146
tashqari mashg‘ulotlarning muhim yo‘nalishi.
U maktab gazetalari
mazmuni va o‘quvchilarni gazeta chiqarish jarayonida muharrir,
redkollegiya va korrespondent sifatida faol qatnashish ta’siri ostida
amalga oshiriladi. O‘quvchilar EHM
yordamida mustaqil gazeta
chiqarishlari uchun, ularni tekst va grafik redaktorlari bilan ishlashga
o‘rgatish kerak.
Kecha va konkurslar.
Kecha va konkurslar o‘quvchilar bilan
ishlashda muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilarda
har xil konkurslar
qiziqish uyg‘otadi. Informatika bo‘yicha konkurs sifatida
•
“Nima?, Qaerda?, Qachon?”, “Kompyuter o‘yini musobaqasi”
o‘yinlarini tashkil qilish zarur.
Olimpiada.
Informatika bo‘yicha olimpiada boshqa fanlardagi kabi
faqat darslardan tashqari tadbirlar kompleksining oxirgi bosqichi bo‘lsa,
uning foydasi bor. Agar olimpiada o‘tilgan mavzularini qaytarmasa, ular
o‘quvchilarni qiziqtira olmaydi. Olimpiada butun yil yakuni bo‘lib
qolmay, o‘tilganlarni rivojlantirishga yaxshi imkoniyat yaratadi. O‘z
oldiga informatika bo‘yicha olimpiadada qatnashish maqsadini qo‘yib,
o‘quvchi informatika bo‘yicha olimpiada masalalarini yechishga
to‘garakga katta xoxish bilan boradi.
Olimpiadaning tarbiya vazifalari ham bor: uyushqoqlikka,
intizomlikka, irodani mustahkamlashga va alohida o‘quv
jarayonida
o‘zini tekshirishga o‘rgatadi.
Informatika bo‘yicha olimpiada paydo bo‘lgandan beri u 2 turda
o‘tkaziladi; nazariy va amaliy. Vazifalar yoshidan qat’iy nazar hamma
qatnashchilar uchun bir xil bo‘ladi.
Nazariy turda masalalarning
algoritimi va dasturlash tillaridan birida (Beysik, Paskal, Si) dastur
yoziladi. Birinchi turning eng yaxshi masala yechganlarning ishi
EHMga kiritiladi. Amaliy turda o‘quvchilardan
masala echiminining
barcha etaplarini, boshlanishi to dasturlash uchun til tanlash,
EHMda
natija olishigacha bo‘lgan jarayonni bajarish talab etiladi.