155
milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni
tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
o‘quv- tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, umumiy o‘rta ta’lim
muassasalarining
o‘quvchilari va bitiruvchilarining malakasiga
qo‘yiladigan talablarni belgilash;
kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab
chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;
ta’lim va uning pirovard natijalari, o‘quvchilarning malaka
talablarini egallaganlik darajasini tizimli baholash tartibini, shuningdek
ta’lim- tarbiya faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini
takomillashtirish;
davlat ta’lim standartlari talablarining ta’lim sifati va kadrlar
tayyorlashga qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash.
3- bob. Umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartining asosiy
prinsiplari
6. Davlat ta’lim standarti quyidagi asosiy prinsiplarga
asoslanadi:
-
o‘quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari
ustuvorligi;
-
umumiy o‘rta ta’lim mazmunining insonparvarligi;
-
davlat ta’lim standartining ta’lim sohasidagi davlat va jamiyat
talablariga, shaxs ehtiyojiga mosligi;
-
umumiy o‘rta ta’limning boshqa ta’lim turlari va bosqichlari bilan
uzluksizligi va ta’lim mazmunining uzviyligi; umumiy o‘rta ta’lim
mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi va yaxlitligi;
umumiy o‘rta ta’limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini
tanlashda innovatsiya texnologiyalariga asoslanilganligi;
-
o‘quvchilarda fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish
uchun tayanch va
-
fanlarga
oid
umumiy
kompetensiyalarni
rivojlantirishning
ta’minlanganligi; rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida
me’yorlarni belgilash tajribasidan milliy xususiyatlarni hisobga olgan
holda foydalanish.