M. E. Mamarajabov, D. E. Toshtemirov, O‘. A. Yuldashev informatika o‘qitish metodikasi




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/251
Sana06.09.2024
Hajmi5,02 Mb.
#270410
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   251
Bog'liq
Inf met

Namunaviy o‘quv dasturi
u yoki bu ta’lim sohasiga nisbatan 
davlat ta’lim standartlari talablari asosida ishlab chiqiladi. O‘quv 
dasturlari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
-
ushbu fanni o‘rganish maqsadlari, o‘quvchilarning bilim va 
malakalariga asosiy talablar, o‘qitish tavsiya etiladigan shakl va 
metodlari haqidagi tushuntirish xati;
-
o‘rganilayotgan materialning tematik mazmuni;
-
kursning alohida savollarini o‘rganishga o‘qituvchi sarflaydigan 
taxminiy soatlari hajmi;
-
dunyoharashni shakllantiruvchi asosiy savollari ro‘yxati;
-
fanlararo va kurslararo bog‘liqlikni amalga oshirish bo‘yicha 
ko‘rsatmalar;
-
o‘quv uskunalari va ko‘rgazmali qo‘llanmalar ro‘yxati; - tavsiya 
etiladigan adabiyotlar.
Namunaviy o‘quv dasturlari Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta 
maxsus ta’lim
Vazirliklari tomonidan tasdiqlanadi, tavsiyanoma xususiyatiga ega 
bo‘ladi. Namunaviy dastur asosida maktab, akademik litsey pedagogik 
kengashi tomnidan ishchi o‘quv dasturlari ishlab chiqiladi va 
tasdiqlanadi. Namunaviy dasturdan farqli ravishda ishchi dasturda 
regional komponenti ta’riflanadi, o‘quv jarayonini metodik, 
informatsion, 
texnik 
ta’minlash 
imkoniyati, 
o‘quvchilarning 
tayyorgarligi darajasi hisobga olinadi.


150 
Mualliflik o‘quv dasturlari davlat standarti talablarini hisobga olgan 
holda o‘quv fanini qurilishi boshqacha mantiqidan iborat bo‘lishi, u yoki 
bu nazariyalarni o‘rganishga mualliflik yondashuvi, o‘rganilayotgan 
hodisa va jarayonlarga nisbatan mualliflik nuqtai nazarini aks ettirishi 
lozim. Bunday dasturlar ushbu fan sohasida pedagog, psixolog, 
metodistlarning tashqi retsenziyalariga ega bo‘lishi kerak va ular mavjud 
bo‘lganida maktab, akademik litsey hamda kasb- hunar kollejlarining 
Pedagogik Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Mualliflik o‘quv dasturlari 
o‘quvchilarning erkin tanlovi bo‘yicha (majburiy va fakultativ) kurslar 
tashkil etishda keng foydalaniladi.
O‘quv
fani ta’lim
muassasalarida o‘quvchilarning yosh, 
idrok etish imkoniyatlariga muvofiq ularga muayyan fan sohasi 
bo‘yicha umumiy yoki mutaxassislik bilimlarini berish, ko‘nikma va 
malakalarni shakllantirishni ta’minlovchi manbadir.
O‘quv fanining mazmuni har bir pedagog tomonidan ixtiyoriy 
belgilanmaydi, balki ijtimoiy hodisa sifatida ta’limning tarixiy 
rivojlanishi davomida ishlab chiqiladi. O‘rta maktab, akademik litsey va 
kasb- hunar kolleji o‘quv fanlarini ilmiy bilimning umumiy tuzilishiga 
mos ravishda shakllantirish kerak deb hisoblovchi nuqtai nazar eng keng 
tarqalgan va tan olingan hisoblanadi.
Ta’lim mazmuni va o‘quv dasturlari o‘quv adabiyotlarida 
loyihalashtiriladi. Bunday adabiyotlar sirasiga darsliklar va o‘quv 
qo‘llanmalari kiradi.
O‘quv adabiyotlari orasida darslik alohida o‘rin tutadi. Darslik 
muayyan o‘quv fani bo‘yicha ta’lim maqsadi, o‘quv dasturi va didaktik 
talablarga 
muvofiq 
belgilangan 
ilmiy 
bilimlari 
to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni beruvchi manba bo‘lib, u mazmuni va tuzilishiga ko‘ra 
fan bo‘yicha yaratilgan o‘quv dasturiga mos keladi. Namunaviy o‘quv 
dasturlari asosida yaratilgan darsliklar maqsadga muvofiq holda 
Respublika Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirliklari 
tomonidan barcha maktablar, akademik litseylar va kasb- hunar 
kollejlari uchun tavsiya etiladi. G‘oyaviy va metodik jihatdan 
mukammal bo‘lgan darslik ta’lim mazmuniga qo‘yiladigan barcha 
talablarga javob bera olishi, o‘quvchilar uchun qiziharli, iloji boricha 
qisqa, tushunarli, ko‘rgazmalilik nuqati nazaridan estetik xususiyatga 
ega bo‘lishi kerak.
Darslik bir vaqtning o‘zida ham barqaror, ham qulay tarkibiy 
tuzilmaga ega bo‘lishi kerak. Darslik barqarorligiga ko‘ra mustahkam 
asosga ega, mobilligiga ko‘ra esa asosiy tuzilmaga dahl etmagan holda 


151 
yangi bilimlarni tezlikda kiritish imkoniyatini namoyon etadi. Ularga 
qo‘yiladigan talablar turli- tuman va qarama- qarshi bo‘lib, mukammal 
darsliklarning yetishmovchiligi doimo his etiladi. Iqtisodiy rivojlangan 
mamlakatlarda muqobil, parallel darsliklar nashr etiladi, shu sababli 
o‘qituvchilar va o‘quvchilar ular orasidan eng yaxshilarini tanlab olish 
imkoniyatiga egalar.
Darslik o‘quvchilarning ta’lim jarayonida ongli ravishda va faol 
ishtirok etishlari, o‘quv materialini to‘la o‘zlashtirishlarini ta’minlashi 
kerak. Ana shu masalalarni hal etish yo‘lida darsliklar quyidagi 
vazifalarni bajaradi:
1)
motivatsion vazifa - bu vazifa o‘quvchilarni ushbu fanni 
o‘rganishga yo‘naltiradigan, ularda ishga pozitiv munosabati va 
qiziqishini shakllantiruvchi rag‘bat (sabab)larni hosil qilishdan iborat;
2)
axborot vazifasi o‘quvchilarga axborotlarni yetkazish, samarali 
usullar yordamida ularning bilimlari hajmini kengaytirishga imkon 
beradi;
3)
nazorat- tuzatish (mashq qilish) vazifasi – ta’lim jarayoni, uning 
natijalarini tekshirish, o‘quvchilarda o‘zini baholash va tuzatish layoqati 
hamda zarur bo‘lgan ko‘nikma, malakalarni shakllantirish uchun 
o‘rganish mashqlarini tavsiya etishni nazarda tutadi.
4)
muvofiqlashtirish vazifasi material ustida ishlash jarayonida 
ta’limning boshqa vositalari (xaritalar, ko‘rgazmali materiallar, 
diapozitiv va boshqalar)ni jalb etishni ifodalaydi;
5)
rivojlantiruvchi – tarbiyalovchi vazifasi darslik mazmunining 
o‘quvchilarga ma’naviy- axloqiy ta’sir ko‘rsatishi, kitoblar bilan ishlash 
jarayonida ulardan mehnatsevarlik, faol fikrlash, ijodiy qobiliyat kabi 
sifatlarni shakllantirishdan iborat;
6)
o‘qitish vazifasi darslik bilan ishlashda mustaqil bilim olish uchun 
zarur bo‘lgan konspekt yozish, umumlashtirish, asosiysini ajratib 
ko‘rsatish, mantiqiy eslab qolish kabi malaka va ko‘nikmalarni 
rivojlantirishga yordam berishida ko‘zga tashlanadi. Ta’lim mazmuni 
o‘quv materiali darajasida darsliklar bilan bir qatorda turli xil o‘quv 
qo‘llanmalari: adabiyot va tarix antalogik o‘quv qo‘llanmalari, 
ma’lumotnomalari, matematika, fizika, ximiya bo‘yicha masalalar 
to‘plamlari, georafiya, biologiya bo‘yicha atlaslar, til bo‘yicha mashqlar 
to‘plamlari va boshqalarda ochib beriladi. O‘quv qo‘llanmalari 
darslikning ba’zi tomonlarini kengaytiradi va aniq masalalarni hal etish 
maqsadiga ega bo‘ladi (axborot, mashq qilish, tekshirish).


152 

Download 5,02 Mb.
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   251




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



M. E. Mamarajabov, D. E. Toshtemirov, O‘. A. Yuldashev informatika o‘qitish metodikasi

Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish