umumlashtirishning o‘zi hikoya, qisqacha xabarlar, darslikni o‘qib 
berish yoki o‘qituvchining o‘quvchilar bilan suhbatlashishi shaklida 
o‘tkazilishi mumkin.
Tekshirish (nazorat) darslari o‘qituvchiga o‘quvchilarning ma’lum 
sohadagi bilim, malaka va ko‘nikmalari shakllanganlik darajasi, o‘quv 
materialini 
egallashdagi 
kamchiliklarni 
aniqlash, 
shuningdek, 
navbatdagi topshiriqlarning bajarish yo‘llarini belgilab olishga yordam 
beradi. Tekshirish darslari o‘quvchidan ushbu mavzu bo‘yicha uning 
hamma bilim, ko‘nikma va malakalarini qo‘llashini talab etadi. 


136 
Tekshirish og‘zaki hamda yozma shaklda ham amalga oshirilishi 
mumkin.
Yuqorida ifodalangan hamma darslarning majburiy elementi 
tashkiliy va yakuniy bosqich hisoblanadi. Tashkiliy bosqich maqsadlarni 
qo‘yish va ularni o‘quvchilar tomonidan qabul qilish sharoitlari 
ta’minlash, ish sharoitini yaratish, o‘quv faoliyati motivlarini 
dolzarblashtirish va materialni idrok etish, anglash, eslab qolish 
yuzasidan beriladigan ko‘rsatmalarni shakllantirishni ko‘zda tutadi. 
Darsga yakun yasash bosqichida maqsadlarga erishish qayd etiladi, 
ularga erishishda barcha yoki yakka o‘quvchilarning ishtiroki 
belgilanadi, ishlari baholanadi va istiqbollari belgilanadi.
Ta’limning tashkiliy shakli sifatida dars dinamik hodisadir. U 
pedagogik jarayonning yaxlitligini ta’minlaydi va ta’limiy, tarbiyaviy, 
rivojlantirish vazifalarini ijobiy yechimini topishga imkon beradi.
Dars rivojlanishining asosiy tendentsiyalari darsga bo‘lgan 
talablarda o‘zining aniq ifodasini topadi.
Zamonaviy darslar quyidagi talablarga javob bera olishi lozim:
-
fanning ilg‘or yutuqlari, pedagogik texnologiyalardan foydalanish, 
darsni o‘quvtarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etish;
-
darsda barcha didaktik tamoyil va qoidalarning optimal nisbatlarini 
ta’minlash;
-
o‘quvchilarning qiziqishlari, layoqati va talablarini hisobga olish 
asosida ular tomonidan bilimlarning puxta o‘zlashtirilishi uchun zarur 
sharoitlarni yaratish;
-
o‘quvchilar anglab yetadigan fanlararo bog‘liqliklarni o‘rnatish;
-
ilgari o‘rganilgan bilim va malakalari, shuningdek, o‘quvchilarning 
rivojlanish darajasiga tayanish;
-
shaxsning har tomonlama rivojlantirishni motivatsiyalash va 
faollashtirish;
-
o‘quv - tarbiyaviy faoliyat barcha bosqichlarining mantiqiyligi va 
emotsionalligi;
-
pedagogik vositalardan samarali foydalanish; 
-
zarur bilim, ko‘nikma va malakalar, fikrlash va faoliyat ratsional 
usullarini shakllantirish;
-
mavjud bilimlarni doimo boyitib borish ehtiyojini yuzaga keltirish; 
-
har bir darsni puxta loyihalashtirish, rejalashtirish, tashhis va 
taxmin qilish.


137 

Download 5,02 Mb.
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   251




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘quv mashg‘ulotlarining turlari, ularning maqsad va

Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish