|
O‘quv mashg‘ulotlarining mazmuni va uni o‘tkazishBog'liq Inf metO‘quv mashg‘ulotlarining mazmuni va uni o‘tkazish
metodikasi.
Har bir dars quyidagi uchta asosiy maqsadga erishishga
yo‘naltiriladi: o‘qitish, tarbiyalash, rivojlantirish. Ana shularni hisobga
olib darsga umumiy talablar didaktik, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi
talablarda aniq ifodalanadi.
Didaktik (yoki ta’lim)iy talablarga har bir darsning ta’lim
vazifalarini aniq belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va
shaxsiy ehtiyojlarni hisobga olish bilan mazmunini optimallashtirish,
idrok etish eng yangi texnologiyalarini kiritish, turli xildagi shakli,
metodlari va ko‘rinishlaridan mos ravishda foydalanish, dars tuzilishini
shakllantirishga ijodiy yondoshish, jamoaviy faoliyat usullari bilan birga
o‘quvchilar mustaqil faoliyatlarini turli shakllaridan birga foydalanish,
operativ qayta aloqani ta’minlash, amaliy nazorat va boshharuvni
amalga oshirish, ilmiy mo‘ljal va darsni mahorat bilan o‘tkazishni
ta’minlash kabilar kiradi.
Darsga
nisbatan
qo‘yilavdigan
tarbiyaviy
talablar
o‘quv
materialining tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlash, darsdagi faoliyat, aniq
erishilishi mumkin bo‘lgan tarbiyaviy maqsadlarni shakllantirish va
qo‘yish, faqat o‘quv ishlari maqsadlari va mazmunidan tabiiy ravishda
kelib chiqadigan tarbiyaviy masalalarni belgilash, o‘quvchilarni
umuminsoniy qadriyatlarda tarbiyalash, hayotiy muhim sifatlar
(tirishqoqlik, tartiblilik, mas’uliyatlilik, intizomlilik, mustaqillik, ish
bajarishga
qobiliyatlilik,
e’tiborlilik, halollik va boshqalar)ni
shakllantirish, o‘quvchilarga diqqat- e’tiborli munosabatda bo‘lib,
pedagogik odob talablariga amal qilish, o‘quvchilar bilan hamkorlik va
ularning muvaffaqiyat qozonishlaridan manfaatdor bo‘lishdan iborat.
Barcha darslarda doim amalga oshirilib boriladigan rivojlantiruvchi
talablarga o‘quvchilarda o‘quv- o‘rganish faoliyati ijobiy sifatlari,
qiziqish, ijodiy tashabbuskorlik va faollik shakllantirish hamda
rivojlantirish, o‘quvchilarning idrok etish imkoniyatlari darajasini
o‘rganish,
hisobga
olish,
“rivojlanishning
yaqin
zonasini
loyihalashtirish”, “o‘zib ketish” darajasidagi o‘quv mashg‘ulotlarini
tashkil etish
, rivojlanishidagi yangi o‘zgarishlarni rag‘batlantirish,
o‘quvchilarning intellektual, emotsional, ijtimoiy rivojlanishlaridagi
«sakrash»larni oldindan ko‘ra bilish, boshlanayotgan o‘zgarishlarni
hisobga olish asosida o‘quv mashg‘ulotlarini operativ qayta qurish
kabilar kiradi.
Nostandart darslar
.
XX asr 70- yillari o‘rtalarida milliy maktablarda
o‘quvchilarning mashg‘ulotlarga qiziqishlarining pasayish xavfi
138
aniqlandi. Muammoni bartaraf etish maqsadida nostandart darslarning
tashkil etilishiga alohida e’tibor haratildi. Nostandart dars an’anaviy
tuzilishdagi improvizatsion o‘quv mashg‘ulotidir.
Pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish nostandart darslarning o‘nlab
turlari mavjudligini ko‘rsatdi. Ular orasida “berilish” darsi, amaliy
o‘yinlar, matbuot konferentsiyalari, ijodiy hisobotlar, musobaqalar,
KVN turidagi o‘yinlar, tanlov, teatrlashtirilgan darslar, binar,
kompyuterli darslar, fantaziyalar, “sudlar”, haqiqatni izlash,
“paradokslar”, auktsionlar, dialoglar va boshqalar ko‘zga tashlanadi.
|
| |