M. E. Mamarajabov, D. E. Toshtemirov, O‘. A. Yuldashev informatika o‘qitish metodikasi




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/251
Sana06.09.2024
Hajmi5,02 Mb.
#270410
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   251
Bog'liq
Inf met

Davlat ta’lim standarti. 
Ta’lim mazmunining rivojlanishida 
ko‘zga 
tashlanayotgan 
zamonaviy 
tendentsiyalaridan 
biri 
uni 
standartlashtirish (davlat miqyosida yagona qoidalar va talablar 
o‘rnatilishi) hisoblanadi. Standartlashtirishda quyidagi ikki omil muhim 
ahamiyatga ega:
1)
turli ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning umumiy 
o‘rta, o‘rta maxsus, kasb- hunar bilimlar hajmining bir xillik darajasini 
ta’minlovchi mamlakatda yagona pedagogik muhitni yaratish zarurligi;
2)
O‘zbekistonning jahon hamjamiyati tizimiga kirishi natijasida 
xalharo ta’lim amaliyotida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb- hunar 
ta’limi mazmunini rivojlanishi tendentsiyalarining hisobga olinishi. 
Davlat ta’lim standarti:
 
1)
ta’lim olish shaklidan qat’iy nazar bitiruvchilar erishishlari kerak 
bo‘lgan ta’lim darajasini belgilovchi asosiy hujjat;
2)
o‘quv fani bo‘yicha yakuniy ta’limning yakuniy natijalarini 
belgilovchi
asosiy hujjat;
3)
ta’lim dasturlari
mazmunining 
minimumi, 
o‘quvchilar 
tomonidan bajariladigan o‘quv ishlarining maksimal hajmi, shuningdek, 
bitiruvchilarning tayyorgarlik darajalariga qo‘yiluvchi talablarni 
belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni bilan 
bir qatorda ta’lim standarti asosiy me’yoriy hujjat hisoblanadi. 
«Standart» ingliz tilidan tarjima qilinganda «me’yor», «namuna», 
«andoza», «model» ma’nolarini anglatadi. Standart yordamida 
respublika miqyosidagi turli ta’lim muassasalarida ta’limning 
barqarorlik darajasini ta’minlashga erishiladi, o‘quv ishlari normativlari 
moslashtiriladi, o‘quvchilarning bilimlarini baholash mezonlari ishlab 
chiqiladi. O‘quvchi davlat tomonidan belgilangan ta’lim standarti bilan 
cheklanishlari mumkin, yoki bilimlarni yanada chuqurroq egallab olish 
maqsadida mustaqil shug‘ullanish imkoniyatiga ega. Uning uchun qiyin 
bo‘lgan yoki qiziharli bo‘lmagan fanni o‘rganishda o‘quvchiga 
standartga kiritilgan normativ minimum bilan cheklanish imkoniyati 
beriladi.
Ushbu holatda o‘quvchi o‘ziga mos keladigan ta’lim yo‘lini 
mustaqil tanglagan holda, o‘z qiziqishlari, istagi, qobiliyatlari va 
intilishlarini amalga oshirish imkoniyatga ega bo‘ladi. Shakli va 
mazmuni bo‘yicha tushunarli ifoda etilgan standart talablari oldindan 
o‘quvchilarga va ularning ota- onalariga yetkaziladi.


153 
Ta’limni standartlashtirish dunyoning rivojlangan mamlakatlarida 
allaqachon o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish, ta’lim ma’lum 
darajasini belgilab bilan amalga oshiriladi. Ammo “standart” termini 
o‘zi ta’limga nisbatan yaqin davrlardan qo‘llanila boshlangan. Davlat 
ta’lim standartlari ta’lim sifatini oshirishga imkon beradi. Ular ta’lim 
mazmuni minimal hajmini qayd etish va ta’lim darajasining quyi 
chegarasini belgilab beradi.
Ta’lim standartini kiritishdan avval bunday majburiy qoidalar 
mavjud emas edi. O‘zlashtirishning aniq belgilangan chegaralari yo‘qligi 
XX asrning 80- yillarida ko‘pchilik bitiruvchilarining haqiqiy bilim 
darajalari juda past bo‘lishiga olib keldi.
Davlat ta’lim standartlarini yaratish bo‘yicha ishlar O‘zbekiston 
Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunini (1992 yil) qabul 
qilingandan keyin boshlandi. Mazkur hujjatning 6- bandida jahon ta’limi 
amaliyoti me’yorlariga mos keluvchi davlat ta’lim standartlarini yaratish 
zarurligi ta’kidlab o‘tiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning IX 
sessiyasida (1997 yil) O‘zbekiston Respublikasining yangi tahriridagi 
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingandan so‘ng ta’lim dasturlari 
yangi avlodi yaratildi. Jahon amaliyoti tajribasi asosida yaratilgan ta’lim 
standartlari har bir fan bo‘yicha o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan 
bilimlarning minimal darajasini belgilashga imkon berdi.
Davlat ta’lim standartlari tarkibiy tuzilishiga ko‘ra quyidagilardan 
iboratdir:
1. Ta’limning yangi yoki aniqlashtirilgan maqsadlari, fanning 
o‘rganish ob’ektlari va asosiy mazmunli yo‘nalishlari ko‘zda tutiladigan 
o‘quv fanining umumiy ta’rifi.
2. O‘quv fanining mazmuni, tayanch (invariant) darajasini 
tasvirlash.
3.
Ta’limning majburiy natijalarini ifodalash, ya’ni o‘quvchilarning 
o‘quv tayyorgarliklari zarur bo‘lgan minimal darajasiga talablar.
4.
Bilim, ko‘nikma va malakalarga qo‘yiluvchi talablar, bu ularning 
majburiy tayyorgarliklari darajasining “o‘lchamidir”, ya’ni, tekshirish 
ishlari, testlar va alohida topshiriqlarni bajarishlariga harab o‘quvchilar 
tomonidan talablarning majburiy darajasiga erishilganligi haqida fikr 
yuritish mumkin bo‘ladi

Download 5,02 Mb.
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   251




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



M. E. Mamarajabov, D. E. Toshtemirov, O‘. A. Yuldashev informatika o‘qitish metodikasi

Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish